Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


 Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi 
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. 
Koʻpchilik kishilar oʻzlarining butun ongli hayotlari davomida oʻzlari aʼzosi boʻlgan 
yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bogʻlangandirlar. 
Ammo tashkilotning oʻzi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy 
alomatlar xo sdir? 
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va maʼlum maqsadlarga erishish uchun 
birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin. 
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga 
javob berishi kerak: 
•juda boʻlmaganda, oʻzini ushbu guruhning aʼzosi deb hisoblaydigan ikkita 
shaxsni mavjud boʻlishi; 
•juda boʻlmaganda guruhning barcha aʼzolari oʻzlari uchun umumiy deb qabul 
qilingan bitta maqsadni mavjud boʻlishi; 
• maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh aʼzolarini 
mavjud boʻlishi. 
Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har 
qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga 
oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud boʻlgan maqsadl ar va tashkilot 
salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir. 


84 
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq 
tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, 
chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta 
jarayonni amalga oshiradi: 
-tashqi muhitdan resurslarni olish; 
-mahsulotni ishlab chiqarish; 
-uni tashqi muhitga topshirish. 
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, 
tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular oʻrtasidagi maʼlum muvozanatni 
ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. 
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan 
belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u oʻz 
maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi 
muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini oʻynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki 
muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak boʻlganda, 
uni oʻzgartiradi. Boshqaruv tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarga 
rahbarlikni amalga oshiradi. 
Gap shundaki, har qanday tashkilotning fao liyati koʻp sonli har xil jarayonlar 
va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayonlar va jarayonchalarning har bir 
guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish boʻyicha ishning alohida turi 
sifatida koʻrib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari boʻlib, 
ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obʼyektiv xarakterga ega boʻlgan jarayon 
sifatida ajralib turadilar. 
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri Ch.Bernardning 
fikriga koʻra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida oʻzaro hamkorlik 
qilishga har bir kishiga alohida holda xos boʻlgan jismoniy va biologik cheklanishlar 
undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini toʻldiradilar, oʻz qobiliyatlarning vujudga 
keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli kiladi. Eng soddasi, 
chamasi, ibtidoiy toʻda boʻlgan, tashkilot birlashmasdan odamzotni yashab qolishi 
va sivilizatsiyani yaratishi mumkin boʻlmagan. 
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan 
sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir 
butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, 
salohiyatlari va va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning oʻzaro bir 
birlarini qoʻllab quvvatlashlari va oʻzaro toʻldirishlari bilan asoslanadi. Shunday 
qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning aʼzolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u 
ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yoʻqotishlarni qoplaydi. 
Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil boʻladi: 
- xodimlar va boʻlinmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi; 
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi; 
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan 
yaxshiroq foydalanish; 
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va 
ular bilan manerv qilish; 


85 
- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish 
joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy 
koʻnikmalaridan yaxshiroq foydalanish; 
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot 
(boʻlinma)da birlashtirish va h.k. 
Shuning bilan birga odamlarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham 
sinergetik samarani olishni kafolatlamaydi, baʼzida esa salbiy samara beradi. 
Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi boʻladi. 
Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan odamlar bilan 
maʼlum munosabatlarga kirib, koʻproq darajada, baʼzida esa butunlay ularga bogʻliq 
boʻlmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doirasida odamlar 
tashkilotdan uni tashkil qilishdan maqsadga erishish uchun foydalanadilar. Xususan, 
ular tashkilot ularga shoʻbaiqarli, muhim, obroʻli faoliyat bilan shugʻullanish 
imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan taʼminlashi, kerakli huquqlar, 
mustaqillik, hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalangan- likni 
kafolatlashiga umid qiladilar. 
Tashkilot oʻz navbatida, oʻz tomonidan birlashtirilgan odamlarning 
imkoniyatlaridan oʻzini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi. 
Shuning uchun oʻz aʼzolaridan maʼlum tajriba, bilimlar, malakalarini mavjudligini, 
ishlarda faol ishtirok etishni, ijrochilikni, javobgarlikni, intizomlilikni, oʻrnatilgan 
qoidalar va xulq meʼyorlariga boʻysunishni, oʻz maqsadlari va boyliklarini 
taqsimlashlarini kutadi. 
Ideal 
holda 
inson 
va 
tashkilot 
oʻrtasidagi 
oʻzaro 
munosabatlar 
muvofiqlashtirilgan boʻlishlari kerak, ammo muvozanat u yoki bu tomonidan 
suiisteʼmolliklar natijasida buzilishi mumkin, bunda yo tashkilot odamlarni kichkina 
vintchalar darajasiga tushuradi yoki odamlar tashkilotdan oʻzlarining gʻarazli 
maqsadlari yoʻlida foydalanadilar va shuning bilan uning salohiyati va obroʻsiga 
ziyon yetkazadilar. Ushbu va boshqa holda ham natija bilan xil boʻladi - tashkilot 
kuchsizlanadi va oʻz vazifalarini normal bajarishdan toʻxtaydi. 
Tashkilot aʼzolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning 
muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi va jipslashtiradi, tashkilotni 
mavjud boʻlishiga maʼno, uning harakatlariga aniqlik, aniq yoʻnalish beradi. 
Maqsadsiz tashkilot boʻlmaydi va boʻlish ham mumkin emas, chunki odamlar oʻz 
faoliyatlari erkinligini oddiygina yoʻqotishni va oʻzlari ichlaridan rozi boʻlmagan 
umumiy talablarga boʻysunishga rozi boʻlmaydilar. Shuni nazarda tutish kerakki, 
tashkilotning maqsadlariga faqat kuchlari va qobiliyatlarini birlashtirilishi kerakli 
hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning baʼzi bir "jiddiy" soni mavjudligidagina 
erishish mumkin. 
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati boʻladi, u ichki jarayonlarning 
baʼzi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi 
chegaralarni mavjudligi taʼminlaydi. Bu chegaralar "shaffof" yoki "noshaffof" 
devorlar koʻrinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli 
xildagi yozma buyruqlar va chekl ashlarga asoslangan "ideal" boʻlishlari mumkin. 


86 
Tashkilot faoliyatini oʻzini oʻzi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish 
uning muhim alomati boʻladi, u qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud 
qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish 
imkoniyatini koʻzda tutadi. "Oʻzini oʻzi boshqarish" atamasi oʻzini oʻzi 
boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunos-ligini aks ettiradi. 
Tashkilotlarning oʻzini oʻzi boshqarishi asosida ularning iqtisodiy va boshqa 
manfaatlari yotadi. 
Tashkilotning yashash davrini koʻrib chiqish mumkin. Uning eng keng 
tarqalgan varianti 5.1-rasmda berilgan. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling