Toshkent-2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fakultet


Download 0.63 Mb.
bet9/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1563520
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
Hakimova Dildora МД (диссертация Word) 1

1.2. DEA-metodining nazariy asoslari
So’nggi paytlarda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyati samaradorligini baholash juda dolzarb muammoga aylandi. Samaradorlikni o’lchash bo’yicha turli usullar qo’llanildi. Samradorlik chegarasi degan yondashuv juda mashhur bo’ldi. Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kuchayishi, banklarning xarajatlarni kamaytirish istagi, erishilgan moliyaviy natijalar darajasi, ularning faoliyati to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning mavjudligini talab qiladi. Birinchi navbatda ma’lumotlarning tabiati bank faoliyatini baholash parametrlari va usullari bilan belgilanadi. Bank faoliyatini baholashning asosiy jihatlaridan biri samaradorlik. Bank faoliyati samaradorligini baholash ko’pincha parametrik usul ( adabiyotda bu usul “ekonometrik” deb ham ataladi) yoki noparametrik usul yordamida amalga oshiriladi.
Samaradorlikni baholashning parametrik usullari mikroiqtisodiy nazariyadan ma’lum bo’lgan ishlab chiqarish funksiyasiga asoslanadi, bu resurs xarajatlari va natijalar o’rtasidagi bog’liqlikni belgilaydi. Parametrik bo’lmagan usulga DEA usuli misol bo’la oladi. Usul samaradorlikni faqat xarajatlar va natijalar qiymati to’g’risidagi mavjud ma’lumotlar asosida ularni aniqlamasdan baholash imkoniyatini beradi. Ushbu yondashuvning afzalligi tasodifiy omillar ta’sirini kamaytirishdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda banklar faoliyatini baholash uchun ko’proq DEA usuli ishlatiladi.
DEA usuli.[3] Bu usul bo’yicha obyektning samaradorligi tadqiqot guruhini nisbatan solishtirish orqali o’lchanadi. DEA usuli yordamida bank faoliyati samaradorligi uchun bankning xarajatlarini maksimallashtirish yoki minimallashtirishni aniqlab beradi. DEA usulini qo’llash bosqichi – bankning xatti-xarakatlari modelini qurish, xarajatlar va faoliyat natijalarini aniqlashdan iborat. DEA usulini qo’llashda nimalarga bilib olish kerak avvalo, ishlashning maksimal o’sishi yoki maksimal xarajatlarni minimallashtirish, texnik xisoblash uchun iqtisodiy samaradorlik yoki texnik samaradorlikka qaratilgan natijalarga. DEA usulidan foydalanib, samaradorlik indekslari yordamida ma’lum bir obyekt samaradorligin vaqt o’tishi bilan o’zgarishini o’rganish mumkin. Ishlash indeksini tuzilishi vaqtning turli nuqtalarida xarajatlarning turli natijalarga nisbatini solishtirish prinsipi bo’yicha asoslanadi. Banklarning faoliyat samaradorligini muayyan bank yoki banklar guruhi bo’yicha o’rganish nisbatan yangi yo’nalish hisoblanadi. Bank (banklar guruhi) ish faoliyatini belgilaydigan tadqiqotlarda odatda e’tibor uning rentabellik ko’rsatkichlari, umumiy moliyaviy ahvoli va muammosiga qaratiladi. Tadqiqotda ko’pincha samaradorlik bir tomonlama ko’rib chiqildi, ya’ni faqat oddiy ko’rsatkichlar bilan o’lchanadigan mehnat unumdorligi sharoitida, masalan: har bir hodimga tegishli sof daromad kabi. Bank faoliyatini tahlil qilishda doim ham uzoq muddatni ololmaymiz, sababi bank yangi qurilgan bo’lishi mumkin. Agar bank tizimi yangi tashkil etilgan iqtisodiy tizimda bo’lsa, bank faoliyati haqida uzoq vaqtli asosli ma’lumotlar mavjud bo’lmaydi. Yoki inqiroz davrida, bank faoliyati qisqa vaqt ichida o’zgarishi mumkin.
Bank sohasi iqtisodiyotning barcha sohalari bilan chambarchas bog’liqligi sababli mamlakatning iqtisodiy o’sishini rag’batlantirishda muhim o’rin tutadi. DEA usuli boshqa usullardan farqli o’laroq, bu usul ma’lum bir bankning barcha filiallari ichida aynan qaysi biri boshqasiga nisbatan samaraliroq ishlayotganini aniqlab beradi. Bu usul orqali bankning foyda ko’p keltirayotgan filiali hamda eng past ko’rsatkich ko’rsatayotgan filialni aniqlab beradi. Bu bilan aynan o’sha filial boshqasiga qaraganda nimasi bilan samaradorroq ekanligini aniqlab, boshqa filiallarga qo’llash imkonini beradi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling