Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tabiiy tuproqlar agrokimyoviy tarkibiniig o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi


Download 1.71 Mb.
bet34/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

9.6. Tabiiy tuproqlar agrokimyoviy tarkibiniig o‘g‘itlar ta’sirida o‘zgarishi

Barcha tuproqlar kabi tabiiy (qo‘riq) tuproqlar ham o‘g‘itlar ta’sirida sezilarli darajada o‘zgaradi. Mineral o‘g‘itlar ta’sirida tuproq eritmasi reaksiyasi, undagi kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning potensial unumdorligi va ayniqsa undagi harakatchan oziq elementlar miqdori sezilarli darajada oshadi.


Tuproq unumdorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan chirindi miqdori avvalo tuproq tiplariga bog‘liq ravishda cho‘ldan (0,31%) tog‘ga tomon (6,02%) oshib boradi. Bu qonuniyat oziq elementlar miqdorida ham o‘z aksini topadi.
Cho‘l zonasida azotning yalpi miqdori 0,029% ni, fosforniniki 0,092% ni tashkil qilsa, bu ko‘rsatkichlar tog‘ zonasida 0,39% va 0,31% ni tashkil qiladi. Harakatchan fosfor va nitrat miqdori cho‘l zonasida 15,1 va 2,43 mg/kg ni, adir zonasida 28,0 va 4,7 mg/kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar tog‘ zonasiga kelib harakatchan fosforinki 63,7 mg/kg nitrat shakldagi azotniki 14,3 mg/kg gacha etadi.
Tuproqqa turli xil o‘g‘itlarning kiritilishi avvalo tuproq tarkibidagi muayyan oziq elementlar miqdorining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tuproqqa bir necha yil o‘g‘it kiritilishi natijasida undagi chirindi miqdori tuproq tiplariga bog‘liq ravishda 0,05 dan 0,22% gacha oshadi.
Chirindining oshishiga monand ravishda IRK miqdori ham birmuncha ko‘tarilgan. Bu holat shu bilan bog‘liqki, o‘g‘it kiritilgan tuproqlarda o‘sadigan tabiiy o‘simliklar yer osti va yer usti massasi bir necha marta oshadi. Tabiiyki bu bilan tuproqda organik moddalarning yig‘ilishi va ularning chirishi natijasida tuproq organik (chirindi) moddasining oshishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘g‘itlangan tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor miqdori 10-12 mg/kg ga, nitrat shakldagi azotning miqdori 4-5 mg/kg ga va kaliy miqdori 30-50 mg/kg gacha ko‘tarilgan.
Tabiiy tuproqlarga kiritilgan o‘g‘itlar natijasida ularning unumdorligi bilan bog‘liq agrokimyoviy tarkibi sezilarli darajada ijobiy tomonga o‘zgaradi. Bu esa bu tuproqlarda o‘sadigan tabiiy o‘simliklar kimyoviy tarkibining o‘zgarishiga va hosildorlikning oshishiga olib keladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tuproqqa ayniqsa kimyoviy (mineral) o‘g‘it kiritilganda tuproqning unumdorligi va olingan hosilning sifati va miqdoriga e’tibor qaratish bilan birga tuproq ekologiyasiga ham e’tibor berish lozim. Vaholanki kimyoviy o‘g‘it tarkibida oziq moddalardan bir necha baravar ko‘p miqdorda kimyoviy ballastlar bo‘lib ular tuproq ekologiyasini buzuvchi asosi omillardan biri hisoblanadi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling