Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlari klassifikatsiyasining sxemasi


Download 1.71 Mb.
bet31/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlari klassifikatsiyasining sxemasi:

Tekislik (cho‘l) zonasi bo‘yicha


1-tip. O‘zida 6 ta tipcha (podtip) ni birlashtiruvchi cho‘l zonasining o‘tloqi-voha tuproqlari


2-tip. O‘zida 2 ta tipchani tutuvchi cho‘l zonasining voha-botqoq tuproqlari
3-tip. O‘zida 6 ta tipchani birlashtiruvchi voha-taqir tuproqlari.

Adir (tog‘ oldi) zonasi bo‘yicha


4-tip. O‘zida 6 ta tipchani birlashtiruvchi bo‘z tuproqlar zonasining voha-o‘tloqi tuproqlari


5-tip. O‘zida 2 ta tipchani tutuvchi bo‘z tuproqlar zonasining voha-botqoq tuproqlari.
6-tip. O‘zida 4 ta tipchani birlashtiruvchi voha-bo‘z tuproqlar.
Yuqorida keltirilgan barcha tuproqlar agar sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda hosil bo‘lgan bo‘lsa avtomorf tuproqlar deb, agar grunt suvlari yuza joylashgan yerlarda hosil bo‘lgan bo‘lsa gidromorf tuproqlar deyiladi.
Gidromorf tuproqlar rivojlangan sharoitlarda o‘tloq va botqoq o‘simliklari vujudga keladi. Sizot suvlari sathi yuqori (1-3 m) joylashgan yerlarda hosil bo‘lgan tuproqlar o‘tloqi tuproqlar deyiladi. Sizot suvlari yana ham yuqori (1 m dan kam) da joylashgan tuproqlar yuzasida nam ko‘payib botqoq tuproqlar hosil bo‘ladi.
Ona jins tarkibidagi tuzlarning miqdori va sifatiga, minerallashgan sizot suvlari xususiyatiga, iqlim sharoitiga, o‘simlik xarakteriga (galafitlar o‘zi bilan har yili o‘rtacha 500 kg/ga tuz qoldiradi) bog‘liq ravishda turli xil sho‘rlangan tuproqlar hosil bo‘ladi.
Genetikaviy tuproqshunoslikning asoschisi hisoblanmish rus olimi V.V.Dokuchayev tuproq qatlami va tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni quyidagi formula orqali ifodalagan.

T=f(I O J.R)V


T- tuproq


f- tuproq hosil qiluvchi omillar o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik.
N- iqlim
O-organizimlar
J- jins
R- rel’ef
V- vaqt
Shu omillarning har xil nisbatdagi ta’siri natijasida turli xil tuproq turlari va xillari vujudga keladi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling