Toshkent arxitektura va qurilish intituti Qurilishni boshqarish fakulteti 44-21 guruh talabasi Amatov Azizbekning Xorijiy investitsiyalar fanidan tayyorlagan
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun imtiyozlar
Download 1.1 Mb.
|
Bee721 & Ru..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eng yirik qo`shma korxonalar
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun imtiyozlar
Respublika investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga sarf etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari daromad (foyda) solig’idan 7 yil muddatga ozod etilgan, xorijiy investorlar o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkidan boj to’lovi olinmaydi korxona jamg’armasida xorijiy investitsiya mablag’lari hissasi 50% va undan yuqori bo’lsa, ular 2 yil muddatga daromad (foyda) solig’idan ozod qilingan va boshqa soliq imtiyozlari belgilangan. O’zbekistonda xorijiy investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va boshqa daromadlarini biror-bir cheklovlarsiz istalgancha chet davlatga o’tkazish imkoniyati kafolatlanadi. Qo’shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish Hozirgi kunda qo`shma korxonalar tashkil qilish bo`yicha Rossiya, Xitoy va Turkiya faollik ko`rsatmoqda. O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan xorijiy kapital ishtirokchilaridagi korxona va tashkilotlar soni, 2021-yilning 1- yanvar holatiga ko`ra, 12,3 mingtani tashkil etib, ulardan 11,8 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra , xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni bo`yicha birinchi o`rinda Rossiya(2093ta) , ikkinchi o`rinda Xitoy(1799), uchinchi o`rinda esa Turkiya(1576 ta) bormoqda. Shuningdek, O`zbekiston bilan qo`shma korxonalar tashkil qilishda Qozog`iston(919 ta) va Janubiy Koreya (888 ta) ham faol. O`tgan bir yil davomida O`zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1399 taga oshgan. Pandimemiyadan keyin Turkiya bilan 330 ta, Rossiya bilan 315 ta, Xitoy bilan 207 ta, Qozog`iston bilan 150 ta, Janubiy Koreya bilan esa 97 ta yangi qo`shma korxona tashkil qilingan. Eng yirik qo`shma korxonalar «Jeneral Motors», Germaniyaning «MAN», Yaponiyaning «Isuzu»; aviatsiya infratuzilmasi va multimodal logistika sohasida – Koreyaning «Koreyan Eyr» va Yaponiyaning «Mitsubisi»; oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida – Shveytsariyaning «Nestle», Angliya-Amerikaning «VAT», kimyo sohasida – Ispaniyaning «Maksam»; to’qimachilik va engil sanoat sohalarida – Koreya ning «DEU interneyshnl», Hindistonning «Spenteks», Yaponiyaning «Mitsubisi» va boshqa o’nlab xorijiy kompaniyalar, bank-moliya sektorida «Royal Bank of Scotland», «Koreya Taraqqiyot banki» va hokazolar yaqin sheriklar hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan qo’shma korxonalarning soni 4 mingdan oshdi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling