Тошкент-2021 3 Март 2021 10-қисм Тошкент март 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»


Download 3.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/119
Sana12.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1768818
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Kaykovus. Qobusnoma. -T.:O‘qituvchi, 1986 y.
2. Zunnunov A. O‘zbek pedagogikasi tarixi. -T.: O‘qituvchi, 1997 y. -272 b.


120
Март 2021 10-қисм
Тошкент
ONA TILI FANIDA GRAMMATIKAGA OID AYRIM TAYANC BILIMLARNI 
TAQQOSLAB O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Xo‘jamova Fazilat Qulmurodovna
Хоlova Мalikа Iskandarovnа
Navoiy shahar 6-umumiy o‘rta 
ta’lim maktabi o‘qituvchilari
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili faniida grammatikaga oid ayrim tayanch bilimlarni 
qiyosiy o‘rganishning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ona tili grammatikasiga oid ayrim 
bilimlarni o‘qitishda rus va ingliz tillari bilan taqqoslash usullari borasida aniq tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: uzluksiz ta’lim, ona tili, grammatika, rus tili, ingliz tili, qiyoslash usuli
o‘qituvchi, o‘quvchi, nutq, kommunikativlik, mumtoz adabiyot, gap tarkibi.
Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-
odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishtirish, milliy an’ana, 
bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo 
etadi. Bunda, jumladan, o‘zbek adabiyotining ixcham va go‘zal namunalari, xalqning tarixiy
madaniy hayotiga xos muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi 
vakillarining ijodiy merosini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. 
Bu jarayonda o‘rganilayotgan so‘z va so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, so‘zni 
grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan 
to‘g‘ri baholay olish, jumla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan 
o‘rinli foydalanish talab etiladi. Til o‘rganishda uzluksiz ta’limning boshlang‘ich va umumiy 
o‘rta bosqichlarida til ta’limining lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik va paralingvistik 
va, muhimi, umumdidaktik va o‘ziga xos metodik xususiyatlardan kelib chiqqan holda hosil 
qilinadigan nutqiy-kommunikativ, grammatik va umumtarbiyaviy vazifalar belgilanadi. 
Shuningdek, ona tili ta’limini uzluksiz o‘rganishda o‘zga til xususiyatlari tadrijiy o‘rni bilan 
taqqoslansa, o‘quvchi ongida grammatikaga oid keng qamrovli tushuncha orta boradi. 
O‘zbek tilining tayanch grammatik xususiyatlaridan deb eganing jumla boshida, kesim va 
unga bog‘liq bo‘laklar oxirida, to‘ldiruvchi kesimdan oldin, hol va uning turlari ish-harakatni 
bildiruvchi so‘zga bog‘lanishini e’tirof etish mumkin. Gap bo‘laklarining o‘zgargan tartibi, ya‘ni 
inversiya hodisasi ham borki, bular ko‘pincha she’riyatda uchraydi. Lekin mumtoz adabiyotda 
inversiyaning arab va fors tillariga xos bo‘lgan izofa shakli ham mavjud. Izofada, asosan, 
aniqlovchi va aniqlanmishning o‘rin almashinuvi kuzatiladi. -i tutashtiruvchi unli bilan bog‘lanadi. 
So‘zlashuv nutqida ham ba’zan izofali birikmalardan foydalaniladi. O‘quvchilarga tushunilishi 
oson bo‘lishi uchun tanish birikmalarni izohlashdan boshlash kerak бўлади. Masalan, oyinayi 
jahon, ovorayi jahon, ahli Andijon kabi. Bunday birikma va jumlalar ma’nosini oydinlashtirish va 
tushunishni yengillashtirish uchun izofadagi aniqlovchi va aniqlanmishning o‘rnini almashtirib, 
o‘zbekcha gap bo‘laklari tartibiga keltirib olish kerak. Ularning o‘rni almashtirilganda o‘zbekcha 
tartibda egalik qo‘shimchasini qo‘yib olishga to‘g‘ri keladi: jahon oyinasi, jahon ovorasi, Andijon 
ahli kabi. 
Rus tilida gap bo‘laklari tartibi erkinдир. Masalan, Дует сильный ветер (Kuchli shamol esyapti) 
gapida дует so‘zi gapda kesim, ветер ega vazifasida keladi. Bunday o‘zgargan tartib o‘zbek tilida 
ham kuzatiladi. (Shovullaydi tun bo‘yi shamol). Gap bo‘laklari tartibi ingliz tilida quyidagicha 
bo‘ladi: 1)ega; 2)kesim; 3)to‘ldiruvchi(vositali); 4)to‘ldiruvchi(vositasiz); 5)hol(o‘rin); 6)
hol(payt); aniqlovchi esa gapda qaysi bo‘lakni aniqlab kelsa shundan oldin keladi. Masalan, My 
brother’s friend invited me to the party yesterday (Akamning do‘sti kecha meni bazmga taklif 
qildi). Ushbu gapda friend-ega, invited-kesim, me-to‘ldiruvchi, to the party-o‘rin holi, yesterday-
payt holi, my-kishilik olmoshi, aniqlovchi vazifasida, brother’s-qaratqich kelishigidagi aniqlovchi 
vazifasida. 
O‘zbek tilida tub so‘z yangi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni oladi. Qo‘shimcha ma’no beruvchi, 
kichraytirish-erkalash, so‘z shaklini o‘zgartiruvchi va boshqa morfemalar ham tub so‘zga qo‘shila 
boradi. Asli so‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘z boshida yoki so‘z ichki tarkibida qo‘llanilmaydi. 
So‘zning asos qismiga qo‘shilish, asosga ketma-ket bir necha xil vazifa bajaruvchi affiks tirkala 
borishi ona tilimizga xos xususiyatdir. Rus tilida esa qo‘shimchalar asosning oldidan (приставка) 


121

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling