Toshkent arxitektura va qurilish intituti Qurilishni boshqarish fakulteti 44-21 guruh talabasi Amatov Azizbekning Xorijiy investitsiyalar fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi va asosiy yo`nalishlari 2022-2023 o`quv yili
Reja:
1.Investitsiyalarning iqtisodiy ahamiyati.
2. Xorijiy investitsiyalarnini jalb qilish turlari .
3.Xorijiy investitsiyalar yordamida tashkil etilgan korxonalar.
Investitsiya
Investitsiyalar deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samara erishishi zarur. Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar qutidagicha tasniflanishi mumkin:
Birlamchi avaylangan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tdbirkorlik obyektlariga joylashtirish;
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Xorijiy investitsiyalarning turlari
Moliyaviy
Moddiy
Aqliy
Xorijiy investitsiyalarning turlari - Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
- Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
- Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |