Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


-rasm. Tarmoqli tashkilot tuzilmasining prinsipial chizmasi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.14-rasm. Tarmoqli tashkilot tuzilmasining prinsipial chizmasi 
Tashkilot tuzilishining umumiy chizmasi odatda kuyidagicha quriladi. 
Tashkilotning yuqorisida faqat uning bozordagi holatini belgilab beruvchi asosiy 
vazifalar markazlashadilar. Keyingi darajadagi ishlab chiqarish operatsiyalari 
markazlashtirilmaydilar. Pastki darajada tashkilot foyda markazlarini tashkil qilish 
bilan mahsulotini yoki geografik tamoyil boʻyicha guruhlashtiriladi, bu yerdan 
tashkilotni isteʼmolchiga, yaʼni bozorga chiqishi boshlanadi. Ushbu va yuqorida 
turgan darajalar oʻrtasidagi aloqa mahsulot va xududni birlashtiruvchi matritsa 
asosida quriladi. 
Tarmoqli tashkilotlar - bu, qoidaga koʻra, yirik vertikal boʻyicha 
integratsiyalangan 
kompaniya, 
uning 
ichidagi 
boʻlinmalar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish vazifasi rejalashtiruvchi va taqsimlovchi oʻrta boʻgʻin menejerlari 
tomonidan emas, balki bozor mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Tarmoqli 
tashkilot tuzilmasining prinsipial chizmasi 5.14. rasmda berilgan. 


132 
Tarmoqli tashkilotlar quyidagilarni taʼriflaydilar: 
- keng tarmoqli aloqalar; 
- mehnatni kamroq taqsimlanishi; 
- foydani tashkilotning eng muhim maqsadi sifatida muvofiqlashtirish; 
- hamkorlikning keng imkoniyatlari; 
- bilimlar va koʻnikmalarga bogʻliq taʼsir va hukmronlik; 
- xo dimlarning qonunga rioya qilishligi, xabardorligi va mustaqilligi; 
- tashkilotni shaxsiy manfaat, jamoa manfaatiga qaratilishi; 
- loyihani amalga oshirish paytida tashkil qilingan egiluvchan, vaziyatli ishchi 
jarayonlar. 
5.6-jadval 
Tashkilot tashkiliy shakliga yondoshuvlarning solishtirma taʼriflari 
Taʼriflar 
Anʼanaviy yondoshuv 
Yangicha yondoshuv 
Qisqacha belgilanish 
Tarkibiy yechim 
Shaxsiy yechim 
Asosiy mantiq 
Tahliliy 
ratsionallik 
(tabaqalarga 
ajralish, 
integratsiyalashish) 
Moslashuvchi 
ratsionallik(kerakli 
aloqalarni oʻrnatilishi) 
Konsepsiyali 
boshqaruvchi model 
Tashkilotning 
"yuqorisidan" 
topshirilgan 
Oʻzini oʻzi tashkil qilish 
Samaradorlik manbai 
Ratsional tuzilma 
Xodimlarning tashabbusi 
Samaradorlikni 
taʼminlash 
Muvofiq tuzilma 
Xodimlarni rivojlanishi 
Tuzilma 
Iyerarxik 
Geterarxik 
Boshqaruv konsepsiyasi 
Yakka hokimlik 
Yarim markaziy 
Relevantli 
boshqaruv 
kommunikatsiyasi 
Koʻrsatmalar, hisobotlar 
Xodimlarni oldindan bilib 
olish 
Kommunikatsiyani 
yoʻnaltirilganligi 
Vertikal 
Gorizontal 
Muammolarni 
hal 
qilishning solohiyati 
Tuzilmani qayta tashkil 
qilish 
Oʻzgarishlarni bilib olish 
mexanizmlari 
Tarmoqli tashkilotda tashkiliy tuzilma gʻoyatda kuchsiz namoyon boʻladi. 
Shunday kilib, zamonaviy boshqaruv amaliyotida tashkilotni boshqarish ikkita 
diametrli qarama qarshi yondoshuv mavjud, ularning taʼriflari 5.6 - jadvalda 
berilgan. 
Tashkilotni boshqarishga kiritilgan solishtirma yondoshuvlar ulardan har 
birining xususiyatlari, ijobiy sifatlarini koʻrsatadi. SHuning bilan bir vaqtda 
yechimlarning ikkala varianti ham tizimli boshqaruv nuqtai nazaridan jiddiy 
kamchiliklarga ega. 
Quyidagi dilemma vujudga keladi, bir tomondan, yangi tashkiliy mantiq 
mehnat vazifalarini chegaralash va birlashtirishni eʼtiborsiz qoldiradi, ikkinchi 


133 
tomondan - tuzilmali yechimga oddiygina qaytish istisno qilingan(tashqi muhitning 
yuqori dinamikligi va korxona shaxsiy tuzilmasini murakkablashishi sababli). 
Shubhasiz, har bir xo dimning omilkorligi, tashabbusi va irodasining kuchi har 
qanday markazlashmagan tashkilot faoliyatining asosiy shart- sharoiti boʻladi. 
Ammo xodimning yuqori omilkorligining oʻzi oʻzicha tashkiliy tuzilmaning tartibga 
soluvchi vazifaning oʻrnini bosolmaydi. 
Shunday qilib, anʼanaviy, tashkiliy tuzilmali yondoshiuv, korxonalarning 
tashkiliy tuzilmasidagi inqiroz koʻrinib turgan boʻlsa ham, hali yoʻq boʻlmagan. 
Tashkilot aʼzolarining vujudga kelgan muammolarini mustaqil hal qilish 
qobiliyatlariga asoslanuvchi muqobil boshqaruv qurollaridan toʻliqroq foydalanish 
yoʻli bilan uni hal qilish mumkin. 
Tashkiliy rivojlanishning istiqboli tuzilmali va shaxsiy qarorlarning qarama-
qarshiligi bilan belgilanadi.Tuzilmali va shaxsiy yondoshuvlar oʻrtasidagi 
ziddiyatlarni hal qilishni, birinchi qarashda ularning ziddiyatlarini bartaraf qilib 
boʻlmaydigandek 
koʻrinsa 
ham, 
ikki 
modellar 
tarkibiy 
qismlarining 
kombinatsiyalaridan qidirish kerak. Ikkala modelning, toʻgʻrirogʻi ularning eng 
yaxshi qismlarini yangi nazariy asosda birlashtiradigan doirali konsepsiya zurur. 
Bunday narsani qidirish tashkilot nazariyasi sohasidagi eng mihim vazifa boʻladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling