Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-rasm. Tashkilotning yashash davri


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.1-rasm. Tashkilotning yashash davri 
Birinchi bosqich - tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda 
asosiy vazifalar - bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun koʻproq foyda olishdir. 
Ikkinchi bosqich - tashkilotning oʻsishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi - qisqa 
muddatli foyda va jadal oʻsish. Asosiy vazifa - bozorning bir qismini qamrab olish. 
Uchinchi bosqich - tashkilotning balogʻati. Bunda asosiy maqsad barcha 
yoʻnalishlar boʻyicha samaradorlikni oshishidan iborat boʻladi. Eng muhim vazifa - 
korxonaning obroʻsini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda 
oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi. 
Toʻrtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi 
natijasida tashkilot oʻz mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning 
asosiy maqsadi mavjud oʻrinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni taʼminlashdan 
iboratdir. 
Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi 
ishlarning holati va menejmentning hulqiga koʻra quyidagi variantlar boʻlishi 
mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uni tugatilishi. Koʻpgina hollarda 
tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat boʻladi. 
Bunda tashkilot faoliyatini oʻzgartirish, uni qayt a tashkil qilish va innovatsiyalarni 
tadbiq etish asosiy vazifa boʻladi. 
Bozor tomonidan oʻzini oʻzi boshqarish bozor xoʻjaligi subʼyektlarining 
mehnat jamoalarini tashkil qiluvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar, yollanma 
xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (boʻlinishi)ni, va shunga koʻra, 
mulk egasini oʻzini oʻzi boshqarishi, tadbirkorni oʻzini oʻzi boshqarishi, 
menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi aʼzolarining oʻzini oʻzi 


87 
boshqarishini kuzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti subʼyektlari oʻrtasida vujudga 
keladigan boshqaruv vazifalarini taqsimlanishi koʻpgina omillarga bogʻliqdir. 
Hammadan avval har bir subʼyektning imkoniyatli (xos boʻlgan) vazifalarini ajratish 
kerak. Masalan, mulk egasi uchun bu - egalik qilish, foydalanish, boshqarish 
vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshkaruv munosabati boʻlgan oʻzini oʻzi 
boshqarishiga koʻra uning mulki vazifa sifatida boʻladi, uni u toʻliq hajmda yoki 
qisman bajarishi mumkin. 
Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil subʼyekti sifatida sarmoya-mulkni 
sarmoya-vazifadan ajralishi natijasida paydo boʻlgan, buning oqibatida mulk egasi 
va tadbirkorlar bir birlariga nisbatan avtonom boʻlib qolganlar (mulk egasi-
tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi boʻlolmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor 
iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, oʻz nomidan, oʻzining tavakalchiligi va 
javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirishga 
qaratilgan tashabbusli fao liyatni tashkil qiladi. 
Menejment va uning subʼyekti - menejerni har tomonlama taʼriflash mumkin. 
Birinchidan, menejmentni, tashkilot davlatniki boʻlsa ham, davlatga emas, balki 
tadbirkorlik tuzulmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur. Ikkinchidan, 
menejmentning, turli-tuman bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy yoʻlantirilganligi 
ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari, vazifalari, usullari va 
shakllarining yigʻindisi sifatida boʻladi. Menejer tashkilot faoliyatining 
samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad oladi. 
Mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat 
munosabatlari va ishning sifatini qarab oladi. Xo dimlar tomonidan bajariladigan 
boshqaruv vazifalarining doirasi ularning rivojlanganligi darajasi, ijtimoiy 
sherikligi, malakasi, shaxsiy sifatlari va boshqa ominlarga bogʻliqdir. 
Shuni taʼkidlash keraki, mulk egasi-tadbirkorni oʻzini oʻzi boshqarishi, 
menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasini oʻzini oʻzi boshqarish oʻrtasidagi 
chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar tashkilotning 
aktsiyasi yoki payi (ulush)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi boʻladilar. Bunda 
mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi aʼzosi vazifalarini maʼlum darajada 
bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi chegaralanishlari birmuncha samaraliroq 
boʻladi. 
Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa, 
ularning yuqori darajasi muhim rol oʻynaydi. Bunda mulk egasining oʻzini oʻzi 
boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati boʻladi. 
Zamonaviy tashkilotlar katta turli-tumanliklari bilan taʼriflanadilar va maʼlum 
alomatlar boʻyicha boʻlinadilar. 
Masalan, shakllantiiish alomatlari asosida quyidagilarga ajrati ladilar: 
Rasmiy tashkilotlar, ular aniq quyilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar
tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga biznesning barcha tashkilotlari, davlat va 
halkaro institutlar va idoralar kiradi. Ushbu oʻrganishning predmeti asosan rasmiy 
xoʻjalik tashkilotlari-yuridik shaxslardan iboratdir; 


88 
Norasmiy tashkilotlar, ular aniq maʼlum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz 
fao liyat yuritadilar; ularga oila, doʻstlik, odamlar oʻrtasidagi norasmiy 
munosabatlarning barcha institutlari kiradi.
Iqtisodiy faoliyatning turlari boʻyicha Oʻzbekiston korxonalari va 
tashkilotlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi berilgan. 
Mulkchilik shakllari boʻyicha tashkilotlar odatda xususiy, davlat, oilaviy va 
h.k. boʻlinadilar. 5.1-jadvalda Oʻzbekiston korxonalari va tashkilotlarini mulkchilik 
shakllari boʻyicha taqsimlanishi berilgan. 
Foydaga munosabat boʻyicha korxonalar tijorat va notijoratlarga boʻlinadilar. 
Birinchilar oʻz faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni moʻljallaydilar, 
ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlashga 
harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik fao liyatini, agar ularni tashkil qilish 
maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa, va ushbu maqsadga mos kelsa, amalga 
oshirishlari mumkin.
Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish boʻyicha tashkilotlar 
toʻrtta turga boʻlinadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi oʻzining oʻrni 
boʻyicha bir turdagi boʻlgan bir necha sohalar kiradi: 
• xom ashyoni olish bilan shugʻullanuvchi birlamchi davra sohalari oʻz ichiga 
qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, koʻmir sanoati va h.k.oladi; 


89 
• ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan, 
mashinasozlik, matallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.korxonalari va 
tashkilotlari kiradi; 
• uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi 
sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zurur xizmatlarni koʻrsatuvchilar 
kiradilar. Bular banklar, sugʻurta kompaniyalari, taʼlim muassasalari, turistik 
vakilliklar, chakana savdo va boshqalardir. 
• inson faoliyatining ilgʻor va tez rivojlanayotgan sohasi axborot texnologiyasi 
bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu turtinchi davra sohasidir. Bu 
sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va solohiyati butun 
dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda axborotlarning roli oʻsgani kabi, 
tez oʻsmokda. 
Tijorat va notijorat tashkilotlar fao liyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy 
huquqiy shakllar kuyidagilar: unitar korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari va oʻrtoqliklar, 
matlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar. 
Faoliyat turlari boʻyicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning 
bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. 
Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan toʻkimachilikdan) tashkil 
topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab 
chiqarish) mumkin. 
Xoʻjalik yuritish subʼyektlarini faoliyat turlariga ajratishda `uyidagi farqlar 
koʻzga tashlanadi: 
- asosiy faoliyat - bu qoʻshimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush 
qoʻshuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari boʻyicha bunday 
maʼlumotlarni olishning iloji yoʻq. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini 
faoliyatning ushbu turi bilan bogʻliq tovarlar va xizmatlarga toʻgʻri keluvchi yalpi 
ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday 
hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan 
band boʻlgan xo dimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan 
aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qoʻshimcha qiymat yoki band 
boʻlganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi toʻgʻri kelishi shart emas, ammo bu 
faoliyat ustivor boʻlishi kerak; 
- koʻmakchi faoliyat - unga fao liyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab 
chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Koʻmakchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari 
umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Faoliyatning 
asosiy va koʻmakchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning 
boshqa turlari uchun moʻljallanganlar. 
- yordamchi faoliyat - bu obʼyekt faoliyatining asosiy turlarini qoʻllab 
quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan 
ajratilmaydi - u asosiy ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi faoliyat (tashish, 
saqlash, xarid qilish, boshqaruv taʼminot, marketing, taʼmirlash va sozlash ishlari va 
h.k.). Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tarkibiy boʻlinmalarning yordamchi faoliyati 
uning asosiy faoliyati boʻyicha hisobga olinadi. 


90 
Tashkilotlar oʻlchamlari boʻyicha yirik, oʻrtacha va kichik guruhlarga 
ajratilishi mumkin. Bunday boʻlinishning tasniflovchi alomatlari sifatida koʻproq 
tahlil 
qilish 
uchun 
olinishi 
osonrok 
boʻlgan 
band 
boʻlganlar 
soni. 
sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan 
foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish uchun 
yetarlicha dalilli asoslar boʻlmagani sababli, amalda koʻpincha mezonlarning 
kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Taʼkidlash kerakki, Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab korxonalarni 
kichiklarga kiritish uchun quyidagi uchta mezonlar qoʻllaniladi: valyuta balansi 
(3.125 mln. yevrodan kamroq), oborot (6.25 mln yevrodan kamroq) va xodimlar soni 
(5.3 jadval). 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling