Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valuta kursi barqarorligini ushlab turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valutasining etishmasligi
bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, bu o‘sha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy valutaga talabning cheklanishiga olib keladi.
Barcha xalqaro bitimlar valutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valuta bahosini yoki valuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, valuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari valuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud.
Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valuta kursi tizimi.
Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSh dollariga almashishini qarab
chiqamiz. Milliy valuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (19.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |