Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
O‘simlik dunyosi
O‘zbekiston hududining tekislik qismida o‘simliklar shimoldan janubga qarab o‘zgarib boradi, bunda o‘simlik tiplariniig birin-ketin almashinuvining asosiy sababi kenglik bo‘ylab iqlimning o‘zgarishidir. Tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab ko‘tarilganda ham iqlim asta-sskin tog‘ cho‘qqilariga qarab o‘zgaradi. Joyning absolyut balandliga qancha yuqori bo‘lsa, iqlim shuncha salqin keladi. Tog‘ etagidan cho‘qqiga ko‘tarilgan sari iqlimning o‘zgarishi natijasida tuproq va o‘simliklar ham o‘zgara boradi: tekisliklarda o‘sadigan ancha issiqsevar va kserofit o‘simliklar o‘rnini asta-sekin sovuqqa chidamli va mezofil o‘simliklar oladi. Tabiatdagi bunday hodisa tak mintaqaviylik deb yuritiladi. Kavkaz, Markaziy Osiyo va boshqa tog‘li o‘lkalarda tik mintaqaviylik ravshan namoyon bo‘ladi. Tog‘lardagi o‘simliklar mintaqalari (poyaslari) tekislikdagiga o‘xshab ketsada, ularning tog‘lardagi yashash va rivojlanish sharoiti tekisliklardagi yashash, o‘sish va rivojlanish sharoitidan sezilarli farq qiladi. Shuning uchun O‘zbskiston tog‘larining har xil balandlikdagi o‘simlik tiplarini ta’riflashda tik mintaqalar emas, balki «poyas»lar deyish ma’quldir. O‘zbekiston hududining rel’efi juda murakkab. Respublikaning eng katta qismi tekislikdir. Bu tekislik shimoliy-g‘arbda Orol va Qozog‘iston hududlari bilan chegaralanib, sharqda va janubda Tiyonshon, Pomir va Oloy tog‘larining etaklarigacha cho‘zilib boradi. Ikki azim daryo - Sirdaryo va Amudaryo kesib o‘tadagan bu tekis hudud - Turon past tekisligi deb ataladi. O‘zbskiston Respublikasi tekislik qismida Qoraqum va Qizilqum juda katta maydonlarni egallaydi. Qumli yerlarda qumsevar o‘simliklar o‘sadi Pastqam yerlarda tarqalgan sho‘rxoklar tarkibida suvda oson eriydigan tuzlar - xlorid va sulfatlar ko‘p bo‘ladi va bunday yerlarda o‘ziga xos galofit o‘simliklar o‘sadi. Galofit o‘simlikli sho‘rxok yerlar sho‘rxok cho‘llar deb ataladi va ular Respublikamizda ko‘p joyni egallamaydi. Tipik taqirlarda o‘simliklar deyarli bo‘lmaydi, ularning atrofidagina bir necha xil suv o‘ti o‘simliklari uchraydi, xolos. Cho‘llarning muayyan tiplari uchun xos bo‘lgan asosiy o‘simlik formatsiyalaridan cho‘lli, toshli, sho‘rxokli va to‘qayli o‘simliklar keng tarqalgan. Qumli cho‘l o‘simliklari. O‘zbekiston hududida qumli cho‘llar Qizilqum va Qoraqumda katta-katta maydonlarni, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona vodiysining markaziy qismida kichikroq maydonlarni egallaydi. Barxanlar alohida-alohida qum tepaliklari yoki tepaliklar zanjiridan iborat. Barxanlarda o‘simlik o‘smaydi, ularning qumlari Shamolda ko‘chib, yangi-yangi maydonlarda bosib ketadi. Barxanlar hozirgi paytda aholi yashaydigan joylar atrofida hamda katta quduqlar yonida kichik-kichik yerlarda uchraydi. Qumli cho‘llarning katta qismida qumsevar o‘simliklar o‘sib yotgan qum do‘nglari va pushtasimon qumlar tarqalgan. Qum do‘nglari ancha tekis yerlarda ayrim tepaliklar shaklida uchraydi. Do‘nglar yotiq, tepasi esa yumalokdir. Ayrim qum do‘nglari orasida tekis yerlar yoki kichik pastqatlamliklar bor. Qum cho‘llarida xilma-xil o‘simliklar: bir qancha daraxt, yirik buta, chala buta turlari hamda juda ko‘p bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar o‘sadi. Qum cho‘llaridagi daraxtsimon o‘simliklar asosan oq saksovul, yirik juzg‘unlardir, oq saksovullarning bo‘yi ko‘pincha 6-7 m ga etadi. Qumlarda butalar juda ham ko‘p. Bu yerda ko‘pdan-ko‘p juzg‘unlar, yirik butasimon sho‘raklar, quyonsuyak, zag‘aza va boshqalarning juda ko‘p turlari uchraydi. Chala butalardan shuvoqlar, ba’zi astragallar, pechaklar, sho‘raklar o‘sadi. O‘tlarning turlari juda ko‘p. O‘tlardan iloq eng ko‘p o‘sadi. Iloq eng yaxshi xashakbop o‘simlikdir. Bundan tashqari, boshoqdoshlardan qo‘ng‘irbosh, arpag‘on, boshqa oilalarning vakillari, masalan, lolalar, boychechaklar, gulsapsarlar, mayda butguldoshlar va boshqalar ham juda ko‘p o‘sadi. Qumda o‘simliklar bir tekisda taqsimlanmaydi: saksovul va butalar, odatda, qo‘sh pushtalar va do‘nglarning yotiq yonbag‘irlarida ayniqsa yaxshi o‘sadi. Qumli cho‘llarning o‘simliklari yaylov sifatida katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga saksovul va butatar yuqori kaloriyali yoqilg‘i hisoblanadi. Amudaryo va Sirdaryoning eski o‘zanlari bo‘ylab, shuningdek, ayrim pastqatlam uchastkalarda qora saksovullar uchraydi. Bunday joylarda qora saksovulzorlar ilgarilari ancha katta maydonlarni egallagan, o‘tin uchun ko‘plab kesib yuborilganligidan hozir ular juda kamayib ketgan. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling