Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-jadval Ishlab chiqarishning tashkiliy ierarxiyasi har xil boʻgʻinlari va turlari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.5-jadval
Ishlab chiqarishning tashkiliy ierarxiyasi har xil boʻgʻinlari va turlari uchun boshqaruvchanlik koʻlami Ishlab chiqarishning darajasi Donali ishlab chiqarish Ommaviy ishlab chiqarish Sinov tarzida ishlab chiqarish Yuqori boʻgʻin 4 7 10 Quyi boʻgʻin 23 48 15 Direktor darajasi (yuqori daraja) va brigadir darajasi (quyi daraja uchun boshqaruvchanlik darajasidagi katta farq (uch martadan to oʻn besh martagacha) shu bilan izohlanadiki, direktor va uning qoʻli ostidagilar (odatda bular uning oʻrinbosari va unga toʻgʻridan toʻgʻri chiquvchi sexlar va boʻlinmalar boshliqlari) darajasidagi muvofiqlashtirish nisbati brigadir va ishchilar darajasidagi muvofiqlashtirish nisbatidan ham amalga oshiriladigan huquqlarning mazmuni boʻyicha va ham axborotli almashuvning xarakteri boʻyicha juda kuchli farq qiladi. Agar brigadirga ishchini yuzini, nomini bilish zarur boʻlsa va u buni qiladi, direktor uchun oʻzining oʻrinbosari haqidagi bunday maʼlumotlar u bilan samarali oʻzaro hamkorlik oʻrnatish uchun yetarli boʻlmaydi. Shuning uchun tashkiliy ierarxiyaning pastki qavatlaridan boshqaruvchanlikning muvofiq koʻlami yoki meʼyorining yuqorisi tomon harakatlanishi miqdori kamroq boʻladi, chunki boshqaruv vazifalari murakkablashadi. Boshqaruvchanlik meʼyorlariga yana bir qator boshqa omillar ham taʼsir koʻrsatadilar. Hammadan avval bular ishni bajarish bilan bogʻlik omillar, yaʼni: • ishlarning oʻxshashligi; • ishlarning xududiy uzoqlashganligi; 101 • ishlarning murakkabligi. Omillarning yana biri kim rahbarlik qilishi va kimning ustidan rahbarlik qilishga bogʻlik: menejer va uning qoʻli ostidagilarning kasbiy darajasi va shaxsiy xususiyatlari. Omillarning eng koʻp sonli guruhi boshqaruvni tashkil qilishga tegishlidir: • huquqlar va javobgarliklarni boshqalarga topshirishdagi aniqlik darajasi; • maqsadlarni qoʻyilishidagi ravshanlik darajasi; • tashkilotdagi barqarorlik (oʻzgarishlarning tezligi) darajasi; • ish natijalarini oʻlchashdagi obʼyektivlik darajasi; • kommunikatsiyal ar texnikasi. Tashkiliy tuzilmalarning asosiy parametrlarini ajratish mumkin, ya ʼni: - boshkaruvning markazlashganlik (markazlashmaganlik) darajasi; - mehnatni taqsimlanganlik va ixtisoslashganligi darajasi; - deportamentlashtirish va kooperatsiyalash; - har bir darajadagi boshqaruvchanlik koʻlami; - boshqaruvning shakllantirilganlik darajasi; - boshqaruv bosqichlarining soni; - boʻgʻinlilik, yaʼni gorizontal (bir darajada) joylashgan boʻlinmalarning soni; - tizimning murakkabligi darajasi. Tashkiliy tuzilmalarning quyidagi turlari ajratiladi. Tashkiliy tuzilmalarni qoʻrish uchun tashkilotlarni boshqarish tizimidagi tizimchalar, idoralar va xodimlarning hukmronligi, boʻysundirishning vertikal nisbatlarini aks ettiruvchi ierarxiyalik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Toʻgʻri chiziqli tuzilma tashkilot va har bir boʻlinmaning boshida barcha vakolatlarga ega boʻlgan va boshqaruvning barcha vazifalarini oʻz qoʻliga jamlagan rahbat turishini koʻzga tutadi (5.4-rasm). Zanjircha boʻyicha yuqoridan pastga uzatiladigan uning qarori barcha quyida turuvchi boʻgʻinlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu tizimi rahbarlarning ierarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi (masalan, tashkilot tashkilot direktori, sex boshligʻi, master). Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling