Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.8. Boshqaruvning samaradorligi
Tashkilotni boshqarishni amalga oshirish va takomillashtirish ushbu faoliyatning natijaviyligini belgilash, bunda oʻziga xos oʻlchovlardan foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Shuning munosabati bilan "boshqaruvning samaradorligi" tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 143 Boshqaruvning samaradorligi - bu boshqaruv fao liyatining natijalari va bunda amalga oshirilgan xarajatlar (moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarni foydalanish)ning oʻzaro munosabati va oʻzaro hamkorligini aks etuvchi murakkab kategoriyadir. Boshqaruv jarayonining vazifaviy roli - uni rivojlanishining darajasi va dinamikasini, boshqaruv jarayonining sifatli va miqdorli tomonlarini aks ettirishdir. Menejmentning samaradorligi - koʻp qirrali kategoriyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa hodisalarning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Boshqaruvning samaradorligi bir qator omillarning taʼsiri ostida shakllanadi, ularni quyidagi alomatlar boʻyicha tasniflash mumkin. Mazmuni boʻyicha tashkiliy, iqtisodiy , ijtimoiy-psixologik, texnik, fiziologik omillar ajratiladilar. Taʼsir koʻrsatish shakli boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri va vositali omillar farqlanadilar. Birinchilar boshqaruvning samaradorligiga bevosita, ikkinchilar - vositali taʼsir koʻrsatadilar. Taʼsirning davomiyligi boʻyicha taʼsiri uzoq vaqt davom etmaydigan omillar va taʼsiri uzoq vaqt davom etadigan omillar ajratiladi. Bunda bir xil omillar menejmentning samaradorligi bilan toʻgʻridan toʻgʻri, boshqalari - teskari bogʻlanish bilan bogʻlangandirlar. Taʼsir koʻrsatishning xarakteri boʻyicha intensiv va ekstensiv omillar ajratiladi. Birinchilar ichki resurslar, yaʼni boshqaruv xodimlari mehnatini tashkil qilishni takomillashtirish va uning sharoitlarini yaxshilash, boshqaruv xodimlarini malakasini oshirishni safarbar qilish hisobiga menejmentning samaradorligini oshishini taʼminlaydilar. Ikkinchilar koʻshimcha resurslarni jalb qilish, boshqaruv xodimlarining sonini oshirishni koʻzda tutadilar. Sanab oʻtilgan omillarning har biri boshqaruv tizimiga oʻzicha alohida, hamda boshqalar bilan birgalikda taʼsir koʻrsatishi mumkin. Birgalikdagi ijobiy taʼsir koʻrsatishda ular menejmentning samaradorligini ancha oʻsishini taʼminlaydilar (sinergetik samara hisobiga), salbiyda esa uni pasaytiradilar. Menejmentning roli koʻrsatib oʻtilgan omillarga rejali taʼsir koʻrsatishdan iboratdir. Samaradorlikni oʻsishi tashkilotning barcha darajalaridagi doimiy boshqaruv faoliyatning obʼyekti boʻlishi kerak. Tashkilotning boshqaruv tizimini samarali faoliyat yuritish uning har bir elementi(tashkiliy tuzilma, xodimlar, boshqaruv usullari va jarayonlari, hujjatlar ayl anishi va h.k.) uning oldiga qoʻyilgan oʻziga xos talablarga javob berishini koʻzda tutadi. Bunday tashqari, u umuman boshqaruv tizimi, uning maqsadlari va vazifalariga, hamda tizimning u bevosita bogʻliqlikda boʻlgan elementlariga mos keladi. Bundan tashqari hozirgi sharoitlarda tashkilotlarni, ayniqsa tijorat tashkilotlarini boshqarishning samaradorligiga ularning tashqi muhitining holati muhim va borgan sari oʻsib boruvchi taʼsir koʻrsatadi. Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi boshqaruv munosabat- larining iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Bu, mohiyati boʻyicha, olingan iqtisodiy natijalar 144 va boshqaruv faoliyatining oʻzgaruvchan miqdorlar (koʻrsatkichlar)da aks ettirilgan qilingan xarajatlari (foydalanilgan resurslar)ning nisbatidir. Umimiy koʻrinishda iqtisodiy samaradorlik (Eu)ni quyidagi formula bilan aks ettirish mumkin: Ru Eu = Zu bu yerda Ru - boshqaruv tizimini faoliyat yuritishining nitijasi (natija beruvchi tashkil qiluvchi); Zu - boshqaruvga xarajatlar yoki resurslardan foydalanishning hajmi (xarajatli yoki resursli tashkil qiluvchi). Ushbu yondoshuvdan foydalanish hammadan avval, birinchi, boshqaruv samaradorligining natija beruvchi tashkil qiluvchisini, yaʼni bu faoliyatning natijalari, uning mahsulotini belgilashni taqozo qiladi. Ammo uni sof holda ajratish, toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchovini amalga oshirish amalda mumkin emas. Faqat doimiy ravishda bir turli va meʼyorlanadigan mehnat operatsiyalari bilan band boʻlgan texnik xodimlar va baʼzi bir mutaxassislar faoliyatining mahsulotini xuddi shunday oʻlchash mumkin. Toʻgʻri chiziqli va vazifaviy rahbarlar, koʻpgina mutaxassislar hamda umuman boshqaruv tizimi faoliyatining natijalari haqida esa sarflangan mehnatning miqdori yoki qayta ishlangan axborotlarning hajmi buyicha fikr yuritish mumkin emas. Gap shundaki, ular oʻziga xos ashyoviy natijalar shaklida boʻlmaydilar. Boshqaruv boʻyicha mehnatning shaxsan yakuniy mahsuloti deb boshqaruv qarorlarining majmuasini, ammo axborotli qarorlarni emas, amalga oshirilgan, yaʼni ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan qarorlarni hisoblash mumkin. Bunda boshqaruv idoralarining qarorlari ilmiy asoslagan va iqtisodiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan deb faraz qilinadi. Buning ustiga, boshqaruv boʻyicha faoliyat natijalari koʻpincha boshqaruv boʻyicha mehnat sarflangan paytdan va joydan vaqtda va masofada ajratilgandirlar. Ular faqat pirovarida boshqaruv tizimini fao liyat yuritishi natijalaridan ajratilmaganlar. Shunday qilib, boshqaruv faoliyatining natijalari faqat vositali ravishda tashkilot, boʻlinma faoliyati natijalarida namoyon boʻladilar. Bunda ana shundaylar sifatida faoliyatning yakuniy koʻrsatkichlari yoki tashkilot faoliyati iqtisodiy samaradorligining koʻrsatkichlari: yalpi daromad, foyda, rentabillik darajasi, ishlab chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va boshqalar koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda foydani tashkilot faoliyatining yakuniy natijasini aks ettiruvchi sifatida ilgari surilishi, qolgan natijalarni avtomatik ravishda ikkinchi oʻringa suradi. Koʻrsatib oʻtilgan natijalarni oshirishga yoʻnaltirilgan boshqaruv faoliyati boshqaruv tizimining iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga yordam beradi. Tashkilot boshqaruvining ikkinchi, xarajatli tashkil qiluvchisi boshqaruv jarayonida foydalaniladigan boshqaruv tizimini ushlab turilishi va faoliyat yuritishini taʼminlovchi tegishli mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar yoki resurslardan iborat boʻladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish(tijorat) bilan toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanmaganlar va boshqaruv xarajatlari sifatida boʻladilar. Boshqaruvga yigʻma xarajatlar ishlab chiqarish (tijorat) xarajatlarining bir qismi boʻladilar. 145 Boshqaruvga xarajatlar obʼyektiv ravishda u yoki bu aniq subʼyekt tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv vazifalarining mazmuni, hajmi, koʻlami, boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilinganligi darajasi, boshqaruv jarayonlarini amalga oshirish texnologiyasi, xoʻjalik rahbarlarining mahorati va boshqalar bilan belgilanadilar. Ular tashkilot fao liyatining natijalariga katta taʼsir koʻrsatadilar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling