Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-rasm. Toʻgʻri chiziqli tashkilot tuzilmasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.4-rasm. Toʻgʻri chiziqli tashkilot tuzilmasi. 
Yakka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qoʻl ostidagilar faqat bitta 
rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor shaxs qandaydir 
ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab oʻtib, farmoyish berish huqukiga ega 
emas. 
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat boʻlinmalarini mavjud boʻlishiga 
yoʻl qoʻyadiki, ular faqat toʻgʻri chiziqli rahbarga axborotlarni yigʻish va ishlab 


102 
chiqarish yordam beradilar, ammo oʻzlari boshqarilayotgan obʼyektga koʻrsatmalar 
yoki yoʻriqnomalar beraolmaydilar. 
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va 
aniqligi, rahbarning oʻzi boshqarayotgan boʻlinma fao liyati natijalari uchun 
oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan 
bir birlari bilan muvofiklashtirilgan farmoyishlarni olinishidir. 
Toʻgʻri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari qoʻyidagilardan iborat: rahbarga 
nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (boʻlinma) 
faoliyati turlari boʻyicha keng bilimlar va tajribaga ega boʻlishi, axborotlar bilan 
toʻldirilishi, qoʻli ostidagilar, yuqori rahbarlar va qoʻshni tashkilotlar bilan aloqaning 
koʻpliligiga ega boʻlishi kerak. 
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi - bu tuzilmada boshqaruv taʼsirlari toʻgʻri 
chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu taʼsirlardan har biri ijrochi uchun 
majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq 
vazifalari majmuasini amalga oshiradilar (5.5-rasm). 
5.5-rasm. Boshqaruvning vazifaviy tuzilmasi 
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va boʻlinmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.) 
rahbarlari ijrochilarga oʻz taʼsirini vazifalar boʻyicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir 
birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat boʻlinmalar 
rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va oʻz vazifalarining chekl angan 
roʻyxatini bajaradilar (rahbarlar oʻrtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa rasmda 
koʻrsatilmagan). 
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi 
uchun zarur boʻlgan zarur qisminigina oʻziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni 
bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa boʻlmasligi mumkin. 
Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar. 
Ijrochi ham oʻzining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga 
topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar boʻlishi mumkin. Shunday qilib, bitta 
ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga boʻysunishi mumkin. 
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar: rahbarlikka 
aniq sohadagi omilkor mutaxassislarni jalb qilinishi; nostandart vaziyatlarni hal 
qilishdagi operativlik; vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratini tez oʻsishi; 
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari kuyidagilar: 
yakka xukumronlik tamoyilini buzilishi; javobgar shaxsni yoʻq boʻlishi; 
boʻlinmalar faoliyatini muvofiklashtirishni qiyinligi. 


103 
Toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma oʻz ichiga ham toʻgʻri chiziqli va ham vazifali 
tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama boʻysunishni yaratadi. 
Boshqaruvning koʻpgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning 
alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy boʻlinmalar quyida 
turuvchi boʻlimlarga koʻrsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish 
huquqiga egalar (5.6- rasm.) 
Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi 
mutaxasislarning yuqori omilkorligi, toʻgʻri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy 
faoliyat masalalari boʻyicha maʼlumotlar tayyorlashdan ozod boʻlganliklari 
natijasida operativ boshqaruv boʻyicha imkoniyatlarini kengayishidir. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling