Investorni jalb qilish. Investorni jalb qilish.
Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni
qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni,
texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.
Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga jalb etilishidir.
Erkin iqtisodiy hudud - bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir.O’zbekistonRespublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to’g’risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy Hududg quyidagicha ta’rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus
ajratilgan hududdir"
Investitsiya dasturlari
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish
maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va 69 mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturlari uzoq
muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar alohida ifodalangan bo’ladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator engilliklar, imtiyozlar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |