Cho‘l va dasht mintaqasi. Bu mintaqa O‘zbekistonning ja’mi tekisliklari, Ustyurt platosi, Qizilqum, Qarshi, Dalvarzin va Mirzacho‘l cho‘llarini qamrab olgan. Bu yerlarda yog‘in sochin 200 mm dan oshmaydi. Mintaqada (Ustyurtni hisobga olmaganda) qish ko‘pincha iliq, qisqa muddatli va yupqa qor qoplami bilan o‘tadi. Qish sovuq kelgan yillarda daryolar va Orol dengizi muzlaydi, harorat -35°C gacha etadi. Ko‘klam erta va qisqa muddatli bo‘lib, aprel oylarida havo isiydi, may oyidan uzoq muddatli, yog‘in-sochinsiz, issiq, quruq va changli yoz boshlanadi. Eng issiq davr - iyul, ba’zan avgust oylariga to‘g‘ri keladi. Respublika janubi-sharqida harorat + 50°C ga etadi. Seryog‘in kuz faslida havo harorati pasayadi, oktyabr oyi oxirida ilk sovuq kunlar boshlanadi.
Tog‘ oldi miitaqasi. Tiyonshan va Hisor-Oloy tog‘ tizmalarning dengiz sathidan 300-400 m dan 600-1000 m gacha bo‘lgan balandliklarini o‘z ichiga oladi. Yillik o‘rtacha yog‘in-sochin miqdori deyarli cho‘l mintaqasidagiga to‘g‘ri keladi, eng ko‘p yog‘ingarchilik mart-aprel oylariga, eng kami esa yoz oyiga to‘g‘ri keladi. Qish cho‘ldagiga nisbatan iliq bo‘lib, barqaror qor qoplami hamma vaqt ham hosil bo‘lavermaydi Bahor fevral oyining oxiri, mart oyining birinchi o‘n kunligida boshlanadi, ammo so‘nggi ayozli kunlar aprel oyining oxirlarida, ba’zi tumanlarda esa may oyida ham bo‘lishi mumkin. Yozda tekisliklarda jazirama kunlar kamroq bo‘lib, yuqori harorat 45-46°C ga etadi.
Tog‘ mintaqasiga dengiz sathidan 600-1000 m dan yuqori bo‘lgan hududlar kiradi. Urtacha yillik yog‘in-sochin miqdori 400 mm dan ortiq, tog‘ning yuqori qismlarida ba’zan 200 mm gacha etadi. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lsada, eng ko‘p miqdori aprel-may oylariga to‘g‘ri keladi. Dengiz sathidan 800-1000 m balandlikdan boshlab qor qoplami hosil bo‘ladi. Ba’zi joylarda qorning qalinligi 1,5 m dan ortadi. Havo harorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda, o‘rta hisobda 0,6°C ga pasayadi. Lekin qishda, shuningdek, yoz kechalarida qiyaliklarning quyi qismilarida inversiya-haroratning balandlik bilan oshishi ham yuz beradi. Shu sababli vohalarning quyi qismlarida, ayniqsa botiqqliklarda harorat qiyaliklaridagiga nisbatan past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |