Toshkent arxitektura va qurilish intituti Qurilishni boshqarish fakulteti 44-21 guruh talabasi Amatov Azizbekning Xorijiy investitsiyalar fanidan tayyorlagan


Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari


Download 1.1 Mb.
bet2/6
Sana29.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1733321
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bee721 & Ru..

Xorijiy investitsiyalar va ularni jalb qilinish sabablari


Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yo`naltirilgan har qanday shakldagi mulkni to`la qonli ravishda xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin.
Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o’zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta’sir ko’rsatadi:
Iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda
ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy siljishlarning
amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar
bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining
chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyoti transmilliylashtirilishining o’sib borishi (masalan, AQSh
transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmi AQSh tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining
chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol
rivojlanishi va boshqala.
Siyosiy omillar
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar (EIX),
offshor hududlari va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish,
xususiy sektorni va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish,
ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir.

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish
uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va
imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib
boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini
ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan
investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan
samarali foydalanishga qaratilgan.
Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olishni tashkil etish.
100% mol-mulk xorijiy investitsiyalarga tegishli bo`lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish.
Ulushi ko`shib katnashish orqali ko`shma korxonalarni tashkil etish.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling