Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


O‘zbekiston tuproqlarining o‘rganilish tarixi


Download 1.71 Mb.
bet28/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

9.2. O‘zbekiston tuproqlarining o‘rganilish tarixi

O‘zbskiston Respublikasi tuproqlarini o‘rganish davrlari asosan quyidagilardan iborat:


Birinchi davr. Bu davrga 1920 yildan oldin olib borilgan ishlarni o‘z ichiga olib, tuproqshunoslikning mamlakatimizda rivojlanishi haqida deyarli aniq ma’lumotlar bilan ko‘rsatilmagan.
Ikkinchi davr (1920-1932 yillar). Bu davrda O‘rta Osiyo Davlat universiteti qoshida professor I.A.Dimo rahbarligida Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda birinchi Tuproqshunoslik va Geobotanika ilmiy-tadqiqot instituti o‘z ishini boshladi. Ayni in-stitut olimlari Amudaryo, Zarafshon daryo vohalari, Qoraqalpog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa hududlarni turli ko‘lamdagi tuproq xaritalarini tuzib, tuproqlarning geografik tarqalish qonuniyatlari, tuproqlarning kenglik va tik mintaqalarini, sho‘r tuproqlarning paydo bo‘lish jarayonlarini hamda tuproqlarning meliorativ xususiyatlarini yaxshilash choralarini o‘rganib chiqdilar. Bajarilgan ishlarning natijalari K.D.Glinkaning «Rossiya va Rossiya atrofi mamlakatlarining tuproqlari» (1923), L.I.Prasolovning «Turkiston tuproqlari»(1925), S.S.Neustruev va V.V.Pikitinning (1926) “Turkiston paxtachilik tumanlarining tuproqlari» asarlarida umumlashtirib berilgan.
Uchinchi davr (1932-1943 yillar). Bu davr o‘z ichiga Tuproqshunoslik va Geobotanika instituti yopilib, uning vazifasi Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (.SoyuzNIXI) qoshida ochilgan agrotuproqshunoslik va o‘g‘itlash markaziy stansiyasi ixtiyoriga berilgan yillarni oladi. Shu yillar davomida Markaziy Osiyo va Qozog‘istonning 43 ta paxtachilik xo‘jaliklarining va 1500 ming ga maydonidagi sug‘oriladigan tuproqlarning kimyoviy va agrokimyoviy tarkibi o‘rganilib chiqilgan. Ayni ishlar natijasida sug‘oriladigan yerlarni o‘g‘itlash, qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish kabi amaliy ishlar, tuzilgan detal va yirik masshtabli tuproq xaritalari yordamida aniqlab chiqildi. Bu davrda O‘zbekiston tuproqshunosligida Tuproq-meliorativ, agrotuproqshunoslik-agrokimyoviy kabi 2 ta yo‘nalish vujudga keldi. Bu yo‘nalishlarning rivojlanishi Respublikamizda irrigatsiya va paxtachilik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining shakllanishi va kuchayishiga yordam berdi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling