Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-rasm. Toʻgʻri chiziqli tashkilot tuzilmasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5-rasm. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi
5.4-rasm. Toʻgʻri chiziqli tashkilot tuzilmasi.
Yakka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qoʻl ostidagilar faqat bitta rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor shaxs qandaydir ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab oʻtib, farmoyish berish huqukiga ega emas. Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat boʻlinmalarini mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyadiki, ular faqat toʻgʻri chiziqli rahbarga axborotlarni yigʻish va ishlab 102 chiqarish yordam beradilar, ammo oʻzlari boshqarilayotgan obʼyektga koʻrsatmalar yoki yoʻriqnomalar beraolmaydilar. Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning oʻzi boshqarayotgan boʻlinma fao liyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir birlari bilan muvofiklashtirilgan farmoyishlarni olinishidir. Toʻgʻri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari qoʻyidagilardan iborat: rahbarga nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (boʻlinma) faoliyati turlari boʻyicha keng bilimlar va tajribaga ega boʻlishi, axborotlar bilan toʻldirilishi, qoʻli ostidagilar, yuqori rahbarlar va qoʻshni tashkilotlar bilan aloqaning koʻpliligiga ega boʻlishi kerak. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi - bu tuzilmada boshqaruv taʼsirlari toʻgʻri chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu taʼsirlardan har biri ijrochi uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalari majmuasini amalga oshiradilar (5.5-rasm). 5.5-rasm. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi Ushbu tuzilma umumiy rahbar va boʻlinmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari ijrochilarga oʻz taʼsirini vazifalar boʻyicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat boʻlinmalar rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va oʻz vazifalarining chekl angan roʻyxatini bajaradilar (rahbarlar oʻrtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa rasmda koʻrsatilmagan). Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun zarur boʻlgan zarur qisminigina oʻziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa boʻlmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar. Ijrochi ham oʻzining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar boʻlishi mumkin. Shunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga boʻysunishi mumkin. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar: rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutaxassislarni jalb qilinishi; nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik; vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratini tez oʻsishi; Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari kuyidagilar: yakka xukumronlik tamoyilini buzilishi; javobgar shaxsni yoʻq boʻlishi; boʻlinmalar faoliyatini muvofiklashtirishni qiyinligi. 103 Toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma oʻz ichiga ham toʻgʻri chiziqli va ham vazifali tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama boʻysunishni yaratadi. Boshqaruvning koʻpgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy boʻlinmalar quyida turuvchi boʻlimlarga koʻrsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish huquqiga egalar (5.6- rasm.) Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxasislarning yuqori omilkorligi, toʻgʻri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari boʻyicha maʼlumotlar tayyorlashdan ozod boʻlganliklari natijasida operativ boshqaruv boʻyicha imkoniyatlarini kengayishidir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling