Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-rasm. Boshqaruvga xarajatlarni tasniflash chizmasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.16-rasm. Boshqaruvga xarajatlarni tasniflash chizmasi
Boshqaruv xarajatlari tuzilmasida boshqaruv apparatiga xizmat koʻrsatuvchi menejerlar va boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar; boshqaruv texnikasiga xarajatlar; boshqaruv tizimini faoliyat yuritishga joriy xarajatlar muhim moddalar boʻladilar (5.16. rasm). Bu muammolarni hal qilish tegishli uslubiy tuzatishlarni taqazo qiladi. Masalan, boshqaruv sohasidagi xarajatlarni hisobga olishni oʻzgartirish, boshqaruv faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlarni ularga kiritish maqsadga muvofiqdir. Umuman aniq obʼyektlarni boshqarish va aloha vazifalarni amalga oshirishga barcha xarajatlarni ishonchli hisobga olish va hisoblab chiqarishni yoʻlga qoʻyish darkor. Boshqaruvga xarajatlarning muvofiq darajasini belgilash muhim vazifani tashkil qiladi. Maʼlumki, vujudga kelgan vaziyatni boshqaruvgv xarajatlarni kamaytirishni mutloq tamoyilga koʻtarish, uni boshqaruv jarayonini adekvat baholashning universal vositasi sifatida ilgari surish ajratib turadi. Xuddi shu vaqtda koʻpincha bundan iqtisodiyot soxta boʻladi, chunki uni boshqaruv tizimidagi kamchiliklar tufayli yoʻqotishlar bekitib qoʻyadi. Tashkilot faoliyatida yuqori 146 yakuniy natijalarga erishish muhimroq boʻladi. Shuning uchun gap umuman boshqaruv tuzim yoki uning alohida boʻlinmasining "foydali" samarasi birligi yoki maʼlum vazifalar, qarorlarni amalga oshirishga boshqaruv xarajatlarini solishtirma qisqartirilishi haqida ketmoqda. Shunday qilib, boshqaruvga xarajatlarning muvofiq, ilmiy asoslangan darajasini qidirish zarurligiga eʼtiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Buning ustiga moliyaviy resurslarni chekl anganligi sharoitida boshqaruvga xarajatlarni tejash muhim ahamiyatga ega, u, xususan boshqaruvning tegishli shakllari va usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini belgilash uchun koʻrsatqichlarni hisoblashning ikkita asosiy usul: xarajatli va resurslilardan foydalanish mumkin. Birinchi usul va shunga koʻra, boshqaruvning iqtisodiy samadorligini taʼriflovchi koʻrsatkich xarajatli deb ataladi. U korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy iqtisodiy natijalarning boshqaruvga yigʻma xarajatlarga nisbatiga suyanadi: P Em =— Ru bu yerda: Em - menejmentning iqtisodiy samaradorligi; Ru - boshqaruv xarajatlari P - korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija. Uning sifatida faoliyatning u yoki bu umumiy koʻrsatkichi (daromadlar, foyda, ishlab chiqarishning hajmi, tovar aylanishi va h k.)lardan foydalanish mumkin. Menejmentning iqtisodiy samaradorligini baholashning ikkinchi usuli resursli, u korxona faoliyati umumiy yoki yakuniy natijasining resurslardan foydalanish miqdoriga, masalan, maʼmuriy boshqaruv xo dimlar soniga nisbatini aks ettiradi: P Em =— Ku bu yerda: Em - menejmentning iqtisodiy samaradorligi; P - ushbu korxona tomonidan olingan yakuniy iqtisodiy natija; Ku - maʼmuriy boshqaruv xadimlarining soni (yana faqat boshqaruv xo dimlarining sonidan foydalanish mumkin). Menejment iqtisodiy samaradorligining keltirilgan koʻrsatkichlari statistik boʻladilar. Shuni taʼqidlash kerakki, agar menejment samaradorligi shakllarini tahlil qilishda uning dinamik jihati hisobga olinsa, samaradorlik koʻrsatkichlarining ishonchliligi oshadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi. Birinchidan, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarning taʼriflari vaqtda oʻzgarishsiz qoladilar. Ikkinchidan, tadbirlarning har xil variantlari natijalar va xarajatlar dinamikasining davrlari boʻyicha turli yoʻnalishlarga egalar. Uchinchidan, xoʻjalik qarorlari variantlarining samaradorligiga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi vaqtli siljishlar mavjud. Shuning munosabati bilan menejment samaradorligi koʻrsatkichlarini ikki yoki undan 147 ortiqroq davr uchun oʻzgarishlarni roʻyxatga olish va solishtirish vositasi bilan dinamikada koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda menejmentning "dinamik" samaradorligi mavjud boʻladi. Menejment samaradorligining dinamik koʻrsatkichi(Emd)ni qoʻyidagicha taqdim etish mumkin: Fp -Fb Emd = Sup-Sub bu yerda, Fp, Fb- korxo naning tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yillardagi yakuniy koʻrsatkichlari (masalan foydaning); • Sup, Sub - tegishli ravishdagi ushbu va bazisli yildagi boshqaruvga xarajatlar. • Emd koeffitsienti koʻrib chiqilayotgan davr ichida boshqaruv xarajatlari 1 soʻmga oʻzgarganida yakuniy koʻrsatkich(foyda) necha soʻmga oʻzgarishini koʻrsatadi. U menejment samaradorligining dinamikasi, oʻsish surʼatlarini aks ettiradi. Menejment iqtisodiy samaradorligining dinamikasi yana ikki va undan ortiq davr ichidagi bu koʻrsatgichlarning solishtirilishini ham taʼriflaydi, menejment samaradorligining foizlarda aks ettirilgan nisbiy oʻzgarishi koʻrsatkichini beradi: ( E 2 -E 1 ) • 100 ∆E= E 2 bu yerda: E 1 va E 2 tegishli ravishdagi bazasli va ushbu yildagi korxo nani boshqarishning iqtisodiy samaradorligi. Keltirilgan dinamik koʻrsatqichlarni yana tashkilot boshqaruvi tizimini tubdan oʻzgartirishni amalga oshirishda, boshqaruv tizimlarni takomillashtirishning har xil variantlarini solishtirishda hisoblab chiqish maqsadga muvofiqdir. Menejment samaradorligining koʻrib chiqilgan koʻrsatkichlari boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi darajasini baholashda umumlashtiruvchi emas, balki xususiy boʻladi. Agar ularni boshqaruv apparati sonini oʻsishi hisobiga yomonlashishi muommalari darajasini pasayishi bilan birga borsa, unda bu tashkilot faoliyatining samaradorligini oshishi, demak uni boshqarishning samaradorligini oshishi haqida darak beradi. Boshqaruvga xarajatlarni nisbatan pasayishi esa hamma vaqt ham uning samaradorligini oshishidan darak bermaydi. Pirovardida tashkilot boshqaruvining samaradorligi uning faoliyatining umumiy ijtimoiy iqtisodiy koʻrsatkichlari, natijalaridan iborat boʻladi. Menejment samaradorligining xususiy koʻrsatkichlari ham ularning harakatlarning turli yoʻnalishdaliklari uchun tashkilot boshqaruvi samaradorligining toʻliq bir maʼnoli bahosini olishni qiyinlashtiradi. Bularning barchasi maʼqul integralli koʻrsatkichni qidirib topish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bunday koʻrsatkich quyidagi talablarga javob berishi kerak: korxona xoʻjalik faoliyatining yakuniy maqsadiy natijalarini aks ettirishi; bu natijalarga erishilganlik darajasini koʻrsatishi; korxona tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishishda boshqaruv xarajatlarining darajasini qayd etishi. 148 Bu talablarga menejment iqtisodiy samaradorligining integral yoki umumlashtiruvchi koʻrsatkichi Eu koʻproq darajada javob beradi, uni quyidagicha taqdim etish mumkin: Eu= √ ∙ ∙ , bu yerda S - mehnat unumdorligi; N - rentabillik; E - boshqaruv tizimining iqtisodiyligi deb ataluvchi boshqaruv samaradorligining xususiy (xarajatli) koʻrsatkichi (foydaning boshqaruv tizimini ushlab turishga xarajatlarga nisbati). Menejment iqtisodiy samaradorligining ushbu integral koʻrsatkichi xoʻjalik faoliyati samaradorligini boshqaruv tizimining iqtisodiyligi darajasi bilan tenglashtiradi. Boshqaruv tizimi iqtisodiyligi darajasini oshishi savdo samaradorligini oʻsishining muhim omilidir. Ammo boshqaruv tizimining iqtisodiyligini oshishi oʻzicha uning samadorligi darajasi haqida batafsil javob bermaydi va samaradorlik darajasini pasayishi bilan birga borishi va aksincha boʻlishi mumkin. Shuning uchun menejment samaradorligining taklif qilinayotgan integral koʻrsatkichi korxona faoliyatining samaradorligi va boshqaruv tizimi iqtisodiyligi koʻrsatkichlarining samarasi boʻladi. Shunday qilib, integral koʻrsatkich, xususiydan farqli ravishda tashkilot tomonidan qoʻllanilgan va isteʼmol qilingan bir necha muhim resurslardan foydalanishning samaradorligini taʼriflaydi. Shuning uchun u boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari tizimi doirasida yetakchi oʻrinni egallaydi. Shunga qaramasdan, integral koʻrsatkichdan foyd alanish, u qanchalik kompleksli boʻlmasin, menejment samaradorligi kabi bunday koʻp qirrali hodisaning barcha tomonlarini aks ettirishga qodir emas. Shuning munosabati bilan integral koʻrsatkich oldinroq koʻrib chiqilgan xususiy koʻrsatkichlar bilan toʻldirilishni taqazo qiladi. Bundan tashqari, korxonani boshqarish tizimini faoliyat yuritishini obʼyektiv baholash koʻrsatib oʻtilganlar bilan bir qatorda, uni taʼriflovchi boshqa koʻrsatkichlardan ham foydalanishni taqozo qiladi, bular: maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining xodimlarning umumiy sonidagi salmogʻi; boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlashga xarajatlarning ish haqi umumiy fondidagi salmogʻi; boshqaruv apparatining bitta hodimga hisoblab chiqilgan foyda (daromad); 1mln. soʻmlik ishlab chiqarilgan mahsulotga hisoblab chiqilgan boshqaruv xarajatlari Menejment samaradorligini aniq koʻrsatkichlar va boshqaruv tizimining sanab oʻtilgan taʼriflari haqiqiy oʻzaro aloqasini baholash boshqaruv tizimiga tashxis qoʻyish, uning salohiyatli imkoniyatlarini ochish, takomillashtirish yoʻllarini belgilashga imkon beradi. Boshqaruv samadorligini taʼriflovchi koʻrsatkichlarni meʼyoriy, soha boʻyicha eng yuqori va oʻrtacha koʻrsatqichlar bilan solishtirishni amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunda koʻrsatilgan koʻrsatkichlarni oʻxshash iqtisodiy va tabiiy-iqlimiy sharoitlarda turgan tashkilotlar boʻyicha solishtirish kerak. Kolgan 149 hollarda koʻrsatkichlarga tegishli omillarni hisobga olish bilan tuzatishlar kiritishni amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, bir necha vaqtli davrlar uchun, shu jumladan boshqaruv tizimida tubdan oʻzgarishlarni amalga oshirish, boshqaruv tizimining har xil variantlarini solishtirishda boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlarini solishtirish mumkin. Boshqaruv samaradorligini baholash uchun asosiga tashkilot fao liyatining erishilgan natijalar va uni boshqaruv tizimini rejalashtirilgan, yaʼni qoʻyilgan maqsadlar bilan solishtirish qoʻyilgan yondoshuv gʻoyatda istiqbolli boʻladi. Bu holda boshqaruv samaradorligini boshqaruv tizimi oldiga qoʻyilgan maqsadlar (reja, dastur) ga erishganlik darajasi yoki unga yaqinlashganlik darajasi bilan miqdoriy aks ettirish zarur. Bunda rejalar va dasturlar jiddiy va ilmiy asoslangan boʻlishi koʻzda tutiladi. Bunday yondashuvda boshqaruv jarayoni natijaviyligini tartibga solish maqsadiy koʻrsatkichi(D)ning haqiqiy va rejalashtirilgan miqdorlarini solishtirish orqali taʼriflash mumkin. D = Ep - Ef bu yerda Ep - boshqaruv mavsadining muvofiq algaritmga mos keluvchi rejalashtirilgan koʻrsatkichi; Ef - boshqaruv maqsadi koʻrsatkichining haqiqiy tizim tomonidan taʼminlanadigan haqiqiy miqdori. Bunda boshqaruv tizimini faoliyat yuritishining samaradorligi Ep- Ef ning farqi qanchalik kam boʻlsa, shunchalik yuqori boʻlishi qabul qilinadi. Shuning uchun boshqaruv samaradorligi Ep ni Gʻ dan D gacha boʻlgan baʼzi bir vazifasi bilan taʼriflash mumkin: Er= F (D) = F (Ep - Ef). Bunda boshqaruvning maqsadi funksional minimumga ega boʻlishidan iboratdir. Ushbu yondashuvni amalga oshirilishi maqsad bilan bir vaqtda boshqaruvga xarajatlar (yoki foydalanilgan resurslar hajmi)ni quyidagicha belgilashni koʻzda tutadi: - chegaraviy (eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan) yoki - maʼlum (qayd etilgan). Shuni taʼkidlash kerakki, boshqaruv samaradorligini maqsadga erishish darajasi boʻyicha baholash usuli oʻzida subʼyektiv (maqsadni qoʻyish) va obʼyektiv (haqiqiy natijalar)ni solishtirishga egadir. Ushbu usulda maqsadga qandaydir berilgan narsa kabi qarash mumkin, shuning uchun unga erishganlik darajasi maqsadning sifati (mazmuni)ga koʻra, tezroq boshqaruvchi taʼsirining sifatini taʼriflaydi, u ham boshqaruv jarayonining natijasi boʻladi. Bunday yondashuvda yana uslubiy xarakterdagi qiyinchiliklar ham boʻlishi mumkin, chunki boshqaruv tizimlarining har xalligi sababli maqsadlarga erishish mezonlari vazifalarni hal qilish turlari va boshqaruv darajalariga bogʻliqdir. Yana maqsadlarning oʻzlarining har xil rejaviy xarakterini ham hisobga olish zarur. Ushbu 150 yondoshuvdan amaliy foydalanish boshqaruvning aniq tizimlari uchun maqsadlarga erishish mezonlari va koʻrsatkichlarining tizimini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ayrim xollarda boshqaruv idoralari faoliyatining samaradorligini baholashni maʼlum qarorlar va tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirish ham maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda samaradorlikni tashkil qilish manbalari va mexanizmi koʻrsatib oʻtilgan qarorlar va tadbirlarning mazmuniga koʻra farqlanadilar. Boshqaruv samaradorligining keltirilgan koʻrsatgichlarini iqtisodiy samaradorlikning koʻrsatkichlari deb hisoblash mumkin. Shuning bilan birga yana boshqaruv faoliyatining ijtimoiy natijasini aks ettiruvchi boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini ham koʻrib chiqish mumkin. U mexnat jamoasi va har bir xodimning salohiyatli imkoniyatlari, uning ijodiy qobiliyatlaridan foydalanish, jamoani rivojlanishi ijtimoiy vazifalarini hal qilishning muvaffaqiyatliligi darajasini taʼriflaydi. Menejment samaradorligi koʻrsatgichlarini hisoblab chiqish olingan natijalar va qilingan xarajatlarning oʻzaro munosabatini koʻzda tutadi. Bunda korxonalar faoliyatining ijtimoiy natijalari sifatida mexnat va turmush sharoitlari, xodimlarining malakasi, ularning faoliyatini tashkil qilish va motivatsiyadan iborat boʻladi. Ayrim hollarda ular boshqaruvning texnik vositalarini xarid qilish , xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, korxona xodimlari uchun turar-joylar qurish, xodimlarni sanatoriya-kurortlarda daʼvolanishlari va dam olishlari uchun yoʻllanmalarni xarid qilish va boshqalarga sarflagan xarajatlar sifatida boʻladilar. Ammo boshqaruv faoliyatining koʻpgina ijtimoiy natijalari moddiy xarajatlarga bogʻliq boʻlmaydi. Shunday qilib, qilingan xarajatlar va korxona faoliyatidan olingan ijtimoiy natijalar ular uchun umumiy boʻlgan koʻlamga, oʻlchovchilarga ega emaslar. Bundan tashqari, ular vositali va qoidaga koʻra, stoxatik xarakterga egalar. Buning oqibatida menejmentning ijtimoiy samaradorligi koʻrsatkichlari, iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlaridan farqli ravishda, qilingan xarajatlar va korxona faoliyatidan olingan ijtimoiy natijalarining nisbati orqali aks ettirilmaydilar. Shuning munosabati bilan ularni xarajatlar (resurslar)siz faqat natija beruvchi tashkil qiluvchilar bilan taʼriflash maqsadga muvofiqdir. Menejmentning ijtimoiy samaradorligini koʻrsatkichlar tizimi yordamida baholash maqsadga muvofiqdir, uni, bizning fikrimizga koʻra, quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin: - tashkilot xodimlari mehnat sharoitlarini taʼriflovchi koʻrsat- kichlar; - tashkilot xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini taʼriflovchi koʻrsatkichlar; - xo dimlar malakasini taʼriflovchi koʻrsatkichlar; - mehnatni tashkil qilish va unga undashlarni taʼriflovchi koʻrsatkichlar. Shuning taʼkidlash kerakki, boshqaruv samaradorligi yana boshqaruv tizimining faoliyat yuritishnga intilish kerak boʻlgan qandaydir sharti, alomati, natijasi sifatida boʻladi. Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlaridan foydalanish boshqaruv tizimiga tashxis qoʻyish, uni faoliyat yuritishida vujudga keladigan chetga chiqishlarning 151 oldini olish, samarasiz boshqaruvning sabablarini ochib berish, boshqaruv idoralari faoliyatida ilmiy asoslangan maqsadni koʻzlashini amalga oshirish, ularning bunday keyingi ishlariga tuzatishlar kiritishga imkon beradi. Bundan tashqari, u boshqaruv xodimlarining motivatsiya tizimini yaratish, ularning mehnatiga haq toʻlashni boshqaruv boʻyicha faoliyat samaradorligiga berilgan bogʻliqlikka qoʻyishga imkon beradi. Shuning munosabati bilan taʼqidlash kerakki, halokatlar nazariyasiga koʻra, maʼsul qarorlar qabul qiluvchi va ularni amalga oshiruvchi shaxslar va odamlarni bu qarorlarni amalga oshirishligiga shaxsan, moddiy bogʻlanishlari gʻoyatda muhimdir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling