To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari quyidagilar hisoblanadi: - 1. Radioelektronika sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi
butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
- 2. Engil sanoat:
-tayyor ip gazlama va jun gazlamalar ishlab chiqarish;
-tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to’qimachilik galantereyasi
ishlab chiqarish;
-terini qayta ishlash; poyabzal, tayyor ko’n-galantereya buyumlari ishlab
chiqarish.
- 3. Ipakchilik sanoati:
-shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
- 4. Qurilish materiallari sanoati:
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 martdagi PF 358-sonli
Farmoni 1a-ilovasida ko’rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab
chiqarish.
- 5. Parranda go’shti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
- 6. Oziq-ovqat sanoati:
-mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari
bundan mustasno).
- 7. Go’sht-sut sanoati:
-go’sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog’ ishlab
chiqarish.
- 8. Kimyo-farmatsevtika sanoati:
-dori-darmon vositalari ishlab chiqarish;
-sintetik kir yuvish vositalari, maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarish.
To`g`ridan –to`g`ri investitsiyalar. To`g`ridan –to`g`ri investitsiyalar.
Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shu bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa, ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi.
Mamlakatimiz hududlarida bugungi kunda to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi qo’shma korxonalarning tashkil etilishini ayrim viloyatlar misolda ko’rish mumkin. Yurtimizning aholisi ko’p bo’lgan viloyatlari va qishloq aholi punktlarida to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar asosida xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil qilingan bo’lib, farmonda keltirilgan imtiyozlardan foydalanmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |