Toshkent arxitektura qurilish instituti surayyo Adilovna Qodirova Nigora Xusanboyevna Mirzaahmedova
Madaniy-ma’rifiy binolarini loyihalash asoslari
Download 7.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitekturaviy loyihalash (1). Qodirova 2021
Madaniy-ma’rifiy binolarini loyihalash asoslari Keyingi yillarda madaniy va ma’rifiy markaz binolarini qurish sohasida madaniy va ma’rifiy markaz faoliyatigagina xos bo‘lgan tadbirlarga (havaskorlar ijodiyoti, umumiy qiziqish bo‘yicha birlashish, o‘yin-kulgi bilan vaqt o‘tkazish) intilish sezilmoqda. 109 Yaqin orada tomoshabin sport inshootlari, kutubxonalar va boshqa dam olishga mo‘ljallangan muassasalarning yo‘qligi tufayli ko‘p qishloq joylarida klublarning unversal funksiyalari saqlanib qolgan. Shaharda ijodiy faoliyati (xalq ijodiy uylari, havaskorlar klubi), qiziqishlar bo‘yicha muloqot (turli sohadagi kolleksionerlar, avtomobil havaskorlari, pensionerlarning klublari, yoshlar uylari va h.k) va shunga o‘xshash faoliyatlarga ixtisoslashgan maxsus klub binolarini yaratishga ehtiyoj sezilmoqda. Hozirgi davrda diqqatga sazovor bo‘lgan madaniy va ma’rifiy markaz tiplaridan mujassamlashtirilgan madaniy va ma’rifiy markaz bo‘lib, u ikki qismdan iborat, biri – ommaviy ko‘ngil oluvchi (tomoshabin) qism va ikkinchisi – to‘garaklarga mo‘ljallangan (klub) qismi. Madaniy va marifiy markaz binolarini loyihalashda shaharsozlik talablari Madaniy va ma’rifiy muassasalar tarmog‘i ishlab chiqarish hududlari va tuman aholisini yashash, joylarini qamrab olgan joygacha qurish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Madaniy va ma’rifiy markaz binosi qishloqning jamoatchilik markaziy binosi sifatida kompozitsiya element bo‘lganligi uchun ham uning funksiyasidan kelib chiqqan holda ajratilgan yer maydonida alohida yoki qo‘shma binolari bilan qo‘shilib yaxlit madaniy markaz bo‘lmoqligi kerak. Madaniy va ma’rifiy markazning uchastkasi shaharning jamoat markazi yoki yashash rayonining yashil zonasida qizil chiziqda joylashgan ko‘chalardan kamida 12m masofada (uzoqlikda) 0,5ga dan ko‘p bo‘lmagan umumiy maydonga ega bo‘lgan holda quriladi. Uchastkada quyidagilar joylashadi: MMM majmuasi; mehmonlar uchun 20 – 25 j/m (20 – 25 joy / mashina) li avto turar joyi; MMM atrofida eni 3,0m dan kam bo‘lmagan halqali yurish yo‘li; d = 6m, chuqurligi h = 2,4m bo‘lgan yong‘in xavfsizligi uchun suv sig‘imi (havzasi) – favvora; kursilar o‘rnatilgan dam olish zonasi – atrium tipidagi MMM kompleksiga qo‘shib quriladigan ichki hovlining tashkil etilishi ham ko‘zda tutilishi mumkin; ishlab chiqarish ustaxonasi va 4 j/m li garajga (shu jumladan ikkita avtobus) ega bo‘lgan xo‘jalik hovlisi; qolgan hudud yashil zonalar bilan kiriladi va suv oqimi yo‘liga qo‘shiladi. Bino oldiga favvoralarga, gulzorlarga, uzun kursilar qo‘yilgan kutish va dam olish maydonlariga ega bo‘lgan tantanavor avan maydonning tashkil etilishi albatta lozimdir, bundan tashqari 5 – 10 j/m ga mo‘ljallangan avtomobil va 110 avtobuslar uchun vaqtinchalik turar joylar ham (shahar ko‘chalari tomoniga tegishli bo‘lgan yo‘l zona polosasiga ko‘ndalang profilda) ko‘zda tutilishi taqazo etiladi. Download 7.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling