Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.17-rasm. Bitta texnologiyani
boshqasi bilan almashtiruvchi S- simon egri chiziqlar Bularning barchasi menejerlardan ularning korporatsiyalarini muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlarini taʼminlash uchun yangicha yondoshishlarni talab qiladi. Hujumkor innovatsion strategiya ushbu vaziyatga koʻproq mos keladi. (Toʻgʻri, bu holda muvaffaqiyat koʻproq menejerlarning fahm-farosatlariga, ularni 153 tavakkalchilik qilish qobiliyatiga, koʻpgina boshqa tashkiliy, boshqaruv muammolarni hal qilinishiga bogʻliqdir). Keyingi oʻn yillik texnologik oʻzgarishlarga misol boʻladiki, bu vaqtda texnologik uzilishlar nafaqat mahsulotlarning ayrim turlarini, balki butun bir sohalarni yoʻq boʻlib ketishini bildirganlar va hatto bir xil korxonalarning inqirozga va boshqasini parvoziga olib kelganlar. Gʻarbiy mamlakatlarning elektron sanoatidagi shunday vaziyat maʼlumki, bu yerda 50-yillarning oʻrtalarida, zamonaviy elektronika asrining boshlanishida, elektron lampalarni sotish hajmi taxminan 700 mil. dollarni tashkil qilgan, tranzisterlarni sotish esi judayam kam boʻlgan - 7 mil. Ammo chorak asr ichida tranzistorlar va integral sxemalarga oʻtish sodir boʻlgan. Sohada yetakchilarning toʻliq almashuvi sodir boʻlgan. Texnologik uzilishlar bugun eng jiddiy xavflirdan biri boʻlib, uni hatto gʻarbiy mamlakatlarning eng xotirjam, gullayotgan firmalari ham eʼtiborsiz qoldira olmaydilar. Texnologik uzilishlarning tezligini oʻsishi menejmentning oldiga ham innovatsion faoliyatni tashkil qilish, va ham firmani faoliyat yuritishining boshqa jihatlari bilan bogʻliq boʻlgan bir qator murakkab mu ammolarni qoʻyadi. Nazorat savollari 1. Har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari qanday? 2. Tashkilotni fao liyat yuritishining asosida nima yotadi? 3. Tashkiliy madaniyatning asosiy tashkil qiluvchilar qanday? 4. Tashkilotda mehnat taqsimotining qanday turlari mavjud? 5. Mehnatni gorizontal taqsimlanishi nima beradi? 6. Yuqori darajadagi rahbarlar uchun boshqaruvchanlikning qanday meʼyori mavjud? 7. Tashkilot boshqaruvi darajasini oshishida boshqaruvchanlik meʼyorlari qanday oʻzgaradilar? 8. Tashkilot boshqaruvining toʻgʻri chiziqli-vazifali tashkiliy tuzilmasi uchun qanday asosiy kamchilik xo sdir? 9. Tashkilot boshqaruvining toʻgʻri chiziqli-shtabli tashkiliy tuzilmasining toʻgʻri chiziqli-vazifaviydan asosiy farqi nimadan iborat? 10. Qanday tashkiliy tuzilma ishlab chiqarilayotgan yoki sotilayotgan tovarlar xususiyatlarining eng yaxshi tarzda hisobga olishga imkon beradi? 11. Divizional tashkiliy tuzilmalarning qanday turlari mavjud? 12. Mintaqaviy tashkiliy tuzilmalar qanday asosiy kamchilikka egalar? 13. Boshqaruvning tashkiliy turiga ega korxonaning asosiy xususiyati qanday? 14. Kombinatsiyalangan tashkiliy tuzilma boshqaruvining qanday darajasi aniq tashkilotning xususiyatlarini aks ettiradi? 15. Oʻzgarishlarga qarshilik qiluvchi va egiluvchan tashkiliy tuzilma va barqaror vazifalariga ega tashkilotlar uchun boshqaruvning qanday turi xo sdir? 16. Zamonaviy tashkilotlarni rivojlanishidagi asosiy tendensiyalar qanday? 17. Qanday tashkilotlarda avtonom ishchi guruh bir vaqtda uchta vazifa-ishlab chiqarishni resurslar bilan taʼminlash, tovar ishlab chiqarish, bu tovarning isteʼmolchisiga xizmat koʻrsatishni bajaradi? 154 18. Tadbirkorlik tashkilotning chizmasida yuqori rahbariyat qanday darajada turadi? 19. Qanday zamonaviy tashkilot xodimlarni boshqaruvda ishtirok etishlariga asoslangan? 20. Tashkilot boshqaruvining qanday darajasi tashqi muhit bilan oʻzaro hamkorli siyosatini ishlab chiqishi va oʻtkazishi kerak? 21. Qanday jarayon tashkilotning strategik boshqaruvida dastlabki boʻladi? 22. Tashkilot fao liyat strategik boshqaruvining bosqichlari qanday? 23. Qanday omillar tashkilotni boshqarishning samarador-ligiga taʼsir koʻrsatadilar? 24. Innovatsion strategiyalarini turlarini ayting? 25. Innovatsion jarayon qanday amalga oshiriladi? 26. Tavakkalchilikni taqsimlash imkoniyati nima? Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling