Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
O‘rta tog‘ mintaqasi o‘simliklari. Adirlar poyasining yuqorisini, dengiz sathidan 1200-1500 l/dan 2800-3000 A/gacha bo‘lgan balandliklarni tog‘lar mintaqasi ishg‘ol qiladi. Adirlarga nisbatan tog‘lar mintaqasining rel’efi birmuncha notekis.
O‘zbekistonda tog‘ poyasi katta maydonni ishg‘ol qilmaydi, Tiyonshonning g‘arbiy tarmoqlarida, Pomir-Oloy tog‘larida, Zarafshon tizmasida, Turkiston va Hisor tizmalarining bir qismida tipik mintaqani ko‘rish mumkin. Tog‘ mintaqasining o‘simliklari juda xilma-xildir. Bu tog‘ mintaqasining dengiz sathidan har xil balandlikka egaligiga, rel’ef sharoiti, yonbag‘irlarning tikligi va tog‘larning dunyo tomonlariga nisbatan bo‘lgan ekspozitsiyalarning yo‘nalishiga, joyiga bog‘liqdir. Tog‘ mintaqasining bu barcha xususiyatlari ekologik sharoitni juda xilma-xil qilib yuboradi, ana shu sharoitga ko‘ra o‘simliklar ham turli joyda turlicha bo‘ladi. Biroq shunga qaramasdan tog‘ mintaqasidagi o‘simliklarni 2 asosiy tipga: dasht o‘simliklari va daraxt-buta o‘simliklari tipiga bo‘lish mumkin. Dasht o‘simliklari tog‘ mintaqasining aksari quyi qismida o‘sadi va ular asosan bug‘doyiq - har xil o‘tlar hamda dasht formatsiyalaridan iborat. Bug‘doyiq va har xil o‘tlar G‘arbiy Tiyonshonda, Zarafshon, Hisor tog‘lar tizmasi shimoliy yonbag‘irlarida va boshqa hududlarida, ayniqsa ko‘p o‘sadi. Bu yerda ko‘p yillik boshoqdosh o‘simlik - bug‘doyiq eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, uning bo‘yi 50-70 sm ga etadi. Ikki pallali o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamli ba’zi turlari, masalan, qo‘ziquloq, astragal, sentavriya, esparset, isparak va boshqalar bug‘doyiq aralashgan holda o‘sadi. Bu yerda namatak, yovvoyi archa, zirk, tuyasingir singari butalar, ba’zan serqiya yonbag‘irlarida archa ham uchraydi. Tog‘larning yuqorisida bug‘doyiq - har xil o‘tlarga yirik boshoqdosh dasht o‘simliklari aralashadi. O‘rmonsiz bo‘lgan bu joylarda shuvoq-chalov, shuvoq-betaga singari har xil o‘t-dasht formatsiyalarini vujudga keltiradi. Tog‘ mintaqasining o‘ziga xos xususiyati shuki, ayrim joylarda birmuncha qalin o‘rmonlar hosil qiladigan daraxt-butalardan iborat ko‘pgina formatsiyalar bor. Shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar bu mintaqani o‘rmon va daraxt-butalar mintaqasi deb ataydilar. Tog‘ poyasida tutash butazorlar-na’matakzorlar ko‘p. Bu butazorlarda har xil tur na’mataklar hamda zirk, shilvi, tubulg‘i va irg‘aylar kabi barg to‘kadigan butalar aralash o‘sadi. Na’matakzorlarda qalin o‘tlar pastki yarusni ishg‘ol etadi, ular asosan bug‘doyiq har xil o‘tlardan iborat. Na’matakzorlar G‘arbiy Tiyonshon tog‘larida, Zarafshon va Turkiston tizmasining 2300-2500 m balandliklardagi tog‘ mintaqasining ayrim joylarida tipik zag‘azazorlarni ko‘rish mumkin. Tog‘ mintaqasida daraxtlar ham ko‘p o‘sadi. Ayrim daraxtlar adir mintaqasining 1000-1200 m balandligida ham uchraydi, lekin daraxtlar tog‘ mitaqasining o‘zida juda ko‘p bo‘lib, ular bu yerda o‘rmon hosil qiladi. Ayrim daraxtlar yoki ularning to‘dalari tog‘ mitaqasining past qismida yaxshi to‘silgan joylardagina saqlanib qolgan. Bular qizil archa, ba’zi tur zarang, to‘g‘dona, yovvoyi olma, tog‘olcha, do‘lanalardir. Tog‘larning 2000-2800 m balandligida daraxtlar ko‘p. Ular bu yerda ba’zan ninabargli daraxtlardan iborat o‘rmonlarni hosil qiladi. O‘zbskiston tog‘larida ninabargli daraxtlardan Shrenk eli, Semenov oq qarag‘ayi, archalardan o‘rik, archa, qizil archa, sarv archa va boshqalar uchraydi. Elzorlar asosan Chotqol tog‘ining shimoliy yon bag‘irlarida, Zarafshon va Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy yonbag‘irlarida uchraydi. Archazorlar ayrim joylarda chinakkam o‘rmonlarni eslatadi. Boshqa hollarda yakka-yakka yoki to‘da bo‘lib o‘sadi, ular orasida daraxtsiz joylarda o‘tlar ham o‘sadi. Archa tog‘larning shimoliy yonbag‘irlarida, yumshoq yerlarda yaxshi o‘sadi (10-rasm). Tosh va qiyali janubiy yonbag‘irlarida archazorlar juda siyraklashib ketgan bo‘lib, ko‘pincha ular bir-ikki daraxt ko‘rinishida, egri-bugri archalar sifatida uchraydi. Archa daraxtlari orasidagi joylarda butalar, asosan shilvi, zag‘aza, tobulg‘i, ba’zan olcha, shuningdek o‘tlar o‘sadi. O‘zbekiston tog‘larida bargli o‘rmonlar asosan G‘arbiy Tiyonshon tizmalarida, shuningdek, Hisor tizmasining ba’zi joylarida tarqalgan. O‘zbekiston tog‘ mintaqasi bargli o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati shuki, u yerda meva daraxtlari bor. Bu o‘rmonlarda olma, tog‘ olcha, noklarning juda ko‘p xillari bo‘lib, ular mevalarining rangi, mayda-yirikligi va ta’mi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu o‘rmonlarda yong‘oq, har xil turdagi bodom, do‘lanalar ham ko‘p uchraydi (11-rasm). Janubda meva daraxtzorlari orasida ba’zan anor, anjir, xurmo, jilon jiyda, tok uchraydi. Boshqa daraxtlardan zarangning bir necha turi, terak, tol, ba’zan qayin va chetan uchraydi. Yong‘oq o‘rmonlari eng katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rmonlar G‘arbiy Tiyonshonning ba’zi tumanlarida, Farg‘ona tog‘ tizmasida, Qashqadaryo va Surxondaryo tog‘li hududlarida uchraydi. Yong‘oq o‘rmonlari O‘zbekiston tog‘larining shimoldan keladigan sovuq Shamoldan to‘silgan eng sernam va issiq joylarni ishg‘ol qiladi. Shuningdek, yong‘oqlar tagida butalarning ba’zi bir soyasevar turlari, masalan, guttaperchiya butasi va o‘tlar o‘sadi. Ko‘pincha yong‘oq daraxtlari yakka-yakka o‘sadi, ularning umumiy ko‘rinishi sharsimon, shox-shabbalari yoyiq bo‘ladi. Kamdan-kam hollarda to‘da bo‘lib ham o‘sadi. Boshqa bargli daraxtlardan O‘zbekiston tog‘larida olma, do‘lana, zarang va tog‘olcha ko‘p uchraydi. Bu daraxtlarniig chakalakzorlari yong‘oq daraxtlari singari chinakkam o‘rmonlar hosil qilmaydi, ular ko‘proq butalarga o‘xshaydi. Bu xildagi bargli daraxtzorlar Tiyonshon tog‘larida va Hisor tog‘ tizmasida uchraydi. Hisor tog‘ tizmasida olma, do‘lana-zarang daraxtzorlari orasida juda ko‘n miqdorda subtropik o‘simliklar, masalan, Kavkaz xurmosi, jilon jiyda, totim, anjir, anor va ko‘pgina tok o‘sadi. Daryo vodiylari, nam yon bag‘irlar va buloqlar mavjud bo‘lgan ayrim yasoylarda kichik qayinzorlar, shuningdek, daryo o‘zanlari bo‘ylab cho‘zilib ketgan terakzor va tolzorlar uchraydi. Qayinzorlar Turkiston qayinidan hosil bo‘lgan. O‘zbekiston tog‘ mintaqasining xo‘jalik ahamiyati juda katta. Bu yerda asosan, daraxt va butalar katta ahamiyatga ega. El va archa daraxtlarining yog‘ochi qurilish materiali va yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Yong‘oq, zarang, shumtollar yog‘ochidan har xil buyumlar yasaladi. Yong‘oq, pista, olma, tog‘olchalar mevasi terib olinib, ular ho‘lligicha iste’mol qilinadi, quritiladi va qayta ishlanadi. Tog‘ yon bag‘irlaridagi o‘tlar o‘rib pichan qilinadi. U yerga mol yoyilib o‘tlatiladi. Biroq tog‘ daraxtzorlarining ahamiyati yanada katta, ular dalalarni eroziyadan saqlashda ixota vazifasini bajaradi, tuproqda suvni saqlash va tartiblash funksiyalarini bajaradi. Daraxt va butalar o‘sadigan yonbag‘irlarga yoqqan qorni Shamol uchirib ketmaydi, balki qor to‘planib qoladi, tuproqlarning namligini oshiradi. Bahorda asta-sekin eriydi va tuproqqa shimilib uni bo‘ktiradi. Bahor va yozda yomg‘ir suvlar ham daraxtzor yonbag‘irlarida yaxshi ushlanib qolib, tuproqqa shimiladi. O‘zbekistonning tog‘li tumanlaridagi o‘rmonzorlar suvni saqlash va tartiblashda barcha sug‘oriladigan hududlar uchun katta ahamiyatga ega. O‘rmonlar tufayli daryolardagi suv me’yorida bo‘lib turadi, g‘o‘za, g‘alla va boshqa ekinlar uchun sug‘orish tizimlarida zarur miqdorda suvning oqib turishi ta’minlanadi. O‘rmon daraxtlarining O‘zbskistonning tog‘ mintaqasida nihoyat darajada katta ahamiyatga ega ekanligi e’tiborga olinib, tog‘dagi daraxtlarni yoppasiga kesish qonun bilan ta’qiqlangan. Bundan tashqari, bir qancha o‘rmon xo‘jaliklari tog‘larning o‘rmonsiz yonbag‘irlarida o‘rmon maydonlarini tiklash sohasida katga ishlar bajarmoqdalar. Bunda tog‘larga yong‘oq, nok, olma, o‘rik, bodom, pista singari mevali daraxtlar o‘tkazilishi natijasida ularning maydonlari ko‘paytirilmoqda. Savollar
V.V.Dokuchayevning tuproq qatlami bilan tuproq hosil qiluvchi omillar o‘rtasidagi funksonal bog‘liqlik formulasini tushuntirib bering. Tabniy sharoitda tuproq hosil bo‘lish jarayonida kimyoviy o‘zgarishlar qanday formula orqali ko‘rsatiladi? 3. Tuproq hosil bo‘lish jarayoniga antropogen omil qaysi omillar tomonidan kiritilgan? Antropogep jarayontning rivojlanishiga qanday sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi? Aptropogen jarayoni ta’sirida rivojlangaya tuproq hosil qiluvchi omillar yig‘indisi qaysi formula bilan ko‘rsatiladi? Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproq hosil bo‘lish jayonidagi kimyoviy o‘zgarishlar qaysi formula bilan izohlanadi? Hozirgi davrda sug‘oriladigan tuproqlarda qaysi salbiy antropogen omillar rivojlanmoqda? 8. Salbiy sharoitlarning ta’sirida sug‘oriladigan tuproqlarning ekologik va meliorativ holati qanday yo‘nalishda o‘zgarmoqda? Tuproqlardagi salbiy yo‘nalishlarning oldni olish uchun qanday ilmiy, amaliy ishlarni bajarish lozim? O‘zbekiston respublikasi tuproqlarining gorizontal yuzasiga tushayotgan yassi quyosh radiatsiyasini yillik miqdori qanday o‘zgaradi? O‘zbekistonda subtropik iqlnmni rivojlantirishda qanday omillar ishtirok etadi? 12. O‘zbekiston hududlarida qancha iqlim zonasi ajratiladi? Cho‘l va dasht zonasida iqlimniig asosiy miqdori qo‘rsatkichlari nimalardan iborat? Tog‘ zonasida iqlnmning o‘ziga xosligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Tog zopasidagi iqlim ko‘rsatkichlari cho‘l, dasht va tog‘oldi zonalaridan qanday ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi? O‘zbekiston hududlarida yanvar va iyul oylarida harorat rejimining o‘zgarishini tushuntirib bering. 17. O‘zbekiston hududlarida haroratlar (10°S dan yuqori) yig‘indisini turlicha ko‘rsatkichlarga o‘zgarishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 18. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududlarida yog‘ingarchilikning yillik miqdori (mm hisobida) qanday o‘zgara- di? O‘zbekiston Respublikasida qanday rel’ef shakllari va geomorfologik birliklari tarqalgan? Tog‘li, tog‘oldi, tekislik hududlariga qanday geomorfologik shakllar kiradi? Daryo vodiylari, kichik tog‘li va allyuvial tekisliklar rel’ef shakllarida qandaya geomorfologik birliklar mavjud? O‘zbekiston Respublikasi hududlarining o‘simliklari o‘zining tarkibiga ko‘ra qanday o‘siliklar zonasiga kiradi? Tog‘li.tog‘ oldi va tekisliklarida qanday o‘simlik- lar guruhlari rivojlangan? Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling