Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Adir (tog‘ oldi) zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy ko‘rsatkichi
- Baland tog‘ (yaylov) zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
Adir (tog‘ oldi) zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy
ko‘rsatkichlari
Adir (bo‘z tuproqlar) zonasida ham sho‘rlangan tuproqlar anchagina maydonni egallaydi. Ularning paydo bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu zonada sho‘r tuproqlar meleoratsiyasi asosiy rol o‘ynaydi. Avvalo sizot (sho‘r) suvlarining kapilyar yo‘llar orqali, yuqoriga ko‘tarilishini to‘xtatish lozim, aks holda qayta sho‘rlanish sodir bo‘lishi mumkin. Sho‘r tuproqlar meleoratsiyasida dalalar atrofiga zovur va kollektorlar qazish yo‘li bilan sizot suvlarining sathini pasaytirish va tuproq sho‘rini yuvishga qaratiladi. Sho‘r tuproqlarda oziq elementlar miqdori anchagina past, lekin kaliy miqdori birmuncha yuqori. Bu tuproqlarga mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llab va ularni meleoratsiya qilib, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish mumkin. Tog‘ zonasi tuproqlari Tog‘ zonasi dengaz sathidan 800-2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, 960 ming gektardan oshiqroq joyni ishg‘ol qiladi. Bu zonada adirga nisbatan havo harorati ancha past (11,30S), yog‘ingarchilik miqdori esa ancha yuqori (734 mm). 7-jadval Tog‘ zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy ko‘rsatkichi
Tog‘ tuproqlari ona jinsi cho‘kindi va otqindi tog‘ jinslarining nurash mahsulotlaridan iborat. Jigarrang tuproqlar tog‘ zonasining o‘rta qismida joylashgan bo‘lib bu tuproqlarda gumus miqdori 5,75% ni, chirindili qatlam qalinligi 30 sm dan oshadi. Shuning uchun ham bu tuproqlar yuqori qatlamining hajm og‘irligi 1,10 gr/sm3 dan oshmaydi. Bu tuproqlarda N,K kabi oziq elementlarining miqdori ham ancha yuqori, biroq harakatchan fosforning miqdori (14,2 mg/kg) ko‘p emas. Qo‘ng‘ir tusli tog‘-o‘rmon tuproqlari tog‘ zonasining nam ko‘proq (shimoliy) yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Undagi gumus miqdori 6,53 % dan oshadi va shunga monand oziq elemeptlarning umumiy miqdori ham ancha yuqori. Harakatchan fosfor va kaliyning 1 kg tuproqdagi miqdori 63,7 va 692 mg ni tashkil qiladi. Baland tog‘ (yaylov) zonasi tuproqlari Baland tog‘ (yaylov) zonasi O‘zbekiston sharoitida dengiz sathidan 2200 metr balandlikdan boshlanadi va 700 mint gektardan oshiqroq maydonni egallaydi. Bu zonada havoning yillik o‘rtacha harorati nihoyatda past (3,50S). Yog‘ingarchilik miqdori ham tog‘ zonasiga nisbatan sal kam ikki baravar kam. Baland tog‘ zonasining eng past qismida ochiq-qo‘ng‘ir o‘tloqi dasht tuproqlar tarqalgan bo‘lib, u tog‘ zonasining qo‘ng‘ir tusli tog‘-o‘rmon tuproqlari bilan yaqin joylashganligi sababli bu tuproqlar tarkibidagi oziq elemsntlar miqdori tog‘ zonasi tuproqlari bilan deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega. O‘tloqi tuproqlar baland tog‘ zonasining o‘rta qismida qor va buloqlar yoqasida tarqalgan. Undagi gumus miqdori 7-8 % dan oshadi va shunga bog‘liq ravishda oziq elementlar miqdori ham ancha yuqori. Baland tog‘ zonasi tuproqlari kuchsiz kislotalik reaksiya (PN- 6,5) ga ega bo‘lganligi sababli tuproqdagi fosforning eruvchanligini oshiradi. Shuning uchun ham bu tuproqlarda harakatchan fosfor miqdori 140-150 mg/kg gacha etadi. Baland tog‘ zonasining eng yuqori qismida baland tog‘ botqoq tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlarda gumus miqdori 12-15% gacha etadi. Shuning uchun ham uning hajm og‘irligi 0,71 g/sm3 ni tashkil qiladi. 8-jadval Baland tog‘ (yaylov) zonasi asosiy tuproq tiplarining agrokimyoviy ko‘rsatkichlari
Baland tog‘ zonasining eng yuqori qismida baland tog‘ botqoq tuproqlar tarqalgan. Bu tuproqlarda gumus miqdori 12-15% gacha etadi. Shuning uchun ham uning hajm og‘irligi 0,71 g/sm3 ni tashkil qiladi. Oziq elementlarning yalpi miqdori ham juda baland. Bu zonaning ayrim joylarida baland tog‘ botqoq-torfli tuproqlar ham uchraydi. Bu tuproqlar juda katta miqdorda (20-25%) dag‘al gumus va shunga monand (1,6-1,8%) miqdorda azot tutadi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling