Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Menejment va korporatsiyalarning innovatsion strategiyalari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.9. Menejment va korporatsiyalarning innovatsion strategiyalari Maqsadga qaratilgan innovatsion fao liyat korporatsiyalar samaradorligining muhim omiliga aylanganlar. Ushbu omilning rolini, xususan uning menejerlik "hulqi"ga taʼsirini tahlil qila turib, tadqiqotchilar har xil innovatsion strategiyalarni belgilaydilar 1. Anʼanaviy. Firma ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirishdan boshqa hech nimaga intilmaydi. Bunday strategiyada uzoq muddatli kelajakda bu firma oldin texnik-texnologik, keyin esa iqtisodiy jihatdan orqada qolishiga toʻliq kafolat bor. 2. "Opportunistik". Firma tadqiqot qilish va ishlab chiqishga judayam katta xarajatlarni talab qilmaydigan, ammo u bilan belgilangan vaqt davomida yakka holda mavjud boʻlish mumkin boʻlgan mahsulotni qidirish bilan band. Bunday "teshiklar"ni qidirish va ulardan foydalanish bozordagi vaziyatni yaxshi bilish, texnik-texnologik rivojlanish va moslashuvchanlik qobiliyatining yuqori darajasini taqazo qiladi. Ammo bu holda yakka hukumronlik holatini tez yoʻqotish xavfi yuqori darajada. 3. Imitatsion (taqlidli). Yangi texnologiya boshqalardan, masalan, litsenziyalarni sotib olish yoʻli bilan xarid qilinadi. Litsenziya shaxsiy ishlamalar, yangi kashfiyotlarga nisbatan ancha arzon, tezroq xarid qilinadi va ishonchli harakat qiladi. Bu shoshilich strategiya, ammo kashfiyotni moslashtirish, uning asosida noyob mahsulot yaratish uchun yuqori darajadagi maxsus malaka va erishilgan darajani qoʻllab quvvatlash boʻyicha tadbirlarning butun bir majmuasi zarur. 4. Mudofaaviy. Firmada tadqiqotlar va ishlab chiqishlar yetakchi oʻrinlarni egalashga daʼvolarsiz olib boriladi. Ularning maqsadi texnik- texnologik rivojlanish sohasida boshqalardan orqada qolmaslik va imkoni boʻlsa ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirishdan iboratdir. Bu firmaning oʻrnini yoʻqotilishini bartaraf qilmaydigan, gʻoyatda koʻp xarajat qilinadigan strategiyadir. 5. Bogʻliq. Bu kichik firmalarning strategiyasi, ularga yirik korporatsiyalar ishlab chiqarish uchun yangi mahsulotlarni va ishlab chiqarish usulini topshiradilar. 6. Hujumkor. Bu holda firmaning maqsadi - bozorda birinchi boʻlish. Bu strategiya yuqori malaka va katta tashkiliy ishni talab qiladi, ammo uning koʻpgina afzalliklari bor. Uning uchun quyidagilar zarur: a) yaxshi tashkil qilingan, samarali innovatsion jarayon; 152 b) novator-ijodkorlarning mavjudligi, d) yangi gʻoyalarga moyil, noanʼanaviy fikr yurituvchi rahbariyat, e) tavakkalchilikni taqsimlash imkoniyati, g) bozorni yaxshi bilish ,marketingni tashkil qilish. Rivojlanishning boshlangʻich bosqichida firma, qoidaga koʻra, hujumkor strategiya tanlashi mumkin emas. Anʼanaviy turdagi strategiya haqiqiyroq boʻladi. Keyin oʻzgalarning rivojlanishi natijalaridan foydalanuvchi imitator holatidan shaxsiy ijodiy imkoniyatlarga asoslangan hujumkor strategiyaga qanchalik tez oʻtish firmani rivojlanishi, uning rahbariyatiga bogʻliq. Hujumkor innovatsion strategiya alohidagi, bir martali innovatsiyaga emas, balki innovatsiyalarning bir qator seriyasiga asoslanadi. U qisqa muddatli yoki oʻrtacha muddatli manfaatlarni amalga oshirishni emas, balki uzoq muddatliroq maqsadlarga erishishni moʻljallaydi. Bu strategiya murakkab boshqaruv vazifasidan iborat boʻladi, katta tavakkalchilik va "katta qiyinchiliklar" bilan birga boradi, ammo izchil amalga oshirilganda u juda katta yutuqlarga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday strategiya dinamik texnik rivojlanishning zamonaviy shartlariga eng yaxshi tarzda javob beradi. Uni tanlab, firma "texnologik uzilish"ni muvaffaqiyatli bartaraf qilish imkoniyatiga ega boʻladi. S-simon egri chiziq mahsulot yoki texnologik jarayonni yaxshilash bilan bogʻliq xarajatlar va mablagʻlarni kiritishdan olingan natijalar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aks ettiradi. Texnologiyalarni takomillashtirish va firmaning muvaffaqiyatlari oʻrtasidagi aloqa qanday? Muvaffaqiyat avval sekin vujudga keladi, keyin esa surʼatni oladi, tezlashadi, ammo keyin muqarrar ravishda yoʻqqa chiqadi, texnologiya inqirozga uchraydi. Firmalarga texnologik chegarani bilish va yangi texnologiya oʻz vaqtida oʻtish muhimdir. "Texnologik uzilish" - bu bitta texnologiyadan sifatan boshqasiga (yoki bitta mahsulotdan ushbu ehtiyojni qanoatlantiruvchi sifatan boshqa mahsulotga) oʻtish davrlaridir. Ilmiy-texnik inqilobning hozirgi zamon bosqichi kelishi bilan yuqori rivojlangan mamlakatlarning firmalari, P.Drakerning soʻzlariga koʻra, "uzliksizning uzilishi asriga" oʻtadilar, texnologik uzilishlarning tezligi oshadi. Raqobatning yangi sharoitlari vujudga keladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling