Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-jadval  Tashkilotlarni xodimlar soni boʻyicha guruhlarga boʻlish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.3-jadval 
Tashkilotlarni xodimlar soni boʻyicha guruhlarga boʻlish 
Korxonaning sinfi 
Band bulganlarni soni, odam 
Kichik 
50 dan kamroq 
Oʻrta 
50-250 
Yirik 
250 dan ortiq 
 
Bizning mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston 
Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi" 
qonunda oʻz aksini topgan yondashuvdan foyd alanilgan. 
Unga koʻra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlariga quyidagi 
shartlarga mos keluvchi kooperativlar, tijorat tashkilotlari, yakka tadbirkorlar va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi dehqon (fermer) xoʻjaliklari kiradilar: 
yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy 
shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi 
tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xo dimlar yollash huquqisiz
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-
mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq 
tufayli oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda amalga 
oshiriladi; 
kichik korxonalar - mustaqil xoʻjalik faoliyatini olib boruvchioʻz balansiga ega 
boʻlgan, soliqlar va boshqa toʻlovlarni toʻlagandan soʻng foydasini oʻzi 
taqsimlaydigan korxo na; 
mikrofirma - kichik biznes korxonasining bir turi. Mamalakatimizda sanoat 
ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat koʻrsatish sohasida 10 
kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi 
korxonalar mikrofirma hisoblanadi. 
5.4-jadvalda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika koʻmitasining 
Oʻzbekiston Respublikasi kichik korxonalarining soni va ularni iqtisodiy faoliyat 
turlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotlar berilgan. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning 
boshqa soxa va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmogining oshishi orqali 
xam namoyon buldi. Xususan, mazkur soxaning sanoat maxsulotlari ishlab 


91 
chiqarishdagi ulushi 2005 yildagi 10,0 foizdan 2010 yilda 19,6 foizga, qishloq 
xoʻjaligida tegishli ravishda 95,7 foizdan 97,5 foizga, savdoda 43,7 foizdan 50,5 
foizga, yuk tashishda 24,6 foizdan 40 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida 
24 foizdan 30 foizga, eksport hajmida esa 6 foizdan 13,6 foizga qadar oshdi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling