Madaniy va ma’riiy markaz binosining loyihalashga bo‘lgan talablar
Madaniy va ma’rifiy markaz binosining dam olish va o‘yin-kulgilar uchun
xonalar, to‘garak va studiya mashg‘ulotlari uchun xonalar, axborot yo‘nalishiga
mo‘ljallangan xonalar bir nafar shug‘ullanuvchiga hisoblash maydoni bo‘yicha qabul
qilinadi, jumladan:
- 1 kishiga stol — 3 m
2
, kompyuteri bilan- 4-6 m
2
;
-
1 kishiga, haykaltarosh, musiqa va xoreogafiya sinfida, aerobika bilan
shug‘ullanuvchiga - 5-6 m
2
, mashg‘ulotlarning ayrim ko‘rinishlari uchun - 7-8 m
2
;
Mashg‘ulotlar uchun studiyalar 9-12 m
2
, pedagog bilan mashg‘ulotlar uchun
12-15 m
2
, ikkita royalda mashg‘ulotlar uchun kamida - 18 m
2
.
10-15 kishiga mehmon va to‘garak xonalari kamida 30 m
2
, orkestr, raqs,
xoreografiya mashg‘ulotlari xonalari 50-60 m
2
va ko‘p bo‘lishi shart.
Xoreografiya, aerobika, sheyping, raqs zallari balandligi kamida 4.2 m,
akrobatika i sirk mashg‘ulotlari zallarining balandligi – 6-8 m bo‘lishi shart. Zallar
qoshida dushxonasi bilan yechinish xonalari bo‘lish kerak.
Rassomlik, ganch, haykaltaroshlik, keramikani kuydirib ishlash xonalari tegishli
texnologik jihozlangan bo‘lishi zarur
Ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish xonalari shtat kundaligi bo‘yicha bir xodimga
6 m
2
maydon hisobidan nazarda tutiladi.
Madaniy va ma’rifiy markaz binosining tomosha zallari 3.109 bandini hisobga olgan
holda loyihalanishi kerak. Zal, estrada yoki sahna gabaritlari loyiha topshirig‘ida berilishi
lozim.
100 o‘rinli zallardagi estrada kamida 27 m
2
maydonli, 150-200 o‘rinlilardagi
zallarda kamida 36 m
2
maydon bo‘lishi shart. Estrada qoshida prezidium va artistlar
xonalari ko‘zda tutiladi (15 m
2
dan).
Foye va raqs zallaridagi, kichik auditoriya-zallarda estrada maydoni kamida
12 m
2
(4x3 m) bo‘lishi kerak.
Madaniy va ma’rifiy markaz , konsert va teatr zallarining tomoshabinlar uchun
xonalari tomoshagoh muassasalarning talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |