Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Tashkilotni strategik boshqarish
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.15-rasm. Strategik boshqaruv tuzilmasi
5.6. Tashkilotni strategik boshqarish
Strategik boshqaruv - bu strategiyani, ya ʼni tashkilotni rivojlanishining maʼlum bosh yunalishini sifatli ishlab chiqish va uni resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, istiqboldagi raqobot afzalliklarini taʼminlash va maqsadlarga erishish uchun tashqi muhit oʻzgarishlariga adekvat javob qaytarish asosida amalga oshirish boʻyicha faoliyatdir. Yana boshqa, O.N. Juchkevich tomonidan berilgan gʻoyatda muvaffaqiyatli taʼrifni ham keltirish mumkin: strategik resurslarni muvofiqlashtirish va taqsimlash, hisobga olish va uzoq muddatli istiqbolda raqobot afzalliklariga erishish maqsadida tashqi muhit omillari oʻzgarishiga adekvat javob qaytarish asosidagi korxona (firma)ni rivojlanishining sifatan belgilangan yoʻnalishidan iborat boʻladi. Strategik boshqaruvni dinamik tizim, beshta oʻzaro bogʻlangan boshqaruv jarayonlarining majmuasi sifatida koʻrib chiqish mumkin. Bu jarayonlar mantiqan bir birlaridan kelib chiqadilar (yoki keyin keladilar), bunda barqaror teskari aloqa va har bir jarayonni qolganlariga va ularning majmuasiga taʼsiri mavjud boʻladi. Strategik boshqaruv tuzilmasi 5.15-rasmda tasvirlangan. Strategik boshqaruvning dastlabki jarayoni tashkilot muhitini tahlil qilishdir. U quyidagilarni oʻrganishni koʻzda tutadi: • makroatrofni (iqtisodiyot va siyosatning holati, huquqiy kenglik, tabiiy muhit va resurslar, jamiyatni ilmiy-texnik, ijtimoiy-madaniy rivojlanganligi darajasi va h k.); • bevosita ishga doir muhitni (xaridorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar va h.k.); • ichki muhitni (xodimlar, boshqaruvni tashkil qilinishi, ishlab chiqarish, moliya, marketing, tashkiliy madaniyat va h.k.). 134 5.15-rasm. Strategik boshqaruv tuzilmasi Shundan keyin tashkilotning missiyasi (vazifalari) belgilaniladi, uning ostida tashkilotni mavjud boʻlishining maʼnosi va uning boshqa tashkilotlardan farqini, yaʼni u nima uchun tashkil qilinganligini ochib beruvchi shakllantirilgan tasdiqni tushunish kerak. Aniq bir tashkilotning missiyasi odamlarning oʻzlarining faoliyati bogʻliq boʻlgan har xil guruhlarining maqsadlari va mafaatlarini aks ettiradi. Tashkilotga uning missiyasini belgilashda manfaatlarini hisobga olish kerak boʻlgan quyidagi asosiy subʼyektlar taʼsir koʻrsatadilar: tashkilotning mulk egalari, uning xodimlari, ishlab chiqarilayotgan (sotilayotgan) mahsulotning xaridorlari, tashkilotning ish boʻyicha sheriklari, mahalliy hamjamiyat, hamda umuman, birinchi navbatda, davlat idoralari shaxsidagi jamoa. Bunda tashkilot missiyasiga eng kuchli taʼsirni mulk egalari, xodimlar va xaridorlar (isteʼmolchilar) koʻrsatadi. F.Kotlerni hisoblashicha, tashkilot missiyasini belgilashda quyidagi beshta omillarni hisobga olish kerak: • tashkilotning tarixi, uning jarayonida tashkilotning falsafasi ishlab chiqilgan, faoliyatning qiyofasi va uslubi, bozordagi oʻrni va h.k. shakllantirilgan; • mulk egalari va boshqaruv xo dimlari hulkinig uslubi va harakatlari usuli; • tashqi muhitning holati; • tashkilot oʻz maqsadlariga erishishi uchun foydalaniladigan resurslar; • tashkilot ega boʻlgan ajralib turuvchi xususiyatlar. Bundan tashkari tashkilotning maqsadiy muljallari, faoliyat sohasi, falsafasi(qadriyatlari va ishonchlari) fao liyatni amalga oshirish imkoniyatlari va usullari kabi taʼriflarini ham hisobga olish zarur. 135 Shunday qilib, missiya tashqi muhit subʼyektlariga tashkilot nimadan iborat ekanligi haqida umumiy tasavvur yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, u tashkilotni faolroq boshqarish uchun korporotiv ruhni va sharoitlarni yaratishga imkon beradi. Tashkilot faoliyatining umumiy yoʻnalishlari unga koʻra belgilanadilar. Bundan keyin tashkilotning strategik maqsadlarini belgilash jarayoni keladi. Strategik maqsadlar bir birlari bilan birga boʻla oladigan boʻlishlari kerak, yaʼni uzoq muddatli maqsadlar missiyaga, qisqa muddatlilar esa uzoq muddatlilarga mos kelishlari kerak. Tashkilotlardagi maqsadlarni belgilashning asosiy yoʻnalishlari quydagilardir: foydalilik, bozordagi holat, moliyaviy resurslar, unumdorlik, tashkilotning quvvati, mahsulotni ishlab chiqarish, texnologiya, insoniy resurslar, xaridorlar bilan ishlash. Strategik maqsadlarga yana tashkilotni oʻsishining gʻoyatda muhim maqsadlari kirishi mumkin, ular quydagilardan iborat boʻlishlari mumkin: - tez oʻsish maqsadi; - barqaror oʻsish maqsadi; - qisqartirish maqsadi. Tashkilotlardagi maqsadlar taʼsir koʻrsatish subʼyektlarining har xil mafaatlarini hisobga olish bilan belgilanishlari kerak. Bunda hal qiluvchi rol yuqori rahbarlikka tegishlidir. Maqsadlarni belgilashning bir necha usullari mavjud: markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan (pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga), aralash tartibdagi. U jarayon toʻrtta bosqichda bajariladi: - atrofda kuzatiladigan tendensiyal arni tahlil qilish; - umuman tashkilotning maqsadlarini belgilash; - maqsadlar ierarxiyasini qurish; - shaxsiy maqsadlarni belgilash. Maksadlar tashkilot, uning boʻlinmalari va aʼzolari uchun qonun statusiga ega boʻlishlari kerak, ammo ular oʻzgarishlari mumkin. Keyinchalik strategiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda maxsus usullar yordamida tashkilot qanday qilib oʻz maqsadlariga erishishi va oʻz missiyasini amalga oshirishi belgilanadi, yaʼni uning faoliyatining soha, vositalar va shakl kabi tomonlarini rivojlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Strategiyani tanlanishi tashkilot tomonidan kelajakda uni faoliyat yuritishiga nisbatan qanday qaror qabul qilinishiga bogʻliqdir: belgilanggan biznesni toʻxtatish yoki davom ettirish, yoki biznesning boshqa turi bilan shugʻullanish. Bunda korxo na asosiy yoʻnalishlarni belgilaydi: - xaraj atlarni kamaytirishda yetakchilik; - mahsulotni ishlab chiqarish (sotishda)da ixtisoslashish; - bozorning maʼlum segmentini qayd etish. Biznesni rivojlanishi etalonli strategiyalarining bir necha guruhlari mavjud. Birinchisiga jamlangan holda oʻsish, ikkinchisiga integratsiyalangan holda oʻsish, uchinchisiga diversifikatsiyalangan holda oʻsish, toʻrtinchisiga qisqartirish strategiyasi kiradi. 136 Strategiyani ishlab chiqarishda korxona joriy strategiyani belgilab olishi va mahsulot partfelini tahlil qilib chiqishi zarur. Strategiyani tanlash korxonaning maqsadlari, rahbarlarning manfaatlari, resurslar, xodimlarning malakasi, tashkilotning tashqi muhitga bogʻliqligi kabi omillar tomonidan asaslangan. Shundan keyin tanlab olingan strategiyaning baholash amalga oshiriladi (uning strategiyani amalga oshirish imkoniyatini belgilab beruvchi asosiy omillarni tanlashda hisobning toʻgʻriligi va yetarligini tahlil qilish koʻrinishida). Tanlab olingan strategiyani baholashning barcha tadbirlari bitta narsaga boʻysundiriladi: u firma tomonidan oʻz maqsadlariga yetishishiga olib keladimi? Agar ha boʻlsa, bundan keyingi uni baholash quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi: - tanlangan stradegiyani atrofdagilarning holati va talabiga mos kelishi; - tanlangan strategiyani firmaning salohiyati va imkoniyatlariga mos kelishi; - strategiyaga kiritilgan xatarni qabul qilsa boʻlishligi. Shuni taʼkidlash kerakki, yirik va oʻrta koʻp tarmoqli kompaniyalarda koʻpincha biznesning strategik birligi - (BSB) deb ataluvchi ajratiladi. Bu bozorning bir yoki bir necha segmentlardagi strategiyani ishlab chiqish va baʼzida esa amalga oshirish uchun javob beruvchi firma ichidagi tashkiliy birliklardir. Ushbu ish kompaniya mahsulotlari portfelini tahlil qilish, keyin bozorni segmentlarga boʻlish, tovarlarni pozitsiyalarga joylashtirishdan boshlanadi. BSB baʼzan ishlab chiqarish birliklaridan farqlanadilar, ular ham bir va ham oʻxshash ehtiyojlarini qonoatlantiruvchi bir necha mahsulotlarni qamrab olishlari mumkin. Kompaniyalar koʻpincha xoʻjalik boʻlinmalari koʻrinishidagi BSBni tashkiliy rasmiylashtirishl ari mumkin. Keyin quyidagi masalalarni hal qilishga qaratiladigan strategiya bajarilishi kerak: • nisbiy mazmun tashkilot amalga oshiradigan strategiyaga mos kelishi uchun maʼmuriy vazifalar orasidagi ustivorlikni belgilash; • korxona faoliyatini strategiyani bajarishga qaratish uchun tanlangan strategiya va tashkilot ichidagi jarayonlar orasidagi moslikni belgilash; • yetakchilik uslubi va tashkilotni boshqarishga yondoshuvni tanlash va uni amalga oshirilayotgan strategiya bilan moslikka keltirish. Bu vazifalar strategik deb ataluvchi oʻzgarishlar vositasida hal qilinadilar. Oʻzgarishning zarurligi va darajasini belgilab beruvchi asosiy omillar holatiga (soha, tashkilot, mahsulot, bozorning holatiga) koʻra oʻzgarishlarning toʻrtta turini ajratish mumkin: - tashilotni qayta qurish - tashkilotning missiyasi va madaniyatiga taʼsir koʻrsatuvchi asosli oʻzgarishlarni koʻzda tutadi. Tashkilot oʻzining sohasi va shunga koʻra mahsuloti va bozordagi oʻrni oʻzgartirilganda vujudga keladi. Bunda yangi tashkiliy madaniyat yaratiladi, texnoligik soha va ishchi kuchlari bozorida katta oʻzgarishlar sodir boʻladi; - tashkilotni keskin oʻzgartirilishi - agar tashkilot sohasini oʻzgartirmasayu, amma unda keskin oʻzgarishlar (madaniyatlarni birlashishi, yangi mahsulotlar va bozorlarni oʻzlashtirish) sodir boʻlsa, u strategiyani bajarish bosqichida oʻtkaziladi va tashkilot ichidagi oʻzgarishlarni talab qiladi; 137 - oʻrtacha oʻzgarish tashkilot yangi mahsulot bilan bozorga chiqqan va unga xaridorlarni jalb qilgan vaqtida amalga oshiriladi. Bunda oʻzgarishlar ishlab chiqarish jarayoni va marketingga tegishli boʻladi; - odatdagi oʻzgarishlar - tashkilot mahsulotiga shoʻbaiqishni qoʻllab quvvatlash maqsadida marketing sohasida oʻzgarishlar oʻtkazish bilan bogʻliq. Tashkilotni oʻzgarmasdan faoliyat yuritishi u bittagina stategiyani oʻzgartirmasdan amalga oshiralayotgan vaqtda sodir boʻladi. Strategik oʻzgarishlar tashkilotning barcha tomonlariga taʼsir koʻrsatishlari sababli, tuzilma xarakterga ega boʻlishlari kerak. Ammo tashkilotning ikkita kertik joyi borki, ular boʻnday oʻzgartirishlarni oʻtkazishga asos buladilar, bular tashkiliy tuzilma va tashkiliy madaniyatdir. Strategiya tashkiliy tuzilmani tanlashda muhim taʼsir koʻrsatadi. Uning tahlili quyidagilarni aniqlashga qaratilgan: • mavjud tashkiliy tuzilma tanlangan strategiyani tanlashga qanday darajada kumaklashadi yoki halaqit qiladi; • agar zarur boʻlsa, tashkiliy tuzilmada qanday oʻzgarishlarni oʻtkazish kerak; • strategiyani amalga oshirish jarayonidagi maʼlum vazifalarni hal qilish boshqaruvning qanday darajasiga yuklanishi kerak. Tashkilot aʼzolarining harakatini yoʻnaltiruvchi koʻzga koʻrinmas dastakl arni oʻrnatuvchi tashkiliy madaniyat mohiyati boʻyicha tashkilotning qalbi boʻladi. ushbu tashkilot tashqi taʼsirlarga javob qaytarishi kerakligi va mumkinligi, tashkilotda oʻzini qanday tutish kerakligi, tashkilotni fao liyat yuritishining maʼnosi nimadan iboratligiga nisbatan barqaror meʼyorlar, tasavvurlar, tamoyillar va ishonchlardan vujudga keladi. Strategiyani amalga oshitish bosqichida uning tashkiliy madaniyatini oʻzgartirish, uni tanlangan strategiyaga moslashtirishga asosiy harakatlarni yoʻnaltirish kerak. Bu kattagina qiyinchiliklardan iborat boʻladi. Shuning uchun strategiyani belgilash bosqichidayoq uni bajarishda tashkiliy madaniyatni oʻzgarishi bilan qanday qiyinchiliklar vujudga kelishini koʻproq hisobga olish va tashkiliy madaniyatni oʻzgartirish boʻyicha atayin bajarib boʻlmadigan harakatlarni bajarishni talab qilmaydigan strategiyani tanlashga harakat qilish zarur. Shuning bilan birga strategiyani bajarish bosqichida yana tashkilot resurslari va uning insoniy salohiyatini shakllantirish va jalb qilish talab qilinadi. Bu jarayon tashkilotning resursli salohiyatidan foydalanish mexanizmi amalga oshirilayotgan sartategiya bilan moslashtirishdan boshlanadi. Bu faoliyatning asosi tashkilot resurslarini strategiyaning alohida tashkil qiluvchilari boʻyicha tavsimlash va hammadan avval ularni vaqt boʻyicha toʻgʻri taqsimlashdan iboratdir. Rahbariyat tashkilot moliyaviy resurslarini bunday taqsimlanishini tashkil qilishi kerak, bunda hamma vaqt ham kerakli paytda zaruriy pul mablagʻlari boʻlsin. Buning uchun pul mablagʻlaridan foydalanishning stategik muljallarini belgilash kerak, ular qanday maqsadlarda xarajatlarni amalga oshirish mumkinligi va qayerga pullarni kiritish kerak emasligini qayd etadilar. 138 Bajarish bosqichida maʼlum vazifalarni hal qilish va vazifalarni bajarish uchun tashkilot alohida qismlarining pul mablagʻlariga ehtiyojlarini tahlil qilishi va pul mablagʻlarini taqsimlanishidagi ustivorliklar belgilashi kerak. Resurslarni taqsimlash uchun foydalaniladigan asosiy qurol byudjetni tuzish va undan foydalanish boʻladi, u nafaqat pul mablagʻlariga, balki zaxiralar, kapital mablagʻlar, sotishlar va x.k ham tegishlidir. Resurslarni jalb qilish jarayoni resurslarni samarali taqsimlash bilan bir qatorda sarmoyalarni kelib tushish manbalarini baholash va ularni saqlab qolishni ham koʻzda tutadi. Strategik boshqaruvda asosiy rol tashkilotning rahbariyatiga, hammadan avval uning yuqori darajasiga tegishli boʻladi, u nafaqat uning strategiyasini belgilashi, balki tashkilot resurslarini safarbar qilgan holda, kerakli oʻzgarishlarni oʻtkazishi kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling