Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


 Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.3. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. 
Tashkiliy tuzilmalarning turlari 
Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim taʼriflari boʻladi. 
Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan 
boʻlsalar ham, ular oʻzaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi 
tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanishi mehnatni gorizontal boʻlinishi deb ataladi. 
Ishning katta hajmini kichikroq ixtisoslashtirilgan vazifalarga taqsimlash 
odamlarning ushbu miqdori mustaqil ishlaganlariga qaraganda ancha koʻproq 


97 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon beradi, ya ʼni mehnatning kattaroq 
unumdor- ligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda mehnatni gorizontal taqsimlanishi 
ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy ovqatlantirish korxonalarining bir 
vaqtda boshqaruvchilari ham boʻlgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga 
xizmat koʻrsatishlari mumkin. 
Yirik va oʻrtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq 
kuzatiladi. U oʻziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi 
boʻlinmalarni tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ular boʻlimlar, xizmatlar, 
sektorlar va h.k. deb ataladilar. Tashkilot kabi, uning bir qismi boʻlgan boʻlinmalar 
ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar fao liyatini umumiy 
maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun muhnatni 
vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta boʻlinma rahbari boshqa boʻlinmalar 
rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, oʻz navbatida, keyingi boʻlinmalar 
rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash 
natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil boʻladilar. 
Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud. 
Birinchisi - bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil qiluvchi tarkibiy 
qismlarga taqsimlash, yaʼni gorizontal taqsimot, ikkinchisi - harakatlarni 
muvofiqlashtirish boʻyicha ish, ya ʼni vertikal taqsimot. Bu harakatlarni 
muvofiklashtirish boʻyicha fao liyat boshqaruvning mohiyatini tashkil qiladi. 
Tashkilotni rivojlanishi jarayoni, uning faoliyatini turkumlashtirish oltita 
bosqichdan tashkil topadi. 
I bosqich. Boshqaruv ishlarining hajmi kichik: ishlab chiqarish (tijorat) 
vazifalarini bajaruvchi xo dimning oʻzi boshqaruvchi boʻladi. 
II bosqich. Boshqaruv ishlari hajmini bajarish uchun ishlab chiqarish (tijorat) 
vazifalaridan ozod qilingan maxsus xodimni ajratish talab qilinadi (master, seksiya 
mudiri); 
III bosqich . Boshqaruv boʻyicha ishlarning hajmi shunchalik oʻsadiki, 
boshqaruv xodimlari faoliyatini muvofiklashtirish zaruriyati paydo boʻladi (toʻgʻri 
chiziqli ierarxiya vujudga keladi (sex boshligʻi). 
IV bosqich. Boshqaruv ishi hajmini bunday keyingi oʻsishi munosabati bilan 
boshqaruv xodimlarini alohida vazifalarni bajarish ixtisoslashishlari talab qilinadi: 
rejachilar, nazoratchilar va h.k. mutaxasislar paydo boʻladilar. 
V bosqich. Boshqaruv ishining hajmi va bu ish bilan band boʻlgan xo dimlar 
soni koʻpayadi, shuning uchun ularning harakatlarini muvofiqlashtirish zaruriyati 
vujudga keladi (tavtish komissiyasi raisi). 
VI bosqich. Boshqaruv faoliyatini rivojlanishi vazifaviy va toʻgʻri chiziqli 
ierarxiyani umumiy rahbarlik ostida birlashtirish zaruriyatiga olib keladi, u esa fao 
liyatning ixtisoslashgan turi boʻlib qoladi (korxo na direktori). 
Bu bosqichlar har xil tashkiliy tuzilmalar, lavozimlar, boʻlinmalar 
koʻrinishidagi maʼlum tashkiliy rasmiylashtirishga egalar. 
Tashkilot (korxona) ning tashkiliy tuzilmasini tashkilotni boshqa- rish tuzimini 
oʻzaro bogʻlangan va boʻysinish tartibida joylashtirilgan, maqsadga qaratilgan holda 


98 
faoliyat yuritish va uni rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan elementlarning tartibga 
solingan yigʻindisi sifatida belgilash mumkin. 
Tashkilotda tuzilmalarning bir necha turlarini ajratish mumkin: texnologik, 
ishlab chiqarish, moliyaviy, ijtimoiy, axborot, tashkiliy va h.k. Bunda oxirgisi 
alohida oʻringa ega: u sinergetik samara olish va qoʻyilgan maqsadl arga erishish 
uchun elementlarning oʻzaro hamkorligini tartibga soladi, shaxsan tashkiliy 
yaxlitlikni yaratadi. Korxo naning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqarish tuzilmasi va 
boshqaruv tuzilmasining tashkiliy yaxlitligi sifatida boʻladi. Ishlab chiqarish 
tuzilmasi bazis sifatida boshqaruvning tuzilmasini belgilab beradi. 
Boshqaruvning vazifalari va tuzilmasi dialektik yaxlitlikda boʻladilar. Yangi 
tashkilotni tashkil qilishda vazifalar tuzilmalar (boʻlinmalar, lavozimlar)ni 
shakllantirish, ularga huquqlar, vakolatlar va javobgarliklarni biriktirish uchun asos 
boʻladilar. Ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish va har tomonlama 
rivojlantirishda tuzilma vazifalar majmuasining ehtimol boʻlgan oʻzgarishlari 
diapozoni (darajasi)ni belgilab beruvchi asos boʻladi. Bunday tuzilma tubdan 
oʻzgartirilmaydi, yaʼni asosiy boʻlinmalar va lavozimlar saqlanib qolinadi. 
Tashkilotlar (korxonalar)ni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi katta turli-
tumanligi bilan ajralib turadi va quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
• tashkilot faoliyatining xarakteri va uning xususiyatlari bilan (ishlab 
chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning tarkibi, texnologik, texnik 
jihozlarinishi); 
• tashkilot ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyatining oʻlchamlari (hajmlari) 
bilan; 
• boshqaruv apparati tuzilishining asosiy faoliyati (ishlab chiqarish, tijorat)ning 
iyerarxik tuzilishiga mosligi bilan; 
• boshqaruvning tashkil qilish shakli bilan ; 
• tashkilotni boshqarishning markazlashtirilgan va markaz- lashtirilmagan 
shakllari oʻrtasidagi munosabat bilan ; 
• boshqaruvning sohaviy va xududiy shakllari oʻrtasidagi munosabat bilan 
(mahsulot, mintaqa boʻyicha); 
• xodimlar malakasining darajasi bilan; 
• tashkilotning strategiyasi bilan; 
• tashkilot tashqi muhitining murakkabligi va dinamikligi bilan; 
• maqsulotning taʼminoti va sotilishini tashkil qilinishi bilan; 
• tashkilotni geo grafik joyl ashishi bilan va h.k. 
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda uning oldiga quyidagi 
talablarni qoʻyish kerak: 
• mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoni, boshkaruv tuzilmasini faoliyat 
yuritishining natijasi sifatida mutanosiblik, uzliksizlik, parallellik, bir maromdalik 
talablariga mos kelishi kerak; 
• tashkiliy tuzilma tashkilotni rejali ravishda rivojlanishiga yordam berishi 
kerak; 
• tuzilma elementlari (boʻlinmalar)ning soni kichik, ammo tashkilot normal 
faoliyat yuritishi uchun yetarlicha boʻlishi kerak, bitta darajadagi tarkibiy qismlar 


99 
oʻrtasidagi gorizontal aloqalar soni ham xuddi shunday boʻladi. Gorizontal aloqalar 
norasmiy munosabatlarni amalga oshirishga imkon beradilar va koʻnikmalarni 
uzatishga koʻmaklashadilar, bitta darajadagi tarkibiy qismlarning tizim maqsadlarini 
bajarish boʻyicha harakatlarini muvofiqlashishini taʼminlaydilar. Aloqalar sonini 
kamayishi tizimni faoliyat yuritishining berqarorligi va operativligini oshishiga olib 
keladi; 
• tashkiliy tuzilma egiluvchan, qatʼiy aloqalarning eng kam miqdoriga ega
sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar , yaʼni vazifalar va yangi xizmatlarni bajarish 
zaruriyatiga muvofiq tez yoʻlga qoʻyishga qodir boʻlishi kerak. Tizimning 
ixchamligi uni bozor talablariga tez moslashishining talablaridan biri boʻladi: 
• tashkiliy tuzilma iloji boricha sodda boʻlishi kerak, buning uchun boshqaruv 
darajalari miqdorini, tashkilot tarkibiy qismlari oʻrtasidagi aloqalar sonini 
qisqartirish, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish zarur; 
• tashkiliy tuzilma tashkilotga fan yutuqlari va ilgʻor tajribani tadbiq etishga 
koʻmaklashishi kerak; 
• tizim elementlari oʻrtasidagi, hamda tizim va atrof muhit oʻrtasidagi 
kommunikatsiyalar aniq boʻlishlari kerak ; 
• tashkiliy tuzilma ishlab chiqilgan va sotilgan tovarlar va xizmatlarning yuqori 
sifatini taʼminlashi kerak; 
• tashkiliy tizilma tashkilotni faoliyat yuritishining yuqori samaradorligini 
taʼminlash kerak. 
Tashkiliy tuzilmani shakllantirishda yana boshqaruvchanlikni ham hisobga 
olish kerak. Shuning munosabati bilan quyidagi tushunchalarni koʻrib chiqish 
maqsadga muvofiqdir: 
- boshqaruvchanlik koʻlami (M) - bu maʼlum menejer yoki boshqaruv 
idorasining haqiqatdan ham bevosita qoʻl ostida boʻlgan xodimlar boʻlinmalarning 
soni; 
- boshqaruvchanlik meʼyori (N) - bu boshqaruv munosabatlari va boshqaruv 
texnikasini rivojlanishining zamonaviy sharoitlarida maʼlum menejer yoki 
boshqaruv idorasiga boʻysunishi maqsadga muvofiq boʻlgan xodimlar yoki 
boʻlinmalarning soni. Bu, aslida boshqaruvning muvofiq koʻlamidar. 
Bunda boshqaruvchanlik meʼyori (N)ning boshqaruvchanlik koʻlami (M)ga 
nisbatan iborat boʻlgan boshqaruvchanlik koeffisenti (Ku) dan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir: 
Ku= H/M 
Ushbu koeffetsientlar boshqaruv subʼyektining boshqaruvchi qobiliyati va 
boshqaruv obʼyektining murakkabligi oʻrtasidagi nisbatni aks ettiradilar. 
Ku >1 da boshqaruv subʼyekti salohiyatidan yetarlicha boʻlmagan holda 
(kattaroq yoki kichikroq darajada) foydalaniladi, boshqaruvga xarajatlar ham 
shunday. 
Ku < 1 da boshqaruv subʼyekti (menejer yoki boshqaruvning maʼlum idorasi)ga 
ortiqcha ish yuklangan, boshqaruv qiyinlashgan, boshqaruvchanlik pasayg an. 
Ku =1 miqdori muvofiq boʻladi. Bunda boshqaruv subʼyektining boshqarish 
qobiliyati boshqaruv obʼyekti murakkabligiga mos keladi. 


100 
Baʼzi bir mutaxassislar boshqaruvchanlik meʼyori miqdorini tavsiya qila turib, 
bitta boshliqning quli ostidagilarning soni 7 nafardan oshib ketmasligi kerak 
deydilar. Ruhshunoslarni belgilashlaricha, bu bosh miya ishining hususiyatlari bilan 
bogʻliqdir. "7" soni inson tafakkurida qandaydir chegaraviy ahamiyatga egaligi 
haqida koʻpgina xalqlar ogʻzaki ijodiyotining tahlili darak beradi. 
Shu bilan birga, bu son faqat boshqaruvchanlikning oʻrtacha meʼyori boʻladi. 
Buning ustiga hozirgi sharoitlarda axborot tizimlari va guruhli ishdan keng 
foydalanish hisobiga boshqaruvchanlik koʻlamini yanada koʻpayishining ehtimoli 
bor. Masalan, D.Vudvord korxonalarni tekshirib chiqqandan keyin ishlab 
chiqarishning uchta har xil turlari uchun quyidagi maʼlumotlarni olgan. 
Mehnat ilmiy tadqiqot instituti boshqaruvchanlik meʼyorlarining quyidagi 
miqdorlarini tavsiya qilgan: 
boshqaruvning yuqori darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar har xil 
xarakterdagi vazifalarni bajaradilar, 3-7 nafar kishi; 
boshkaruvning oʻrtacha darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar oʻxshash 
vazifalarni bajaradilar, - 8-20 nafar kishi; 
boshqaruvning quyi darajasi uchun, bunda qoʻl ostidagilar bir xildagi 
vazifalarni bajaradilar, -21-40 nafar kishi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling