Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti Fan: Gruntlar mexanikasi,Zamin va poydevorlar


Download 0.79 Mb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1396639
1   2   3   4
Bog'liq
Gruntlarning siljishga qarshiligi (1)

Cho‘zilishga qarshilik (Rr – bir o‘qli cho‘zilishga nisbatan grunt namunasining mustahkamligi) to‘g‘ri yoki egri metodlar yordamida bevosita sinov o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Biroq muhandislik maqsadlari uchun yetarli darajada aniqlik bilan Rr qoyatosh gruntlarning namunalari uchun (1/10...1/20) Rc ga teng deb olinishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, massivdagi qoyatosh gruntlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari Rc va Rr yoriqsimonlik ta’sirida sezilarli darajada pasayadi.

Cho‘zilishga qarshilik (Rr – bir o‘qli cho‘zilishga nisbatan grunt namunasining mustahkamligi) to‘g‘ri yoki egri metodlar yordamida bevosita sinov o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Biroq muhandislik maqsadlari uchun yetarli darajada aniqlik bilan Rr qoyatosh gruntlarning namunalari uchun (1/10...1/20) Rc ga teng deb olinishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, massivdagi qoyatosh gruntlarning mustahkamlik ko‘rsatkichlari Rc va Rr yoriqsimonlik ta’sirida sezilarli darajada pasayadi.


Bir tekislik bo‘yicha siljishga sinash.
Sinovlarda siljish asbobidan foydalaniladi . Mohiyat e’tibori bilan, bu o‘sha kompressiya asbobi (2.3-rasmga qarang) bo‘lib, uning temir halqasi ikki qismga: yuqori va quyi qismlarga ajratilgan. qismlar o‘rtasida tekislik hosil qiluvchi tirqish mavjud.

Namunaning bir qismi shu tekislikda ikkinchi harakatsiz qism bo‘ylab siljiydi. Kompression sinovlarda bo‘lganidek, bu yerda ham grunt namunasi temir halqaga joylanadi, unga shtamp yordamida siquvchi kuch F bosqichma-bosqich uzatiladi va bu kuch ta’sirida grunt zarur holatgacha zichlanadi. Bosqichma – bosqich o‘sib boruvchi siquvchi zo‘riqish

  • Namunaning bir qismi shu tekislikda ikkinchi harakatsiz qism bo‘ylab siljiydi. Kompression sinovlarda bo‘lganidek, bu yerda ham grunt namunasi temir halqaga joylanadi, unga shtamp yordamida siquvchi kuch F bosqichma-bosqich uzatiladi va bu kuch ta’sirida grunt zarur holatgacha zichlanadi. Bosqichma – bosqich o‘sib boruvchi siquvchi zo‘riqish
  • ta’sirida namunaning cho‘kishi S shtampda o‘rnatilgan indikatorlar bilan o‘lchanadi.
  • So‘ngra ning o‘zgarmas qiymatida asbobning yuqori qismiga gorziontal kuch T bosqichma – bosqich uzatiladi. Tirqish tekisligida yuzaga keluvchi urinma zo‘riqishlar ta’sirida namuna yuqori qismining gorizontal siljishlari rivojlanib, ular asbobning yuqori qismida o‘rnatilgan indikatorlar bilan o‘lchanadi. Odatda namuna yuklashning mazkur bosqichi T da bu yuklash ta’sirida yuz bergan gorizontal siljishlar to‘la turg‘unlashgunga qadar saqlanadi va so‘ngra yuklashning yangi bosqichiga o‘tiladi.
  • kuchayishiga qarab gorizontal siljishlari ning intensivlik darajasi ortib boradi va ma’lum chegaraviy qiymat da namunaning keyingi siljishi siljituvchi zo‘riqish kuchaymasdan yuz beradi. Bu grunt namunasi ning berilgan qiymatida tirqish bilan qayd etilgan sirt bo‘ylab siljish hisobiga buzilganidan dalolat beradi. Namunaning buzilishi boshlanuvchi ning chegaraviy qiymati siljishga qarshilik deb ataladi.
  • Siljishga qarshilik. Kulon qonuni. Turli mualliflarning ko‘p sonli tajribalarida aniqlanganki, siljishga qarshilikning normal zo‘riqishga bog‘liqlik grafigi qumli va yirik toshli gruntlar uchun bino va inshootlar ahamiyatli bo‘lgan  ning o‘zgarish oralig‘ida (0,3...0,5 MPa gacha) koordinatalar boshidan chiquvchi to‘g‘ri chiziq kesimi tarzida ancha aniq ifodalanishi mumkin (2.10-rasm, b). Bunda mazkur bog‘liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanishi mumkin:

  • Download 0.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling