Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


-jadval Tuproqlarni almashinuvchi kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash


Download 1.71 Mb.
bet75/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

22-jadval
Tuproqlarni almashinuvchi kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash

Guruh №

Ta’minlangan-lik darajasi

K2O mg/kg
Machigin usuli bo‘yicha

Xaritada belgilanadigan

rangi

chiziq shakli

1.

Juda past

<100

Och sariq

Nuqta

2.

Past

101-200

Sariq

Punktir

3.

O‘rtacha

201-300

Zarg‘aldoq

Gorizontal chiziq

4.

Yuqori

301-400

Jigar rang

Vertikal chiziq

5.

Juda yuqori

>400

To‘q jigar rang

To‘g‘ri katak

Tuproqlarni kislotalik darajasi bo‘yicha guruhlash. Tuproqlarning kislotaligi Potensiometrik usulda aniqlangach, barcha tuproqlar kaliy xlorid eritmasining rN ko‘rsatkichiga ko‘ra oltita guruhga bo‘linadi: juda kuchli kislotali, kuchli kislotali, o‘rtacha kislotali, kuchsiz kislotali, neytralga yaqin va neytral. Xaritanomada ushbu guruhlarga yagona qabul qilingan uslubiyatga ko‘ra tegishli ranglar yoki chiziqlar bilan belgilanadi (23-jadval).
23-jadval
Tuproqlarni almashinuvchi kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash

Guruh №

Ta’minlanganlik darajasi

K2O mg/kg
Machigin usuli bo‘yicha

Xaritada belgilanadigan

rangi

chiziq shakli

1.

Juda kuchli

< 4,0

Qizil

Nuqta

2.

Kuchli

4, 1-4, 5

Zarg‘aldoq

Punktir

3.

O‘rtacha

4, 6-5, 0

Sariq

Gorizontal chiziq

4.

Kuchsiz

5, 1-5, 5

YAshil

Vertikal chiziq

5.

Neytralga yaqin

5, 6-6, 0

Havo rang

To‘g‘ri katak

6.

Neytral

6, 1-7, 0

Ko‘k

Qiyshiq katak

Tuproqlarni ishqoriylik darajasiga ko‘ra guruhlash. Laboratoriya analizi natijasida tuproqlarning ishqoriyligi aniqlangach, turoqlar


24-jadval
Tuproqlarni almashinuvchi kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash

Guruh №

Ta’minlanganlik darajasi

K2O mg/kg
Machigin usuli bo‘yicha

Xaritada belgilanadigan

rangi

chiziq shakli

1.

Juda kuchli

< 4,0

Qizil

Nuqta

2.

Kuchli

4, 1-4, 5

Zarg‘aldoq

Punktir

3.

O‘rtacha

4, 6-5, 0

Sariq

Gorizontal chiziq

4.

Kuchsiz

5, 1-5, 5

YAshil

Vertikal chiziq

5.

Neytralga yaqin

5, 6-6, 0

Havo rang

To‘g‘ri katak

6.

Neytral

6, 1-7, 0

Ko‘k

Qiyshiq katak



Tuproqlarni ishqoriylik darajasiga ko‘ra guruhlash. Laboratoriya analizi natijasida tuproqlarning ishqoriyligi aniqlangach, tuproqlar rN ko‘rsatkichiga qarab oltita guruhga ajratiladi: neytralga yaqin, kuchsiz, ishqoriy, o‘rtacha ishqoriy, kuchli ishqoriy; xaritanomada ushbu guruhlar ishqoriylikning ortib borishiga qarab pushti rangdan to‘q ko‘k ranggacha belgilanadi, guruhlarni ranglardan tashqari turli chiziqlar bilan ham ifodalash mumkin (24-jadval)
24-jadval
Tuproqlarni ishqoriylik darajasi bo‘yicha guruhlash



Guruh №

Ta’minlangan-lik darajasi

K2O mg/kg
Machigin usuli bo‘yicha

Xaritada belgilanadigan

rangi

chiziq shakli

1.

Neytralga yaqin

7, 0-7, 5

Pushti

Nuqta

2.

Kuchsiz ishqoriy

7, 6-8, 0

To‘q pushti

Punktir

3.

Ishqoriy

8, 1-8, 5

Havo rang

Gorizontal chiziq

4.

O‘rtacha ishqoriy

8, 6-9, 0

Och ko‘k

Vertikal chiziq

5.

Kuchli ishqoriy

9, 1-9, 5

Ko‘k

To‘g‘ri katak

6.

Juda kuchli ishqoriy

>9, 5

To‘q ko‘k

Qiyshiq katak



Tuproqdagi o‘zlashtiriladigan azot miqdori bo‘yicha agroximkartogramma tuzish uslubi. Tuproq namunalari maydoni 3-4 gektarga teng bo‘lgan elementar uchastkalardan olinadi. Dala yoki maydonlar erdan foydalanish planiga kiritilgan setkalarga mos ravishda elementar uchastkalarga bo‘linadi. Mineral azot miqdorini aniqlash uchun olingan tuproq namunalari yarim metr chuqurlikda 0-30 va 30-35 sm katlashlardan olinadi. Tuproq namunalari bur yoki lopatkalar yordamida olinadi.
Har bir elementar uchastkadan olingan 15-20 individual namunalar aralashmasidan o‘rtacha aralashgan namuna (haydalma va haydalma asti qatlamlari uchun alohida) olinadi. Tuproqni yaxshilab aralashtirib olingan 250-300 g. Miqdordagi tuproq namunasini maxsus xaltalarga elementar uchastkaning nomeri va olingan tuproq namunasining chuqurligi yozilgan etiketka bilan birga solib qo‘yiladi. Tuproqlarni o‘zlashtiriladigan azot miqdori bo‘yicha kartografiyalash har 4-5 yilda bir marotaba o‘tkazilishi kerak, lekin har yili erlarni shakllab korrektirovkalab turish zarur. Nitratli va ammoniyli azot miqdorini aniqlash uchun ajratilgan tuproq namunalari quritilib, maydalanib diametri 2 mm ga teng bo‘lgan elakchalardan o‘tkaziladi. Maydalangan tuproq namunasini yaxshilab aralashtirib, qog‘oz ustiga yoyiladi analiz uchun kamida 5 joydan olinadi. Shu tuproq namunalaridan tuproqdagi harakatchan fosfor va kaliyni, hamda gumusni ham aniqlash mumkin. Tuproqdagi o‘zlashtiriladigan azot xalidagi ma’lumotlar azotli o‘g‘itlarni tabaqalashtirib qo‘llash bo‘yicha tuziladigan tavsiyalarni rejalashtiirishda foydalaniladi.
Tuproqning 0-50 sm qatlamdagi o‘zlashtiriladigan azotning brigada bo‘lim va xo‘jalikdagi o‘rtacha miqdorini SINAO taklif etgan formula yordamida aniqlash mumkin:
an + an
N o‘zl.= _________
an + an

bu yerda n + n – mutanosib ravishda 30 va 2-sm qatlam qalinligi; a + a – mineral azotning 0-30 sm va 30-50 sm qatlamlardagi o‘rtacha arifmetik miqdori


mineral azotning 0-50 sm qatlamdagi brigada, bo‘lim va xo‘jalik miqdorini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:

an +a + an


N o‘zl.= _________
n + n + n
Bu yerda a + ....a – konturlar bo‘yicha mg/kg hisobida o‘zlashtiriladigan azotning 0-50 qatlamdagi miqdori (n + ...n – konturlar yoki brigadalarning sug‘oriladigan maydonlari, bo‘limlar uchun), bo‘limlar (xo‘jaliklar uchun).
Olingan ma’lumotlarga asosan tuproqning 0-50 sm qatlamidagi o‘zlashtiriladigan azot miqdori bo‘yicha kartogramma tuziladi. Bu kartogrammalar pastda keltirilgan gradatsiyalarni hisobga oladi va mineral o‘g‘itlarning yillik normalari hisoblanadi.
25-jadval
Azot o‘g‘itlari yillik normalarning tuproqdagi o‘zlashtiriladigan
azot miqdoriga bog‘liqligi.



Tuproqning ta’minlanganlik darajasi

0-50 sm katlamdagi mineral azot miqdori, mg/kg

30-40 s/ga xosil uchun azot miqdori kg/ga

Juda past

<20

250

Past

20-30

225

Mo‘tadil

30-50

200

Yuqori

50-60

150

O‘rta yuqori

>60

100

Yuqori keltirilgan gradatsiyaga asosan sug‘oriladigan konturlar jadvalga mutanosib ravishda sariq, och-yashil, havo rang, och ko‘k va ko‘k ranglarga bo‘yaladi. Tuproqdagi o‘zlashtiriladigan azot miqdori bo‘yicha kartogrammalar harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlari rasmiylashtiriladi. Har xil xo‘jalikda agrokimyoviy laboratoriyalarni tashkil qilish agrokimyo – mutaxassis uchun o‘simliklarning analiziga qarab agroximkartogrammalardagi ma’lumotlarni korrektirovkalashga va azotli o‘g‘itlarning berilishi va muddatlarini maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon beradi.


Sug‘oriladigan tuproqlardagi og‘ir metallar miqdori bo‘yicha tuziladigan kartogrammalar usuli. Tuproq namunalari maydoni 3-4 gektarga teng bo‘lgan elementar uchastkalardan olinadi. Dala yoki ishlanayotgan uchastkalar erdan foydalanish planiga kiritilgan setkalarga asosan elementar uchastkalarga bo‘linadi. Og‘ir metallar, pestitsidlar va nitratlarni aniqlash uchun tuproq namunalari 0-30 sm qalinlikdan olinadi. Namunalar tuproq buri yoki lopatalar yordamida olinadi. O‘rtacha aralashgan tuproq namunasi har xil elementar uchastkadan olingan 15-20ta individual namu nalardan tashkil topadi. Tuproqni yaxshilab aralashtiriladi. O‘rtacha, og‘irligi 250-300 atrofida bo‘lgan tuproq namunasini maxsus xaltalarga elementar uchastka nomeri va tuproq namunasi olingan chuqurlik yozilgan etiketka bilan maxsus xaltachalarga solinadi. Toksikantlar miqdori bo‘yicha tuproqlarni xaritalash to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Toksikantlarni aniqlash maqsadida olingan tuproq namunalari quritiladi, maydalanadi va teshikchalar diametri 1 mm ga teng bo‘lgan elakchalardan o‘tkaziladi. YAxshi aralashtirilgan tuproq namunasini qog‘ozga yoyib, analiz uchun kamida 5 joydan namuna olinadi.


Savollar:

  1. Agroxim kartogrammalar necha xil bo‘ladi?

  2. Kartogrammalar necha yilda bir tuziladi?




Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling