Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-rasm. Toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7-rasm. Toʻgʻri chiziqli shtabli tashkiliy tuzilma
5.6-rasm. Toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma
Tuzilmaning kamchiligiga qoʻyidagilarni kiritish mumkin: • harakatlar birligining yoʻqligi; • vazifaviy xizmatlar oʻrtasida doimiy oʻzaro aloqalarni qoʻllab quvvatlash imkoniyati yoʻqligi; • qarorlar qabul qilishning uzoq muddatli tadbirlari; • ijrochilarning ish uchun javobgarliklarini pasayishi, chunki ulardan har biri bir necha rahbarlardan koʻrsatmalar oladilar; • xodimlar tomonidan "yuqoridan" olinadigan koʻrsatmalar va farmoyishlarni muvofiqlashmaganligini, chunki har bir vazifaviy boʻlinma oʻzining masalalarini birinchi oʻringa qoʻyadi. • yakka hukmronlik tamoyilini buzilishi. B oshqaruvning toʻgʻri chiziqli - shtabli tuzilmasida birinchi (toʻgʻri chiziqli) rahbarga aniq masalalarni ishlab chiqish va tegishli qarorlar, rejalarni tayyorlashda shtablar deb atalgan, vazifaviy boʻlimlardan tashkil topgan boshqaruvning maxsus apparati yordam beradi. Bunday boʻlinma oʻz qarorlarini yuqori rahbar orqali oʻtkazadi yoki (maxsus vakolatlar doirasida) ularni pastda turuvchi daraja xizmatlari va ijrochilarigacha yetkazadi (5.7 rasm). Vazifaviy boʻlinmalar, qoidaga koʻra, ishlab chiqarish (tijorat) boʻlimlariga mastaqil ravishda farmoyishlar berish huquqiga ega emaslar. 104 5.7-rasm. Toʻgʻri chiziqli shtabli tashkiliy tuzilma Vazifaviy xizmatlar ishlab chiqarishning texnik qoʻllab quvvatlanishini amalga oshiradilar, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish bilan bogʻlik masalalarni hal qilish variantlarini tayyorlaydilar, toʻgʻri chiziqli rahbarni rejalashtirish, moliyaviy hisob- kitoblar, moddiy-texnik taʼminot va boshqa masalalardan ozod qiladilar. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning yuqori operativligini taʼminlaydi. Firma qanchalik yirik boʻlsa, u shunchalik shoxlab ketgan apparatga ega boʻladi. Shu munosabat bilan vazifaviy xizmatlar fao liyatini muvofiqlashtirish yoki oʻzining ixtiyorida kompyuter texnikasiga ega boʻlgan yuqori malakali xo dimlarga ega yirik ixtisoslashgan boʻlinmalarni tashkil qilish haqidagi masala vujudga keladi. Boshqaruvning bu tuzilmalarida boʻlinmalar oʻrtasida gorizontal darajadagi yaqin aloqalar va oʻzaro hamkorliklar yoʻqdir. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi - bu boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining zamonaviy samarali turi boʻlib, u ikkita tuzilmalar toʻgʻri chiziqli va dasturiy maqsadni birga olib borish yoʻli bilan yaratiladi (5.7 rasm) Toʻgʻri chiziqli tuzilmaga muvofiq (vertikal boʻyicha) tashkilot faoliyatining ayrim sohalarini boshqarish amalga oshiriladi; ishlab chiqarish, sotish, taʼminot, dasturiy maqsadli tuzilmaga muvofiq (gorizontal boʻyicha) dasturi(loyihalar)ni boshqarish. Boshqaruvning matritsa tuzilmasida dastur(loyiha)ning rahbari toʻgʻri chiziqli rahbarlarga ham boʻysunuvchi mutaxassislar bilan ishlaydi. U aniq dastur boʻyicha nima va qachon qilinishi kerakligini belgilaydi. Toʻgʻri chiziqli rahbar esa u yoki bu ishni kim va qachon bajarishi kerakligini hal qiladi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasining afzalliklari quyidagilar: • boshqaruv xodimlari faoliyatini vazifaviy boʻlinmalar bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi dasturiy boʻlinmalarni shakllantirish yoʻli bilan faollashtirish, boshqaruv vazifalarini yuqori natijalarga erishish uchun javobgar boʻlgan rahbarlar (loyihaviy va dasturiy guruhlar rahbarlari) va mavjud resurslardan toʻliqroq foydalanish uchun 105 javobgar boʻlgan rahbarlar (vazifaviy boʻlinmalar boshliqlari) oʻrtasida yetarlicha aniq taqsimlanishi; • barcha darajadagi rahbarlar va mataxassislarni ishlab chiqarish (tijorat)ni takomillashtirish boʻyicha faol ijodiy faoliyatga jalb qilish; qarorlar qabul qilish boʻyicha vakolatlarni oʻrtacha darajaga topshirish natijasida yukori darajadagi rahbarlarga yuklamani pasaytirish. Bunda asosiy qarorlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va uni nazorat qilish yuqori darajada saqlanib qoladi; bir necha dasturlarni bajarishda resurslar bilan manevr qilishning egiluvchanligi va operativligi taʼminlanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling