Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-rasm. Tadbirkorlik tashkilotining chizmasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.13-rasm. Tadbirkorlik tashkilotining chizmasi Tashkilotning boshqarish tuzilmasi [6] darajalarning kam soni, egiluvchanligi va tarmoqli qurilishi bilan taʼriflanadi (5.13. rasm.). U toʻntarilgan piramidadan iborat boʻlib, asosida korxona rahbariyati turadi. Bunda rahbariyat nafaqat oʻzining oʻrnini, balki asosiy vazifalarini ham almashtiradi. Tashkilot rahbariyatining asosiy vazifasi anʼanaviy nazoratning oʻrniga biznes qiluvchi xodimlar harakatlarini har tomonlama koʻllab quvvatlashdan iborat boʻladi. Tashkilotning pastdan keyingi darajasi oʻz ichiga uchta asosiy bloklarni oladi. Ulardan asosiysi - bu tashkilotning resurslari (odamlar, pullar, vaqt, texnologiya, axborotlar, gʻoyalar va h.k.), ularning vazifasi - biznes qiluvchi xodimlarni resurslar bilan taʼminlashdir. Ikkinchi blok - bu biznes uchun bozorlarni belgilovchi va ularni rivojlantirishni biznes bilan shugʻullanuvchilarga topshiruvchi boʻlinmadir. Uchinchi bl ok maslahatchilardan, aniqrogi oʻzlarining biznesni qilish tajribalari va fahm-farosatlari bilan yordam beruvchi biznes-murabbiylardan tashkil topadi. Toʻntarilgan piramidaning choʻqqisida maʼlum bozorga yaratilgan biznes bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik boshlangʻich tashkilotlari joylashgan. Bu xodimlarning biznes turlari boʻyicha birlashtirilgan kichikroq guruhlaridir. Statusi boʻyicha ular foyda markazlari yoki hatto mustaqil firmalar yoki kompaniyalar boʻlishlari mumkin. Tashkilotni bunday qurilishi uning "yuzini isteʼmolchi tomoniga qaratadi", unga yaqinlashtiradi, uning talablaridaga oʻzgarishlarga epchillik bilan javob qaytarishga imkon beradi. Bunda huquqlar va majmuriyatlarni bevosita biznes bilan shugʻullanuvchilarga iloji boricha koʻproq topshirish bilan amalga oshiriladi. Odamlarda motivatsiya va ular ishlarining samaradorligi oshadi. Bozorga qaratilgan tashkilot. Tashqi muhit, yaʼni bozor bilan oʻzaro hamkorlikning xarakteriga koʻra, bu oʻzidan tashqarida boʻlayotgan oʻzgarishlariga 131 tez moslashadigan tashkilotning tashkiliy turidir. Tashkilot ichidagi qismlar oʻzaro hamkorligining xarakteri boʻyicha bu yo divizional, yoki matritsiyali tuzilma, yakka shaxsning tashkilot bilan oʻzaro hamkorligining xarakteriga koʻra esa - yakka shaxsli turdir. Tashkilotning boshqalardan tubdan farqi shundan iboratki, agar oldingi hollarda bevosita bozorning atrofida tashkilotning faqat bir qismi guruhlangan boʻlsa, bu holda gap uning barcha qismlarning guruhlanishi haqida ketmoqda. Tashkilotda mahsulotni isteʼmolchiga moslashtirish uchun katta harakatlar qilinadi. Bunda mahsulotni tez-tez oʻzgarishi sodir boʻladi. Barcha narsa qaror qabul qiluvchilarni bu qarorini xarid qiluvchilar- isteʼmolchilar bilan yaqinlashtirishga qaratilgan. Bu, oʻz navbatida, boshqaruv darajalarining sonini kamaytirish va javobgarlikni isteʼmolchiga yaqinroq joyl ashgan va xatarni oʻziga oluvchi ierarxiyaning pastki darajalariga topshirishni talab qiladi. Guruhli ish, rolli hulk va ishonchga asoslangan oʻzaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilotdagi aloqalar vazifalar oʻrtasidagi munosabatlar bilan emas, balki koʻproq tashkilotning isteʼmolchi(jarayonlar) bilan munosabatlarining taʼsiri ostida shakllanadilar. Tashkilot isteʼmolchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda loyihalashtiriladi, buning natijasida qatʼiy ierarxiyaning oʻrniga yetarlicha avtanom guruhlar vujudga keladilar, ularga odatda " foyda markazi" yoki biznes-guruh statusi beriladi. Barcha narsa uchun javob beradigan guruhlarning oʻzlari oʻzlariga biriktirilgan jarayon doirasida fao liyat yuritadilar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling