Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


 Tashkilotning ichki va tashqi muhiti


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti 
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi maʼlum bir muhitda (ichki 
va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga 
yoʻl qoʻygan holdagina boʻlishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi 
tashkilotning holati va faoliyati - uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit 
omillarining taʼsiri natijasidir. 


93 
5.3-rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va oʻzgaruvchanlari 
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining manʼbasi boʻladi. U oʻz 
ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning maʼlum oraligʻida mavjud 
boʻlish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar 
uning kerakligicha faoliyat 
yuritishini taʼminlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi 
boʻlishi mumkin. 
Bozor munosabatlarini shaklanishida tashkilot ichki muhitining oʻzgarishlari, 
uni bozorga moslashishi sodir boʻlishi kerak. 
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy 
bogʻlanishidan iborat boʻladi (5.3. rasm). 
-tashkiliy tuzilma; 
-tashkilot ichidagi jarayonlar; 
-texnologiya; 
-xo dimlar; 
-tashkiliy madaniyat. 
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida boʻlinmalarning vujudga kelgan 
ajratilishi, ular oʻrtasidagi aloqalar va boʻlinmalarning yagona bir butunga 
birlashishini aks ettiradi. 
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy 
mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini oʻz ichiga 


94 
oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli eʼtiborning predmeti boʻladi. 
Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish 
masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilgʻorroq 
texnologiyalarni paydo boʻlishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari 
yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq boʻlib bormoqda, chunki ularni hal qilish 
tashkilot uchun kelajakda jiddiy va gʻoyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib 
kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xo dimllardagi motivatsiyani 
yoʻqqa chiqarishi mumkin. 
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi boʻladilar Odamlarsiz tashkilot yoʻq. 
Tashkilot faqat unda odamlar boʻlgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar 
tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki 
muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bogʻlikdir. Shuning 
munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun "birinchi sonli predmet" 
boʻladilar. 
Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot aʼzolari tomonidan taqsimlanadigan eng 
muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yigʻindisidir.Tashkilotning 
hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi boʻlgan holda, u ham tashkilotning 
ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. 
Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi: 
• tashkilotni mavjud boʻlishinmg maʼnosini va uning xodimlar va mijozlarga 
munosabatini beruvchi falsafa; 
• tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud boʻlish maqsadlariga yoki ushbu 
maqsadlarga erishish usullariga tegishli boʻlgan ustivor qadriyatlar; 
• tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi oʻzaro munosabatlar 
tomoyillarini belgilab beruvchi hulq meʼyorlari; 
• tashkilotda "oʻyin" olib boriladigan qoidalar; 
• tashkilotda mavjud boʻluvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va 
tashkilot aʼzolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday oʻzaro hamkorlik qilishlarida 
nomoyon boʻluvchi muhit; 
• tashkilotda maʼlum tadbirlarni oʻtkazish, maʼlum ifodalar, belgilar va h.k.dan 
foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf - odatlar. 
Tashkilot xodimlari koʻproq menejment tomonidan va xususan yuqori 
rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy 
madaniyatning manbalari boʻladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha 
resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol oʻynashi 
mumkin. Ammo maqsadga erishish yoʻliga katta toʻsiq ham boʻlishi mumkin, 
ayniksa, u buning uchun oʻzgarishlar oʻtkazishni talab qilsa. 
Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qoʻllab 
quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta eʼtibor qaratishi 
kerak. 
Tashkilotning ichki hayoti koʻp sonli har har harakatlar, jarayonchalar va 
jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning oʻlchami va faoliyat turiga 
koʻra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi oʻrinni egallashlari, boshqalari 


95 
yo yoʻq boʻlishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo 
harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy 
jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning 
faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv obʼyekti boʻladilar. 
Ular quyidagilardan iborat: 
• ishlab chiqarish; 
• marketing; 
• moliya; 
• xo dimlarni boshqarish; 
• ekkaunting (xoʻjalik fao liyatini hisobga olish va tahlil qilish). 
Menejment tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga 
oshiradi, zarur boʻlgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va 
oʻzgartiradi. 
Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, 
ashyoviy jihatlarda oʻzaro hamkorlik qilishga qodir boʻlgan ochiq tizimdan iborat 
boʻladi. 
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan taʼminlovchi manba boʻladi. Bunda 
tashkilot ham, oʻz navbatida, buning uchun toʻlov sifatida tashqi muhitga oʻz 
faoliyatining natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan 
doimiy ravishda oʻzaro almashish holatida boʻladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, 
tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan oʻzaro hamkorligi mavjud 
boʻlish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini
hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga koʻrsatilayotgan 
xunik taʼsirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni taʼminlaydi. 
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga taʼsir 
koʻrsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga 
nisbatan koʻproq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga 
ajratish mumkin. 
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, 
ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita 
tashkilot bilan bogʻlik emaslar. 
Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, 
ular bevosita bogʻlanganlar va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar. Bular 
isteʼmolchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish boʻyicha sheriklar va h.k. 
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha taʼriflash mumkin. Masalan, nemis 
olimlari tashqi muhitni taʼriflash uchun "murakkab" va "dinamik" tushunchalaridan 
foydalanadilar. 
Tashqi muhitning murakkabligini taʼriflarning miqdori va turli- tumanligi bilan 
aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida 
hisobga olish zarur. Tashqi muhitning dinamikligini uning taʼriflarining 
oʻzgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning 
oʻzgaruvchanligini baholash mumkin boʻlgan asosiy taʼriflar uning omillarining tez-
tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir. 


96 
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillari gʻoyatda 
murakkab, bir maʼnoli boʻlmagan va oʻzgaruvchandirlar. Buning ustiga, koʻrsatib 
oʻtilgan omillar yaqindan oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi holatda boʻladilar, ulardan 
birlaridagi oʻzgarish boshqalaridagi oʻzgarishlarga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval 
quyidagilar bilan taʼriflanadi: 
- katta noaniqlik; 
- dinamiklik; 
- oldindan aytib boʻlmaslik; 
- murakkablik; 
- baʼzi bir tashabbuskorlik bilan. 
Masalan, bazaviy tashkilotlar (iktisodiy faoliyatning "Foydali qazilmalarni 
qazib chiqarish", "Qayta ishlovchi ishlab chiqarish" elektr quvvati, gaz va suvni 
ishlab chiqarish va taqsimlash" turlari boʻyicha)ning 2010 yilda oʻtkazilgan 
soʻroviga koʻra, bu tashkilotlardagi ishga doir faollikni cheklovchi asosiy omillar 
quyidagilardan iborat: tashkilotlarning pul mablagʻlarini yetishmasligi 35%, 
tashkilot mahsulotiga mamlakat ichidagi yetarli boʻlmagan talab 42%, noaniq 
iqtisodiy holat 16 %, kerakli uskunalarning yoʻqligi 30%, tashkilot mahsulotiga 
xorijdagi yetarlicha boʻlmagan talab 18%, hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan yuqori raqobot 25 %. 
Tashkilot-xoʻjalik yurituvchi subʼyektni normal ishlashiga jiddiy toʻsiqni yana 
biri ishga doir axborotlarning yetarlicha boʻlmagan hajmi, axborot kengligining 
surunkali yetkazib berishga bitimlarni shakllantirishni judayam qiyinlashtiradi, 
xoʻjalik xatarini oshiradi va ishga doir munosabat nafaqat qattiqqoʻllik va bir 
maʼnolikni, balki oʻzaro "murosa", egiluvchanlik va koʻp variantlikni koʻllashni 
talab qiladi. 
Zamonaviy tashkilot yashab qolishi va qoʻyilgan maqsadlarga erishishni 
taʼminlash uchun atrof-muhitni oʻzgarishlariga samarali javob qaytarish, 
moslashishga qodir boʻlishi kerak. Buning uchun tashkilot menejmenti, hammadan 
avval uning yuqori darajasi tashkilotning atrof- muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilish 
siyosatini ishlab chiqarishi va oʻtkazishi, tashkilot atrofdagi holatning noaniqligini 
pasaytirishi, uni atrof-muhitning oʻzgarishiga moslashishini rivojlantirishi kerak. 
Bunda atrof-muhit bilan samarali oʻzaro hamkorlik ham tashkilot ichidagi jarayonlar 
va ham tashqi muhitga taʼsir koʻrsatish bilan amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning 
atrof-muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilishi strategiyasi tashkilotlarni boshqarishining 
barcha jarayonlarini qurish burchagining boshida turishi kerak. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling