Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanining predmeti, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda metodi
Download 2.21 Mb.
|
13.Ўқув материаллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Megodarajada
Viloyat:KKR Jokargi kengashi, viloyat deputatlari KKR Ministrlar soveti, viloyatlar xokimiyatlari KKR Oliy sudi, viloyatlar sudlari Tuman (shaxar): tuman (shaxar) xalq deputatlari tuman (shaxar) lar xokimiyatlari tuman (shaxar) sudlari II. MegodarajadaKontsern (ko‘p tarmoqli korporatsiya): Qo‘mitalar va ularning raislari Sektor (tarmoq): Vazirliklar va vazirlar III. MikrodarajadaKorxona (firma), korporatsiya: Jamoa kengashi va raislar, prezident Xodimlar: Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari Ishlab chiqarish: Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari Samaradorlik: Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari £z-o‘zini boshqarish: Fuqarolar yig‘ini, rais (oqsoqol) lar. Menejment fani voqelikni bilishga bag‘ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‘llaydi. Eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt) lar jamlab baxolanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo‘lishi mumkin. Bu boshqaruvni tafakkur etishdagi empirik bosqich hisoblanadi. Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o‘rganish, taxlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi. Ishlab chiqarishni boshqarishda “ob’ekt” va “sub’ekt” tushunchalari
3. Ishlab chiqarishni boshqarishda shahsiy-insoniy va moddiy-ashyoviy omillar mohiyati, ishlab chiqilgan maxsulot sifatini boshqarish, maxsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillari. Boshqaruvning xar ikkala tizimi o‘zaro aloqador bir butunni tashkil qiladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan, boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimga ta’sir ko‘rsatgan xolda uning tarkibini o‘zagartiradi, uni muayyan eng qulay va eng muvofiq nisbatga keltiradi. Ikkinchi tomondan esa, boshqariluvchi tizim boshqaruvchi tizimga aks ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, boshqariluvchi tizimning ko‘lami qanchalik katta bo‘lsa, boshqaruv organlari tizimi shunchalik katta bo‘ladi. Boshqariluvchi tizim qanchalik yaxshi uyushtirilgan va uning mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, boshqaruvchi tizim xam shunchalik kichik bo‘ladi. Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi: buyumni, ya’ni mexnat vositalarini boshqarish; odamlar ( ishchilar)ni boshqarish. Buyumni boshqarish uning o‘zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mexnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadilar va boshqarish sub’ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mexnat buyumlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ishchilar ikki turga: boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob’ekti (odamlarni boshqarish); boshqariladigan tizimda boshqarishning sub’ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mexnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga xam ta’sir ko‘rsatishdir. Masalan, xar bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o‘rtasida, xar bir tsexda esa uchastkalararo; o‘z navbatida xar qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo‘ladi. Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan maxsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash borasida xam ishlab chiqarish aloqalarini o‘rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mexnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog‘liq. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanada. Xar qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi: I k ICh®T®A®I IChv Bu erda, Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling