Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.17-rasm. Bitta texnologiyani 
boshqasi bilan almashtiruvchi S-
simon egri chiziqlar 
Bularning barchasi menejerlardan ularning korporatsiyalarini muvaffaqiyatli 
faoliyat yuritishlarini taʼminlash uchun yangicha yondoshishlarni talab qiladi. 
Hujumkor innovatsion strategiya ushbu vaziyatga koʻproq mos keladi. (Toʻgʻri, bu 
holda 
muvaffaqiyat 
koʻproq 
menejerlarning 
fahm-farosatlariga, 
ularni 


153 
tavakkalchilik qilish qobiliyatiga, koʻpgina boshqa tashkiliy, boshqaruv 
muammolarni hal qilinishiga bogʻliqdir). 
Keyingi oʻn yillik texnologik oʻzgarishlarga misol boʻladiki, bu vaqtda 
texnologik uzilishlar nafaqat mahsulotlarning ayrim turlarini, balki butun bir 
sohalarni yoʻq boʻlib ketishini bildirganlar va hatto bir xil korxonalarning inqirozga 
va boshqasini parvoziga olib kelganlar. Gʻarbiy mamlakatlarning elektron 
sanoatidagi shunday vaziyat maʼlumki, bu yerda 50-yillarning oʻrtalarida, 
zamonaviy elektronika asrining boshlanishida, elektron lampalarni sotish hajmi 
taxminan 700 mil. dollarni tashkil qilgan, tranzisterlarni sotish esi judayam kam 
boʻlgan - 7 mil. Ammo chorak asr ichida tranzistorlar va integral sxemalarga oʻtish 
sodir boʻlgan. Sohada yetakchilarning toʻliq almashuvi sodir boʻlgan. Texnologik 
uzilishlar bugun eng jiddiy xavflirdan biri boʻlib, uni hatto gʻarbiy mamlakatlarning 
eng xotirjam, gullayotgan firmalari ham eʼtiborsiz qoldira olmaydilar. 
Texnologik uzilishlarning tezligini oʻsishi menejmentning oldiga ham 
innovatsion faoliyatni tashkil qilish, va ham firmani faoliyat yuritishining boshqa 
jihatlari bilan bogʻliq boʻlgan bir qator murakkab mu ammolarni qoʻyadi. 
 
Nazorat savollari 
1. Har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari qanday? 
2. Tashkilotni fao liyat yuritishining asosida nima yotadi? 
3. Tashkiliy madaniyatning asosiy tashkil qiluvchilar qanday? 
4. Tashkilotda mehnat taqsimotining qanday turlari mavjud? 
5. Mehnatni gorizontal taqsimlanishi nima beradi? 
6. Yuqori darajadagi rahbarlar uchun boshqaruvchanlikning qanday meʼyori 
mavjud? 
7. Tashkilot boshqaruvi darajasini oshishida boshqaruvchanlik meʼyorlari 
qanday oʻzgaradilar? 
8. Tashkilot boshqaruvining toʻgʻri chiziqli-vazifali tashkiliy tuzilmasi uchun 
qanday asosiy kamchilik xo sdir? 
9. Tashkilot boshqaruvining toʻgʻri chiziqli-shtabli tashkiliy tuzilmasining 
toʻgʻri chiziqli-vazifaviydan asosiy farqi nimadan iborat? 
10. Qanday tashkiliy tuzilma ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan tovarlar 
xususiyatlarining eng yaxshi tarzda hisobga olishga imkon beradi? 
11. Divizional tashkiliy tuzilmalarning qanday turlari mavjud? 
12. Mintaqaviy tashkiliy tuzilmalar qanday asosiy kamchilikka egalar? 
13. Boshqaruvning tashkiliy turiga ega korxonaning asosiy xususiyati qanday? 
14. Kombinatsiyalangan tashkiliy tuzilma boshqaruvining qanday darajasi aniq 
tashkilotning xususiyatlarini aks ettiradi? 
15. Oʻzgarishlarga qarshilik qiluvchi va egiluvchan tashkiliy tuzilma va 
barqaror vazifalariga ega tashkilotlar uchun boshqaruvning qanday turi xo sdir? 
16. Zamonaviy tashkilotlarni rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar qanday? 
17. Qanday tashkilotlarda avtonom ishchi guruh bir vaqtda uchta vazifa-ishlab 
chiqarishni resurslar bilan taʼminlash, tovar ishlab chiqarish, bu tovarning 
isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatishni bajaradi? 


154 
18. Tadbirkorlik tashkilotning chizmasida yuqori rahbariyat qanday darajada 
turadi? 
19. Qanday zamonaviy tashkilot xodimlarni boshqaruvda ishtirok etishlariga 
asoslangan? 
20. Tashkilot boshqaruvining qanday darajasi tashqi muhit bilan oʻzaro 
hamkorli siyosatini ishlab chiqishi va oʻtkazishi kerak? 
21. Qanday jarayon tashkilotning strategik boshqaruvida dastlabki boʻladi? 
22. Tashkilot fao liyat strategik boshqaruvining bosqichlari qanday? 
23. Qanday omillar tashkilotni boshqarishning samarador-ligiga taʼsir 
koʻrsatadilar? 
24. Innovatsion strategiyalarini turlarini ayting? 
25. Innovatsion jarayon qanday amalga oshiriladi? 
26. Tavakkalchilikni taqsimlash imkoniyati nima? 
 
 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling