Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
/ Vertikal zonalarning tabiiy sharoiti va tabiiy tuproqlarining
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekislik (cho‘l) zonasi tuproqlarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
9.5/ Vertikal zonalarning tabiiy sharoiti va tabiiy tuproqlarining
agrokimyoviy tavsifi Tekislik (cho‘l) zonasining tuproqlari mamlakatimizning eng katta maydonini egallaydi. Bu zona asosan tekislik bo‘lib dengiz sathidan 400 m. gacha bo‘lgan balandlikni egallaydi va maydoni 24,5 mln gektar yoki mamlakat hududining yarimidan ko‘proq joyni ishg‘ol qiladi. To‘g‘ri, bu zonada balandligi 800 m. bo‘lgan yerlar ham mavjud, lekin ular ham tuproq-iqlim sharoiti bo‘yicha cho‘l zonasiga taluqli. Bu zonaga tuproq va havoning quruqligi, namligining kamligi, bug‘lanishning yog‘in miqdoridan ko‘p baravar ortiqligi hosdir. Cho‘l zonasi tuproqlari uchun eng xarakterli narsa bu gapsning ko‘pligidar. Bu zonada juda keng tarqalgan tuproq bu surqo‘ng‘ir tuproqlar bo‘lib, ular karbonatli sho‘rlangan ellyuviy (ona) jinslaridan sho‘ra va shuvoq o‘simliklari ta’sirida paydo bo‘lgan. Uning yuqori 10-12 sm sur tusli qatlamida chirindi (gumus) ning o‘rtacha miqdori 0,21% ni, va azotning o‘rtacha miqdori 0,0165 ni, fosfor va kaliyniki 0,042% va 1,985 ni tashkil qiladi. Harakatchan kaliyning mikdori ancha yuqori (262 mg/kg) bo‘lsada fosforning miqdori cho‘l zonasi tuproqlari ichida eng kami (9,8 mg/kg) hisoblanadi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar o‘z tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarning tarqalishi bo‘yicha sho‘rxok tuproqlarga kiradi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsi asosan qumli eoloviy yotqiziqlardan iborat. Qumli cho‘l tuproqlari cho‘l zonasida keng tarqalgan bo‘lib asosan yyengil (ko‘pincha qumloq) mexanik tarkibga ega. Bu tuproqlarning yuqori qismi ko‘pincha quruq to‘kiluvchan qumdan iborat. O‘z tarkibida oziq elementlar miqdori bo‘yicha cho‘l zonasi tuproqlari eng kambag‘al tuproqlardan biri hisoblanadi. Chirindi miqdori 0,3 % atrofida bo‘lib, harakatchan oziq elementlar miqdori fosfor (15,1 mg/kg) bo‘yicha sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan ancha yuqori bo‘lsa, kaliy (158 mg/kg) miqdori bo‘yicha sezilarli darajada past turadi. 5-jyadval Tekislik (cho‘l) zonasi tuproqlarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
Cho‘l zonasidagi taqir tuproqlar pastqam joylarda har yer har yerda, bo‘lak-bo‘lak holda uchraydi. Pastqam yerlarni yog‘ingarchilik paytlarda suv bosib, suv bug‘langandan keyin taqir yorilib o‘simlik deyarli o‘smaydigan qatqaloq po‘stloqqa aylanadi. Bu tuproqlar boshqa cho‘l tuproqlardan og‘ir mexanik tarkibga egaligi, tarkibida harakatchan oziq elementlarning ancha ko‘pligi bilan farqlanadi. Cho‘l zonasidagi botqoq tuproqlar sizot suvlari 1 m. dan yuqoriroq yerlarda hosil bo‘lgan bo‘lib undagi chirindi va oziq elementlar miqdori bo‘yicha cho‘l zonasidagi eng unumdor tuproq hisoblanadi. Biroq tuproqlar asosan mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, respublika yer fondida juda kichkina maydonni egallaydi. Shu sababli ham bu tuproqlar ko‘proq nazariy ahamiyatga ega, xolos. O‘tloqi tuproqlar cho‘l zonasida sizot suvlari 1-3 m. joylashgan yerlarda rivojlangan bo‘lib, chirindi miqdori o‘rtacha 0,8-0,9% ni tashkil qiladi. Tarkibidagi oziq elementlar miqdori bo‘yicha ham cho‘l zonasining yuqorida bayon qilingan barcha tuproqlaridan ustun turadi. Bu tuproqlar o‘zlarining namlanish xarakteriga qarab allyuvial va soz tuproqlarga bo‘linadi. Cho‘l zonasi o‘tloq tuproqlariga xos xususiyat bu uning yuqori korbanatliligi va gipsliligidir. Cho‘l zonasida sho‘rlangan tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar sho‘rlanish darajasiga qarab 5 gruppaga: sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan, o‘rta sho‘rlangan, kuchli sho‘rlangan va sho‘rxoklarga bo‘linadi. Bunda tuproq tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy miqdori va xlor miqdoriga e’tibor beriladi. Sho‘r tuproqlar tarkibida uchraydigan tuzlar asosan uch kation (Na+, Mg+ , Ca+ ) va to‘rt anion (Cl , S0-, CO-, НCO-) ning kimyoviy birikishi natijasida hosil bo‘ladigan 12 xil tuzdan iborat. Bular ichida eng xaflisi soda (Na2CO3) undan keyin NaC1, MgC1, CaC1, Na2S04 va taxir tuzlar. Bu tuproqlar o‘z tarkibidagi gumus, N,R kabi oziq elementlar miqdori bo‘yicha cho‘l zonasining uncha unumli bo‘lmagan tuproqlar sirasiga kiradi. Biroq kaliy va ayniqsa SO4 miqdori bo‘yicha boshqa tuproqlardan keskin farq qilishi bilan xarakterlanadi. Kuchli sho‘rlangan tuproqlarda ayrim mikroorganizmlar bo‘lmaydi, natijada bunday tuproqlarda nitrofikatsiya jarayonlari kamayadi. Tuproqda quruq qoldiq miqdori 1% ga etganda nitratlarning paydo bo‘lishi sho‘rlanmagan tuproqlarga nisbatan 3-4 marta pasayadi. O‘zbekiston hududida magniy korbonatli sho‘rlangan tuproqlar ham borki, bu sho‘rlanish ularning morfologik va fiziko-kimyoviy xossalariga ham o‘zgacha xususiyat beradi. Bu sho‘rlanishning tuproq yuqori qismida ko‘p (5-25%) miqdorda bo‘lishi g‘o‘za va boshqa ekinlarga zaharli ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bunday tuproqlarga yuqori me’yorlarda solingan o‘g‘it ham juda kam samara beradi. So‘ngi 20-25 yil davomida sho‘rlangan va meliorativ ahvoli yomon yerlarning ko‘plab o‘zlashtirilishi natijasida bugunga kelib sho‘rlangan yerlarning umumiy maydoni 2 mln ga dan oshdi. Qaraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Sirdaryo viloyatlarning yerlari butunlay sho‘rlangan. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida esa sho‘r bosgan yerlar 60 70% ni tashkil qiladi. Respublika tuproqlarining unumdorliga sho‘rlanish hisobiga 30-35% kamayib ketgan. Adir (tog‘ oldi) zonasi tuproqlari Adir ikki ekologik region: - kserotermik cho‘l va mezotermik tog‘ oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning dengiz sathidan balandligi 400-800 metr (janubiy rayonlarda 1200 m.) ni tashkil qiladi. Adir mintaqasining umumiy maydoni 4,2 mln ga (Respublikaning 9,5% maydoni) ni tashkil qiladi. Bu zonada yog‘ingarchilik miqdori cho‘lga nisbatan 2,5-3 baravar ko‘p, tog‘ga nisbatan esa 2,5 - 3 baravar kamligi bilan xarakterlanadi. Adir zonasida asosan lyos (sog‘ tuproq) dan hosil bo‘lgan bo‘z tuproqlar joylashgan. Bu tulroqlarning mexanik tarkibi yyengil qumoq va qumloqdan og‘ir qumoq va loyqagacha boradi. Bo‘z tuproqlar vertikal zonallik xususiyatiga ega bo‘lib, adirning pastki qismida och tusli bo‘z tuproqlar, o‘rta qismida tipik bo‘z tuproqlar va yuqori qismida to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Adirning past qismi (och tusli bo‘z tuproqlar) dan yuqori qismi (to‘q tusli bo‘z tuproqlar) ga qarab borgan sari tuproq tarkibidagi gumus va boshqa oziq elementlar miqdori va chirindili qatlam chuqurligi sezilarli darajada oshaboradi. Bu hodisa pastdan yuqoriga qarab tuproq hosil bo‘lish jarayonining kuchaya borganligadan dalolat beradi. Bo‘z tuproqlarga asosiy xos xususiyat bu ularning yuqori karbonatliligidir. Tuproq ona jinsi lyosslarda kaliy tutuvchi minerallarning ko‘pligi sababli bo‘z tuproqlarda kaliy miqdori ancha katta. Bo‘z tuproqlar zonasidagi, ayniqsa botqoq tuproqlar uzlarining unumdorligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar tarkibidagi gumus miqdori o‘rtacha 3-3,5% gacha etadi. Shunga monand ravishda N,P,K kabi oziq elementlar miqdori ham sezilarli darajada oshadi. Bu tuproqlardagi oziq elementlar va chirindining bu darajadagi ko‘pligi bu tuproqlardaga o‘simliklar va ular qoldirgan biomassa bilan bog‘liq. 6-jadval Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling