Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet25/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Toshli cho‘l o‘simliklari. O‘zbekistonda toshli va gipsli cho‘llar qumli hududlarga qaraganda kam bo‘lib, ular qoldiq tog‘lar hamda qirlarga to‘g‘ri keladi. Qizilqumdagi eng katta qoldiq tog‘ tizmalari jumlasiga Oqtov, Bo‘kantov va Sulton Uvays tog‘lari va Zaungus platosi kiradi. Bundan tashqari, Ustyurt platosida ham katta-katta tog‘ qoldiqlari bor. Bu yerlarda sizot suvlar juda chuqur joylashgan, shuning uchun undan o‘simlik mutlaqo foydalana olmaydi.
Qirlarda va tog‘ yetaklaridagi toshloq tekisliklarda ekalogik sharoit juda noqulay bo‘lganligidan asosan gipsofit va galofitlardan iborat ozgina o‘simlik turlari o‘sadi. Ko‘p o‘simliklar faqat bahor va kuz oylarida o‘sadi, yozda esa tinim holatiga kiradi yoki hayot faoliyatini juda sekinlashtiradi.
Qir o‘simliklari juda siyrak, ular nimjon shuvoq, chala buta sho‘raklardan iborat. Efemer va efemeroidlar deyarli yo‘q, yirik butalar ham bo‘lmaydi. O‘simliklar siyrak bo‘lganliklaridan qoldiq tog‘larning yaylov sifatida ahamiyati katta emas.
Agar gips bosgan yerlar mayin tuproq yoki Shamol uchirib kelgan qum bilan birmuncha unumdor bo‘lgan bo‘lsa, bunday yerlar o‘simliklarga ancha boy bo‘ladi. Lekin, bu yerlarda ham eng ko‘p o‘sadigan o‘simlik shuvoq bo‘lib, shuvoq orasida ozmi-ko‘pmi efemer va efemeroidlar aralash o‘sadi.
Sho‘rxok cho‘l o‘simliklari. Sho‘rxok cho‘llar asosan juda sho‘r, sizot suvlar tuproq yuzasiga yaqin turgan pastqam yerlarda tarqalgan. Bunday yerlarda nam sho‘rxoklar rivojlangan. Sizot suvlar birmuncha chuqur joylashgan yerlarda «dagar» deb ataladigan bo‘rsildoq sho‘rxoklar bor.
Yirik sho‘rxoklar Qizilqumning janubida ko‘p. Bulardan Aydar sho‘rxoki O‘zbekiston bilan Qozog‘iston chegarasi bo‘ylab cho‘zilib ketgan. Markaziy Qizilqumda katta Mingbuloq sho‘rxok pastqamligi bor.
Tipik sho‘rxok tuproqlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Sho‘rxoklarning atrofidagi tuprog‘i kam sho‘rlangan yerlardagina galofit o‘simliklar uchraydi. Bu yerlarda, asosan, bir yillik sho‘raklar, qizil sho‘ra, yon bag‘irlab o‘sadigan chala buta - qora bargo‘t, sarsazan va sho‘rasimonlar oilasining boshqa o‘simliklari o‘sadi. Sho‘rxok tuproqlarda boshoqdosh - ajriq ham uchraydi. Ajriq ayrim joylarda qalin chimzorlar hosil qiladi.
Ajriq va boshqa ba’zi turlarni hisobga olmaganda, galofit o‘simliklar yaylov sifatida qimmatga ega emas.
Quruq sho‘rhok – dagarlarning o‘simliklari bir muncha boy, bu yerlar ham, asosan, sho‘raklar o‘sadi. Sho‘raklar orasida butalar, shuningdek, kurmak va ba’zi bir g‘alladoshlar ham uchraydi.
Lyossli yer o‘simliklari. O‘zbekiston hududida efemer cho‘llari chekkada – mamlakatning sharqi va janubdagi tog‘ tizmalari bo‘ylab cho‘zilib ketgan. Mirzacho‘lda, Qashqadaryoda, Zarafshonda va Surxondaryoda ham efemer cho‘llari bor. Efemer cho‘llari ayrim “Orollar” shaklida boshqa ko‘pgina mintaqalarda ham uchraydi. Hozirgi efemerlarning anchagina qismi sug‘orilib dehqonchilik qilinmoqda.
Efemer cho‘llarning tuproq sharoiti ham yaxshi. Mayin tuproq qatlamining qalin bo‘lishi, yaxshi tarkib topgan tuproq qatlami, so‘ngra tosh, shag‘al va sho‘raning yo‘qligi, tuproq mexanik tarkibining birmuncha yangiligi, bu yerda o‘simliklarning rivojlanishi uchun boshqacha sharoit tug‘diradi.
Haqiqatdan ham efemer cho‘llarning o‘simliklar orasida qoldiq tog‘larning gipsli tuproqlarda va tog‘-shag‘al yerlarda uchramaydigan bir qancha turlarni ko‘rish mumkin. Shu bilan birga bu yerlarda uchramaydigan bir qancha turlarni ko‘rish mumkin. Lekin bu yerlarda qirlarda o‘sadigan gipsofit va galofit o‘simliklarning ko‘pgina vakillari uchramaydi. Efemer gullar o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyati shuki, bular orasida buta va chala butalar bo‘lmaydi, ko‘pchilik o‘simlik turlari vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi va o‘simliklari kuz, qish va bahor mavsumlarida o‘sib, yozning jazirama issig‘ida o‘sishdan to‘xtaydi.
O‘zbekiston efemer cho‘llarida rang va qo‘ng‘irbosh eng ko‘p uchraydigan turlaridir. Bular orasida boshqa efemeroid va efemerlar, masalan, har xil tur boychechaklar, ayiqtovon, arpag‘on, chitir, lola va rivojlanish ritmi jihatidan ularga o‘xshash boshqa turlar o‘sadi.
Lekin ko‘pdan-ko‘p efemer va efemeroidlar orasida rang va qo‘ng‘irbosh ko‘pchilikni tashkil qiladi. Rang o‘simliklar o‘zining “efemercha” rivojlanish ritmiga ko‘ra xashak bo‘lish jihatidan yilning turli mavsumlarida turlicha ahamiyatga ega. Bu o‘simliklar erta bahorda, ayniqsa yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan yerlarda lyoss tekisliklarini yam-yashil gilam singari qalin qoplab oladi, lekin may oylarining boshlaridayoq ko‘pchilik o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi va o‘simliklarning poya va barglari qovjirab qoladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling