Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet
Tadqiqot qo’llanilgan metodikaning tavsifi
Download 0.63 Mb.
|
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish tuzilmasining tavsifi.
- I bob. Bank samaradorligining matematik modellari 1.1. Bank faoliyati samaradorligi va unga ta’sir o’tkazuvchi omillar
Tadqiqot qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasida matematik statistika va amaliy statistika, ekonometrikaning uslub va uslubiyatlaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu magistrlik dissertatsiyasidan magistratura o’qitiladigan maxsus kurslarda, hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish mumkin va amaliyotda bog’liq statistik ma’lumotlar bo’yicha xulosalar chiqarishda qo’llaniladi. Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi uchta bob, sakkizta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida bank faoliyati samaradorligi va unga ta’sir o’tkazuvchi omillar, DEA-metodining nazariy asoslari va bank samaradorligi tahlilida regression modellar keltirilgan. Magistrlik dissertatsiyasining ikkinchi bobida korrelyatsion-regression model tahlili, model asosida bashorat va xulosa berish masalalari o’rganilgan. Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobida esa tahlil uchun statistik ma’lumotlar bazasi asosida regression model qurish va tahlil qilish o’rganilgan. Aniqlangan model asosida bashorat qilingan modelning asosliligi tekshirilgan. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha [8,9 ] ilmiy ishlar chop etilgan. I bob. Bank samaradorligining matematik modellari 1.1. Bank faoliyati samaradorligi va unga ta’sir o’tkazuvchi omillar So‘ngi o‘n yilliklarda moliya institutlari samaradorligi eng ko‘p va keng doirada o‘rganildi. Moliya institutlari uchun samaradorlik bu yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni qoplashga yo‘naltirilgan kapital zaxiralar doirasida ehtiyotkorlik ya’ni xaridorlar uchun yaxshiroq narx va xizmatlar hamda fondlarga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan daromadlarni ifodalaydi. Samarodorlik tahlili garchi XIX -XX asrga qadar kam olib borilgan bo‘lsada, ayni vaqtda bu tadqiqotchilar qiziqishining markazida turibdi. Tijorat banklarining samaradorligini hisoblash bankning kelgusi faoliyat yo‘nalishini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning dolzarbliligi ham mana shu jihati bilan ajralib turadi. Samaradorlik ko‘pincha unumdorlik bilan aniqlanadi. Adam Smit o‘zining "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot" nomli mashxur kitobida mehnat ishchi malakasi va unumdorlikda eng katta rivojlanishlarni yuzaga keltirishini ta’kidlaydi. Smit fikricha ish unumdorligini oshishi bu ish vaqtini tejash va bir kishi qiladigan mehnatni qisqartiruvchi hamda unga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi ko‘plab mehanizmlar kashf qilinishiga erishishdir. Biz xalqaro nazariyalarni o‘rganish davomida Polshalik iqtisodchi olimlarning nazariyalaridan keng foydalandik. Chunki ularning olib borgan tadqiqotlari va yakunda yuzaga chiqqan samaradorlik nazariyalari haqiqatdan ham bank faoliyati samaradorligini tahlilini olib borishda muhim rol tutadi. Biz quyida ulardan ba’zilarining fikr va mulohazalarini keltirib o‘tamiz. Jumladan Stepien nazariyasiga ko‘ra banklarda samaradorlikning turli xildagi ta’riflari mavjud. “Ushbu atamaga biz turli burchaklardan turlicha yondashishimiz mumkin. Samaradorlikni aniqlash asosida samaradorlik alohida maqsadlarda foydalanishning ham me’yorini belgilaydi. Samaradorlik bu iqtisodiy va tashkiliy nazariyalar jihatidan tahlil qilinadi.” U samaradorlik va ta’sirchanlik haqida fikr yuritib ularni o‘zaro solishtiradi va ularni quyidagicha ta’rif beradi: “Samaradorlik bu ba’zi narsalarni to‘g‘ri qilish bo‘lsa, tasirchanlik esa to‘g‘ri narsalarni qilishdir”. Samaradorlikning asl iqtisodiy tushunchasi uning umumiy chiqib ketuvchi tovarlar bilan unga muvofiq kiruvchi resurslarni o‘zaro nisbatidir. Samaradorlik ushbu nisbat bilan proporsionaldir. Ushbu nisbat qancha yuqori bo‘lsa samaradorlik shuncha yuqori bo‘ladi. Umuman olganda Polsha iqtisodiyot maktabi samaradorlikni operatsion xarajatlarni oshishi darajasi ko‘tarilish bosqichida tushum va daromadlar darajasini ushlash uchun bank boshqaruvchilari va ularning jamoasini qobiliyatini ko‘rsatib turuvchi ko‘rsatkich sifatida ta’riflaydi. Shuningdek, Iveta Repkova bank samaradorligini quyidagi ehtimoliy ko‘rinishlarini keltirib o‘tgan: ma’lum bir vaqt davomida tashkilot maqsadlari, uning resurslari, ichki va tashqi muhiti hamda biznes muhiti bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy samaradorlik; bank hisobotlarida keltirilgan moliyaviy ko‘rsatkichlarni tekshiruvchi moliyaviy samaradorlik; xarajatlar chegarasini aniqlashtiruvchi xarajat samaradorlik. Rogovskiy esa bank samaradorligini o‘lchash bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida ikkita alternative(muqobil) yondashuvlarni taqdim etadi: texnik samaradorlik tahlillari; samaradorlik ko‘lami va miqyosi tahlillari. Bank samaradorligini baholashda turli xil usullar keltirilgan. Ushbu usullar turli xil klassifikatsiya qilinadi. Masalan: Korrelyatsion-regression tahlillar; DEA metodi orqali samaradorlik tahlillari. Birinchi metod banklarning faoliyat samaradorligini baholashda korrelyatsion-regression tahlil o’tkazish bo’lib, bunda bizga tahlil uchun banklar faoliyatiga ta’sir o’tkazuvchi omillar kerak bo’ladi hamda berilgan omillar orqali aynan qaysi ko’rsatkich samaradorlikka ta’sir o’tkazishini aniqlab, bashorat tenglamasini taklif qilinadi. Ikkinchi metod DEA metodi bo’lib, bunda aynan bitta bank tanlab olinadi hamda o’sha bank filiallari faoliyati aynan qaysi filialda yaxshi olib borilayotganligi aniqlanadi. Bank samaradorligiga ta’sir o’tkazuvchi omillar sifatida quyidagilar misol bo’la oladi: kredit; omonat; muammoli kreditlar. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling