Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Partisipativli tashkilotning asosida yotuvchi barcha darajadagi xodimlarni 
boshqaruvda ishtirok etish quyidagilarni koʻzda tutadi: 
- qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish; 
- maqsadlarni belgilashda ishtirok etish; 
- mu ammolarni hal qilishda ishtirok etish; 
Boshqaruvda ishtirok etishning quyidagi darajalari ajratiladi: 
- takliflarni ilgari surish; 
- qarorlarning muqobil loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish; 


129 
- yakuniy qarorlarni tanlash. 
Haqiqiy amaliyotda partisipativ boshqaruvni amalga oshirishning bu barcha 
darajalari(yoʻlanishlari)dan odatda maʼlum kombinatsiyalarda foydalaniladi, chunki 
ular bir birlari bilan yaqindan bogʻlangandirlar va bir birlarini toʻldiradilar, bir birlari 
bilan kombinatsiyalarda oʻzlarini samarali nomoyon qilishlari mumkin. 
Birinchi daraja - takliflarni ilgari surish - anʼanaviy tashkilotga tarkibiy va 
boshqa oʻzgartirishlarni kiritishni talab qilmaydi va u rahbar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Bunday yondashuv markazlashtirilgan rahbarlikka ega korxo 
nalarda keng qoʻllanishi mumkin. 
Ikkinchi daraja - muqobillarni ishlab chiqish - tashkilotda bu vazifani samarali 
yechishi mumkin boʻlgan maxsus tuzilmalarni paydo boʻlishini talab qiladi. 
Amaliyotda bu vaqtinchalik yoki doimiy qoʻmitalar yoki komissiyalarni tashkil 
etilishida oʻz aksini topadi, ularga ushbu ishni bajarish topshiriladi. 
Uchinchi daraja - muqobillarni tanlash - boshqaruvda ishtirok etish ilmiy-
texnik, texnik-iqtisodiy va boshqaruvchi xarakteridagi maxsus kengashlari ishi 
shaklida amalga oshirilishini koʻzda tutadi. Ularning qarorlari koʻpincha qoshida 
ular tashkil qilingan rahbarlar uchun majburiy boʻladilar. Bu kengashlar tarkibiga, 
qoidaga koʻra, tashkilot ierarxiyasining pastroq darajasidagi, rahbar darajasidan 
keyinroq keluvchi shaxslar kiradilar. 
Bu tashkilot tuzilmasiga demokratik xarakter beradi: boshqalar ustidan 
hukmronlikka ega har bir shaxs ularning birgalikdagi nazoratiga hisobot beradi, bu 
tashkilotning har bir aʼzosiga yuqori mansabli shaxs tomonidan zulm qilishning 
oldini oladi. Bundan tashqari, boshqaruvda ishtirok etish qabul qilinayotgan 
qarorlarning sifatini oshiradi. Ishtirok etish ishga ijodiy yondashuvni rivojlantiradi, 
yangi gʻoyalarni tugʻdiradi va umuman ishni boyitadi. Xodimlarda mulkchilik hisi 
paydo boʻladi, faoliyat yuritishga undovlar oshadi, ular oʻzlari tomonidan qabul 
qilingan qarorlarni yaxshiroq bajaradilar. Guruhli, birgalikda ishlash muhiti 
yaratiladi, mehnat ahloqi va umumdorlik ancha yaxshilanadi. 
Tadbirkorlik tashkiloti. U oʻsishga qaratilgan va koʻproq nazorat qilinadigan 
resurslarga qaraganda, mavjud imkoniyatlarni moʻljallaydi. Bu koʻpincha qisqa 
muddatli, epizodik va bosqichma bosqich asoslarda amalga oshiriladi. Resurslar 
ustidan nazorat odatda vositali xarakterga ega (ijara, qarz va h.k.). Tashkilotning 
faoliyati samaradorlik asosida baholanadi. Tadbirkorlik tuzilmalari anʼanaviy 
tashkilotlardagi muvofiqlashtirishga emas, balki shaxsiy tashabbusiga asoslanadi. 
Bir joyga moslangan rivojlanish koʻp yoʻnalishlar boʻyicha rivojlanish bilan 
almashtiriladi. Tadbirkorlikda shaxsiy omilkorlik tashkiliy omilkorlikdan 
muhimroqdir. Odamlar, guruhlar va ularning malakasi asosiy tashkiliy omillar 
boʻladilar. 


130 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling