Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet29/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

To‘rtinchi davr. 1943 yilda mamlakatimiz Fanlar Akademiyasi qoshida «Tuproqshunoslik instituti» tashkil qilindi. Bu institutning ilmiy va amaliy ishlari Resnublikamizning cho‘l mintaqasi vodiylari va tog‘larida olib borilib, shu hududlarning maydonlari uchun har xil ko‘lamli tuproqlar xaritalari tuzildi. 1960-1963 yillarda tuzilgan 1:1 000 000, 1: 350 000 miqyosdagi tuproq xaritalari, 3 jildli «O‘zbskiston Respublikasi tuproqlari» jamlanmasi va boshqa bir qator ilmiy-amaliy ishlarni misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Bsshinchi davr (1963-1992 yillar). Bu davrda mamlakatimiz tuproqshunosligida quyidagi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari paydo bo‘ldi va rivojlandi:
1.Tuproq-iqlim tumanlashtirish (A.Z.Genusov,B.V.Gorbunov, .V.Kimberg);
2.Tuproqlar bonitirovkasi (A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov, I.V.Kimberg, G.M.Konobeeva, M.I.Kochubey, S.P.Suchkov, R.K.Qo‘ziyev va boshqalar);
3. Sug‘oriladigan tuproqlarni agro ishlab chiqarish guruh-
larga ajratish (B.V.Gorbunov, N.V.Kimberg, M.I.Kochubey,
S.P.Suchkov);
4. Tabiiy fitotsenozlar, paxta va boshqa ekinlarni
oziqlantirish (S.N.Rijov, J.S.Sattorov, A.X.Xorazmiy,
L.Ergashev va boshqalar);
5.Tuproqlar eroziyasi (V.B.Gussak, X.M.Maxsudov, K.M.Mirzajonov, M.X.Xamroyev va boshqalar);
6. Sho‘r tuproqlarning kelib chiqishi va melioratsiyasi
(L.I.Kalashnikov, A.M.Rasulov O.K.Komilov va boshqalar);
7. Tuproqlarning suv va suv-fizikaviy xossalari
(M.I.Umarov, L.T.Tursunov, J.I.Ikromov, I.T.Turopov,
S.A.Abdullayev, R.Q.Qurvontoyev va boshqalar);
Agrokimyoviy va kimyoviy izlanishlar (M.I.Bratcheva, L.N.Tolstova, E.G.Bessonov, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliyev, T.I.Piroxunov, A.X.Xorazmiy, A.E.Ergashev, X.T.Riskieva, T.X.Xodjayev va boshqalar);
Tuproqdagi mikroelementlar tahlili (E.K.Kruglova, M.A.Achiyeva, S.X.Dshqonxo‘jayeva, F.X.Sharafutdinova va boshqalar);
10. Tuproqlar genezisi, geografiyasi va klassifikatsiyasi
(M.A.Orlov, A.I.Rozanov, B.V.Gorbunov, A.Z.Genusov,
I.V.Kimbsrg, V.G.Popov, J.I.Ismatov, R.Q.Qo‘ziyev va boshqalar).
11. Tabiiy (qo‘riq) tuproqlar agrokimyosi (S.N.Rijov, L.X.Xorazmiy va boshqalar)
Hozirgi yoki oltinchi davrda (1992-2000 yillar) yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan tashqari O‘zbekiston Milliy Universiteti (L.T.Tursunov, X.X.Tursunov, S.L.Abdullayev, R.Q.Qo‘ziyev, J.S.Sattorov va boshqalar), Toshkent Davlat agrar universiteti (X.M.Maxsudov, I.T.Turopov, L.A.G‘afurova, A.X.Xorazmiy, S.K.Kojaxmetov, B.S.Musayev, X.Q.Namozov, K.I.Shadraimova va boshqalar), O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (Q.M.Mirzajonov, G.S.Zokirov|, M.B.Xamroyev, Sh.X.Nurmatov, N.I.Ibragimov, B.I..Niyozaliyev va boshqalar) da, shuningdek Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Andijon, Qarshi, Termiz, Nukus va Urganch Davlat universitetlarida ham tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini ko‘paytirish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayapti.
1998 yilda O‘zbskiston Respublikasida qabul qilingan «Yer kodeksi» va «Yer kadastri» qonunlarini amalda bajarish, mamlakatimiz tuproqlarini baholash bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil etish va yerlardan oqilona foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi (O‘zDavrqo‘mita) tashkil qilindi. Qo‘mita ixtiyoriga Rsspublika Fanlar Akademiyasi huzuridagi tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti, «O‘zDaverloyiha» instituti hamda uning Andijon va Buxoro shaharlaridagi shahobchalari berildi. Shunday qilib, hozirgi kunda O‘zbekiston Resnublikasi tuproqlarini o‘rganishning oltinchi davri boshlandi.
Shu davrga mos, xos va munosib bo‘lgan ishlardan quyidagilarni misol ravishda keltirish mumkin:

  1. Jamoa, shirkat, fermer, dehqon xo‘jaliklarining yirik masshtabli tuproqlar xaritasini tuzish

  2. Sug‘oriladigan va lalmikor yerlardagi tuproqlarning xossalari va xususiyatlariga qarab unumdorliklarini aniqlash va xo‘jaliklardagi tuproqlarni baholash. Bu ishlar bozor iqtisodiyotining o‘tish davridagi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanib, tuproqlarning unumdorligini oshirishga, ulardan oqilona foydalanishga va muhofaza qilishga qaratilgan.


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling