9.3. Vertikal zonalar bo‘yicha O‘zbekiston tuproqlarining klassifikatsiyasi
Tuproqning paydo bo‘lishi va asosiy xossalariga ko‘ra uni tegishli gruppalarga birlashtirish tuproqni klassifikatsiyalash deyiladi. Bunda quyidagi asosiy taksonomik birliklar asosiy hisoblanadi:
-Tuproq tipi bir xil sharoitda shakllanayotgan tuproq xillaridan iborat.
-Tipcha (podtip) - tuproq hosil bo‘lish jarayonining namayon bo‘lishiga qarab ajratilgan tuproqlar gruppasi.
-Oila - asosiy genetikaviy belgilar, mahalliy sharoit (ona jins, sizot suvlar) va boshqalar ta’sirida vujudga keladi.
-Tur tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining rivojlanishiga (podzollanish, sho‘rlanish, chirindi miqdori va boshqalar) qarab ajratiladi.
-Turcha - tuproqlarnipg maxanik tarkibiga ko‘ra ajratiladi.
O‘zbekiston tuproqlarning- hozirgi klassifikatsiyasi quyidagilarga asoslanadi:
1. Kenglik zonalar sistsmasida O‘zbekistonning tekislik
qismi o‘zida sur-qo‘ng‘ir, cho‘l-qumli va taqir tuproqlarni tutuvchi
cho‘l zonasiga mansubligiga. Vertikal (balandlik poyaslari)
zonalar sistemasi bo‘yicha o‘zida bo‘z tuproqlarni tutuvchi tog‘oldi
qismiga, o‘zida jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlarni
tituvchi tog‘ qismiga, o‘zida ochiq-qo‘ng‘ir dasht-o‘tloqi tuproqni
tituvchi baland tog‘ zonasiga mansubligiga.
2. O‘zbekiston provensial bo‘linish sxemasi bo‘yicha Turon yoki
Urta Osiyo tuproq-iqlim provinsiyasiga mansubligiga.
Kenglik zonasining avtmorf (zonal) va vertikal (batandlik) zonasining gidromorf tuproqlari hamda o‘zida avtomorflik va gidromorflik belgilarini tutuvchi oraliq tuproqlar.
Sug‘orma dehqonchilik natijasida o‘zgarishga uchragan sug‘oriladigan tuproqlar.
9.4. O‘zbekistonning- tabiiy (qo‘riq) tuproqlari klassifikatsiyasining sxemasi
Tskislik (cho‘l) zonasi bo‘yicha
1-tip. O‘zida 3 ta tipcha (podtip) ni birlashtirgan cho‘l zonasining o‘tloq tuproqlari
2-tip. O‘zida 2 ta tipchani birlashtirgan cho‘l zonasining botqoq tuproqlari
3-tip. O‘zida 4 ta tipchani birlashtirgan cho‘l zonasining solonchaklari
4-tip. O‘zida 4 ta tipchani birlashtirgan taqir tuproqlari
5-tip. O‘zida 2 ta tipchani birlashtirgan qumli cho‘l tuproqlari
6-tip. O‘zida 3 ta tipchani birlashtirgan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar.
Adir zona bo‘yicha.
7-tip. O‘zida 5 ta tipchani birlashtiruvchi bo‘z tuproqlar zonasining o‘tloq tuproqlari.
8-tip. O‘zida 2 tipchani birlashtiruvchi bo‘z tuproqlar zonasining o‘tloq tuproqlari.
9-tip. O‘zida 2 ta tipchani birlashtiruvchi bo‘z tuproqlar zonasining botqoq tuproqlari.
10-tip.O‘zida 3 ta tipchani birlashtiruvchi bo‘z tuproqlar zonasining solanchaklari.
11-tip. O‘zida 2 ta tipchani tutuvchi bo‘z tuproqlar zonasining salonetslari
Tog‘ zonasi bo‘yicha
12-tip. O‘zida 2 ta tipchani tutuvchi jigarang tuproqlar
13-tip. Qo‘ng‘ir tusli tog‘-o‘rmon tuproqlari
Baland tog‘ (yaylov) zonasi bo‘yicha
14-tip. Baland tog‘ o‘tloqi tuproqlar
15-tip. Baland tog‘ botqoqi tuproqlar
16-tip. O‘zida 1 ta tipcha tutgan baland tog‘ ochiq-qo‘ng‘ir o‘tloqi-dasht tuproqlar
Do'stlaringiz bilan baham: |