Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1599452
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish

5.4.Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar 
Hozirgi sharoitlarda tashkilot (xorij amaliyotida firma) bozordagi raqobot 
munosabatlarining asosiy harakat qiluvchi shaxsi boʻladi. 
Tijorat, yaʼni foyda olish uchun harakat qiluvchi tashkilotlar (korxonalar)ning 
tarixi tomirlari bilan anʼanaviy jamiyatga borib taqaladi. Ularning u yoki bu shakllari 
amalda uzoq oʻtmishning barcha buyuk siviliziatsiyalarida qayd etilganlar. Koʻproq 


110 
savdogarchilik va (bir oz kamroq darajada) hunarmandchilik korxonalari keng 
tarqalganlar. Ulardan baʼzi birlari katta yutuqlarga erishganlar va nisbatan murakkab 
tashkiliy tuzilmaga ega boʻlganlar. Masalan, antik zamonning yirikroq ustaxonalari 
- ergasteriyalarda nazoratchilarning koʻp bosqichli ierarxiyasi nazorati ostida 300 
gacha qullar ishlaganlar, mahsulot esa har xil shaharlardagi baʼzi bir xuddi shunday 
doimiy sotish tarmogʻi orqali sotilgan. 
Zamonaviy firmalarda kapitalistik davrgacha boʻlgan tijorat korxonalari, 
qoidaga koʻra, quyidagalar bilan farqlanadilar: 
• majburiy mehnatdan foydalanish; 
• faoliyatning anʼanaviy xarakteri (oʻn yillar damomida oʻzgarmaydigan 
texnologiya, bir xildagi mahsulot, bir marta va butunlay qabul qilingan tuzilma); 
• iqtisotdyotagi oʻsha vaqtda ustivor boʻlgan xoʻjalik yuritishning novator, 
oʻzini oʻzi taʼminlovchi (yoki notural) turiga nisbatan ikkinchi darajali roli. 
Birinchi kapitalistik firmalar kichik, yakka shaxsli egalik yoki oʻrtoqlik kabi 
tashkil qilinganl ar (firmalarning keyingi turi sheriklik yoki payl ardagi jamiyat deb 
ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma fao liyati uchun zarur boʻlgan barcha 
sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan. 
Egasi 
(yoki 
egalarning 
tor 
guruhi)ni 
firmaning 
muvaffiqiyatidan 
manfaatdorligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yoʻqligida (barcha 
narsani xoʻjayinning oʻzi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va oʻrtoqliklar 
kichik firmani tashkilotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar rivojlangan 
kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga yaqini xuddi 
shu asosda harakat qiladilar. 
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar boʻyicha tasniflash qabul 
qilingan: 
• xoʻjalik fao liyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sugʻurta, savdo, 
injiniring,sayyohlik va boshqalar); 
• huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi); 
• mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ); 
• faoliyat sohasi; 
• oʻlchami. 
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani oʻrganish natijasida 
tashkiliy-huquqiy shakli, uning isteʼmol bozoridagi holati, firma ichidagi 
munosabatlar, faoliyatning xarakteri va koʻlamlari haqida toʻliq tassavvur olish 
imkoniyatini beradi. 
Oʻzbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali fao liyat 
yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish tizimining huquqiy 
taʼminlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi tizim-
mintaqa, soha, mamlakat, qoʻshma tashkilot esa - jahon hamjamiyatning tuzilmasi 
boʻladi. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
hozir 
bozor 
munosabatlarini 
shakllanishi 
bosqichidadir. Ushbu jarayonni huquqiy taʼminla-shining koʻpgina yoʻnalishilari 
hozir yangilangandirlar. Bu eng muhim yoʻnalish - tashkilotlar faoliyatini huquqiy 
tartibga solishga ham tegishlidir. U hammadan avval Oʻzbekiston Respublikasi 


111 
Fuqarolik Kodeksining meʼyorlariga muvofiq amalga oshiriladi, u korxonalar va 
tashkilotlar- yuridik shaxslarning qoʻyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilaydi 
[1,2]: 
- xoʻjalik oʻrtoqliklari va jamiyatlari; 
- ishlab chiqarish kooperativlari; 
- davlat unitar korxonalari; 
- notijorat tashkilotlar. 
Oʻz navbatida xoʻjalik oʻrtoqliklari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy -huquqiy 
shakllarga ega boʻlishlari mumkin: 
- toʻliq oʻrtoqlik; 
- ishonchdagi oʻrtoqlik; 
- maʼsuliyati cheklangan jamiyat; 
- qoʻshimcha javobgarlikka ega jamiyat; 
- ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati; 
- yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati; 
- shoʻba va bogʻliq jamiyatlar. 
Hammadan avval "yuridik shaxs" tushunchasini koʻrib chiqamiz. 
Mulkchiligida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan 
mulkiga ega va oʻzining majburiyatlari boʻyicha shu mulk bilan javob beruvchi 
tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega boʻlishi, sudda 
daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki 
smetaga ega boʻlishlari kerak. 
Oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni koʻzlovchi tashkilotlar 
(tijorat tashkilotlari ) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni koʻzlamaydigan va 
olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat 
tashkilotlar) yuridik shaxslar boʻlishlari mumkin. 
Tijorat tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar xoʻjalik oʻrtoqliklari va 
jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil 
qilinishlari mumkin. 
Notijorat tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar isteʼmolchilar kooperativlar, 
muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy 
tashkilotlar (birlashmalar, hayriya jamgʻarmalari shaklida, hamda qonun tomonidan 
koʻzda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari 
tadbirkorlik faoliyatini faqat oʻzlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga 
xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga oshirishlari 
mumkin. 
Yuridik shaxs adliya idoralarida yuridik shaxslarini roʻyxatga olish haqidagi 
qonunda maʼlum tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak. U yo nizom, yoki taʼsis 
shartnomasi va nizom, yoki faqat taʼsis shartnomasi asosida harakat qiladi. Qonunda 
koʻzda tutilgan hollarda tijorat tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxs ushbu turdagi 
tashkilotlar haqidagi umumiy qoidalarga asosan harakat qilish mumkin. 
Yuridik shaxsning taʼsis shartnomasi uning taʼsischilar (ishti- rokchilar) 
tomonidan tuziladi, nizom esa tasdiqlanadi. Ushbu kodeksga muvofiq bitta taʼsischi 


112 
tomonidan tashkil qilingan yuridik shaxs ushbu taʼsischi tomonidan tasdiqlangan 
nizom asosida harakat qiladi. 
Yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, 
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab beriladi, hamda tegishli turdagi 
yuridik shaxslar uchun qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlar 
boʻladi. Notijorat tashkilotlari va unitar korxonalarning, qonunda koʻzda tutilgan 
hollarda boshqa tijorat korxonalarining ham taʼsis hujjatlarida yuridik shaxs 
faoliyatining predmeti va maqsadlari belgilab berishlari kerak. Tijorat tashkiloti 
faoliyatining predmeti va maʼlum maqsadlari qonun boʻyicha majburiy boʻlmagan 
hollarda ham taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan boʻlishlari mumkin. 
Taʼsis shartnomasida taʼsischilar yuridik shaxsni tashkil qilish majburiyatini 
oʻzlariga oladilar, uni tashkil qilish boʻyicha qoʻshma faoliyatining tartibi, unga oʻz 
mulklarini topshirish va uni faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar. 
Shartnoma tomonidan foyda va zararlarni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlanishi, 
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish, taʼsischilar (ishtirokchilar)ni uning tarkibidan 
chiqishi shartlari va tartibi belgilanadi. 
Tashkilotlar aniq tashkiliy-huquqiy sherikliklarining baʼzi bir xususiyatlari, 
ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir. 
Toʻliq oʻrtoqlik - oʻrtoqlik ishtirokchilari (toʻliq oʻrtoqlar) ular oʻrtasida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻrtoqlik nomidan tadbirkorlik fao liyati bilan 
shugʻullanadilar va uning majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli boʻlgan mulk 
bilan javob beradilar. 
Shaxs faqat bitta toʻliq oʻrtoqlikning ishtirokchisi boʻlishi mumkin. 
Toʻliq oʻrtoqlik firmasining nomi yoki uning barcha ishtirokchilarining 
ismlari(nomlari) va "toʻliq oʻrtoqlik" soʻziga, yoki bitta yoki bir necha 
ishtirokchilarning ismi(nomi)ga va "kompaniya" va "toʻliq oʻrtoqlik" soʻzlarini 
qoʻshilishiga ega boʻlishi kerak. 
Toʻliq oʻrtoqlik taʼsis shartnomasi asosida tashkil qilinadi va harakat qiladi, u 
uning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Toʻliq oʻrtoqlikning taʼsis 
shartnomasi quyidagilarga ega boʻlishi kerak: oʻrtoqlikning nomi; uni joylashgan 
joyi; faoliyatini boshqarish tartibi; oʻrtoqlik yigʻma sarmoyasining miqdori va 
tarkibi haqidagi shartlar; ishtirokchilardan har birining yigʻma sarmoyadagi 
ulushlarining miqdori va uni oʻzgartirish tartibi haqida; ular tomonidan 
kiritilayotgan kiritmalarning miqdori, tarkibi va tartibi haqida; ishtirokchilarning 
kiritmalar kiritish boʻyicha majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi haqida. 
Toʻliq oʻrtoqlik faoliyatini boshqarish barcha ishtirokchilarning umumiy 
roziligi boʻyicha amalga oshiriladi. Oʻrtoqlikning taʼsis shartnomasi tomonidan 
qaror ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi hollari koʻzda tutilishi 
mumkin. Toʻliq oʻrtoqlikning har bir ishtirokchisi, agar taʼsis shartnomasi 
tomonidan uning ishtirokchilari ovozlarini belgilashning boshqacha koʻzda 
tutilmagan boʻlsa, bitta ovozga ega boʻladi. 
Ishonchdagi oʻrtoqlik (kommanditli oʻrtoqlik) - bu oʻrtoqlik nomidan 
tadbirkorlik fao liyatini amalga oshiruvchi va oʻrtoqlik majburiyatlari boʻyicha oʻz 
mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar (toʻliq oʻrtoqlar) dan tashqari , oʻzlari 


113 
tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida oʻrtoqlik faoliyati bilan bogʻliq 
zarar koʻrish xatariga ega va oʻrtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar 
(kommandititlar) mavjud boʻladi. 
Shaxs faqat bitta ishonchdagi oʻrtoqlikda toʻliq oʻrtoq boʻlishi mumkin. 
Agar ishonchdagi oʻrtoqlik firmasi nomiga kiritma kirituvchining ismi 
kiritilgan boʻlsa, bunday kiritma kirituvchi toʻliq oʻrtoq boʻladi. 
Ishonchdagi oʻrtoqlik fao liyatini boshqarish toʻliq oʻrtoqlar tomonidan amalga 
oshiriladi. Bunday oʻrtoqlikni uning toʻliq oʻrtoqlari tomonidan boshqarish va 
ishlarni olib borish tartibi ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik 
kodeksidagi toʻliq oʻrtoqlik haqidagi qoidalari boʻyicha belgilanadi. Kiritma 
kirituvchilar oʻrtoqlikni boshqarish va uni ishlarini olib borishda ishtirok etish, uning 
nomidan, ishonchnoma boʻyicha boshqacharoq, harakat qilish huquqiga ega 
emaslar. Ular toʻliq oʻrtoqlarning oʻrtoqlikni boshqarish va ishlarini olib borish 
boʻyicha harakatlari boʻyicha tortishish huquqiga ega emaslar. 
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan taʼsis 
etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi taʼsis hujjatlari tomonidan maʼlum 
ulushlarda taqsimlangan. Maʼsuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning 
majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar va oʻzlari tomonidan kiritilgan 
kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zarar koʻrish xatariga 
ega boʻladilar. 
Jamiyatning toʻliq boʻlmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning 
majburiyatlari boʻyicha ishtirokchilardan har biri ulushining toʻlanmagan qismi 
qiymati doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar. 
Maʼsuliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomi va 
"maʼsuliyati cheklangan" soʻziga ega boʻlishi kerak. 
Jamiyatning yuqori idorasi uning ishtirokchilarining umumiy majlisidan 
iboratdir. Jamiyatda uning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi va 
umumiy majlisga hisobot beruvchi ijroiya idorasi tashkil qilinadi. 
Jamiyat ishtirokchilari umumiy majlisining mutloq huquq doiralariga 
quyidagilar kiradi: 
• uning nizomi va nizom sarmoyasi miqdorini oʻzgartirish; 
• jamiyatning ijroiya idoralarini tashkil qilish va ularning vakolatlarini 
muddatidan oldin tugatish; 
• jamiyatning yillik hisobotlari va bu xgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning 
foydalari va zararlarini taqsimlash; 
• jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish; 
• jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi ) ni sayl ash. 
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat haqidagi qonun tomonidan umumiy 
majlisning mutloq huquq doirasiga "boshqa masalalarni hal qilish ham 
kiritilishi mumkin". 
Jamiyat ishtirokchilar umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga kiritilgan 
masalalar ular tomonidan jamiyat ijroiya idorasiga hal qilish uchun topshirilishi 
mumkin emas. 


114 
Maʼsuliyati cheklangan jamiyat yillik moliyaviy hisobotining toʻgʻriligini 
tekshirish va tasdiqlash uchun u jamiyat yoki uning ishtirokchilari bilan mulkiy 
manfaatlar bilan bogʻliq boʻlmagan kasbiy auditorni har yili jalb qilish huquqiga 
ega(tashqi audit). Jamiyat yillik moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi yana 
uning ishtirokchilaridan har birining talabi boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin. 
Jamiyat faoliyatining auditorlik tekshiruvini oʻtkazish tartibi qonun va jamiyat 
nizomi tomonidan belgilanadi. 
Qoʻshimcha maʼsuliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan 
taʼsis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi taʼsis hujjatlari tomonidan maʼlum 
miqdorlardigi ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning 
majburiyatlari boʻyicha oʻz mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi 
jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan ularning kiritmalarining karrali 
qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta ishtirokchini 
bankrot boʻlishida uning jamiyat majburiyatlari boʻyicha javobgarligi, agar jamiyat 
hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi koʻzda 
tutilmagan boʻlsa, qolgan ishtirochilar oʻrtasida ularning kiritmalariga mutonosib 
ravishda tasdiqlanadi. 
Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aksiyalarning maʼlum 
soniga taqsimlangan jamiyat. Aksiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aksiyadorlar) 
uning majburiyati boʻyicha javob bermaydilar va oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalar 
qiymati doirasida jamiyat fao liyati bilan bogʻlik zarar koʻrish xatariga egalar. 
Aksiyalarga toʻliq haq toʻlamagan aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining 
majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalarning haq toʻlanmagan 
qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar. 
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aksiyadorlik ekanligining 
koʻrsatilishiga ega boʻlishi kerak. 
Ishtirokchilari oʻzlariga tegishli boʻlgan aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning 
roziligisiz tortib olishlari mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik 
jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat oʻzi tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq 
obunani oʻtkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan 
belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin. 
Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili umumiy maʼlumot berish uchun yillik 
hisobot, buxgalteriya balansi, foydalar va zararlarning hisobini bosib chiqarishi 
kerak. 
Aksiyalar faqat uni taʼsischilari yoki boshqa shaxslarning oldindan beogilangan 
doirasi orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq deb tan olinadi. U oʻzi 
tomonidan chiqarilgan aksiyalarga ochiq obunani oʻtkazish yoki ularni shaxslarning 
cheklanmagan doirasiga xarid qilish uchun boshqa tartibda taklif qilish huquqiga ega 
emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa 
aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni xarid qilishning afzallik huquqiga 
egalar. Yopiq aksiyadorlik jamiyati ishtirochilarining soni aksiyadorlak jamiyatlari 
haqidagi qonun tomonidan maʼlum sondan oshib ketmasligi kerak, aks holda u bir 
yil davomida ochiq aksionerlik jamiyatiga oʻzgartirilishi, bu muddat oʻtgach, sud 
tartibida tugatilishi kerak. 


115 
Aksiyadorlik jamiyati taʼsischilari bir birlari bilan jamiyatni tashkil qilish 
boʻyicha qoʻshma faoliyatni amalga oshirish tartibi, nizom sarmoyasining miqdori, 
chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi va ularni joylashtirish tartibi, hamda 
aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa 
sharoitlarni belgilab beruvchi shartnomani tuzadilar. 
Aksiyadorlik jamiyatining taʼsis hujjati uning taʼsischilari tomonidan 
tasdiqlangan nizomdan iboratdir. 
Aksiyadorlik jamiyatining nizomi quyidagilarga ega boʻlishi kerak: 
jamiyatning nomi, uning joyl ashgan joyi, faoliyatini boshqarish tartibi, jamiyat 
tomonidan chiqarilayotgan aksiyalarning kategoriyasi, ularning nomenal qiymati va 
miqdori haqida, jamiyat nizom sarmoyasining miqdori haqida, aksiyadorlarning 
huquqlari haqida, jamiyat boshqaruv idoralarining tarkibi va huquq doiralari va ular 
tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi. Shu jumladan qaror yakka ovoz yoki 
ovozlarning malakali koʻpchiligi bilan qabul qilinadigan masalalar boʻyicha ham 
qabul qilinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining nizomi yana aksiyadorlik 
jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlarga ham 
ega boʻlishi kerak. 
Aksiyadorlik jamiyatining nizom sarmoyasi aksiyadorlar tomonidan xarid 
qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan tashkil topadi. 
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalariga ochiq obunaga nizom sarmoyasiga toʻliq 
haq toʻlab boʻlinguncha qadar yoʻl qoʻyilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatni taʼsis 
etishda barcha aksiyalar taʼsischilar orasida taqsimlanishi kerak. 
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvning yuqori idorasi uning aksiyadorlarining 
umumiy majlisidan iboratdir. 
Aksiyadorlar umumiy majlisining favqulotida huquq doiralariga quydagilar 
kiradilar: 
• jamiyat nizomini oʻzgartirish, shu jumladan uning nizom sarmoyasini 
oʻzgartirish; 
• aksiyadorlarning ellikdan ortiqroq soniga ega jamiyatda direktorlar kengashi 
(kuzatuv kengashi) aʼzolarini va jamiyatning taftish komissiyasi (taftishchi)ni 
saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish; 
• jamiyat ijroiya idoralarini tashkil qilish va, agar jamiyat nizomi tomonidan bu 
masalalarni yechish direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi)ning huquq doirasiga 
kiritilmagan boʻlsa, ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish; 
• jamiyatning yillik hisobotlari, buxgalteriya balanslari, foydalar va zararlar 
hisobotini tasdiqlash, uning foydalari va zararlarini taqsimlash; 
• jamiyatni qaytadan tashkil qilish yoki tugatish haqida qaror qabul qilish. 
Aksiyadorlik jamiyatlar haqidagi qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy 
majlisning favqulotida huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham 
kiradi. Qonun tomonidan aksiyadorlar umumiy majlisning favqulotlarda huquq 
doirasiga tegishli boʻlgan masalalar jamiyat ijroiya idoralariga hal qilish uchun 
topshirilishi mumkin emas. 
Aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonunga muvofiq jamiyat nizomi tomonidan 
direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tashkil qilingan holda uni mutloq huquq 


116 
doirasi belgilanishi kerak. Nizom tomonidan direktorlar kengashi(kuzatuv 
kengashi)ni mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar u tomonidan jamiyatning 
ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilish mumkin emas. 
Jamiyatning ijroiya idorasi kollegiyali (boshqaruv, direktorlik) va (yoki) yakka 
shaxsli(direktor, bosh direktor)dan iborat boʻlishi mumkin. U jamiyat faoliyatiga 
joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) va 
aksiyadorlarning umumiy majlisiga hisobot beradi. Jamiyat boshqaruvi huquq 
doirasiga boshqa idoralarining qonun yoki jamiyat nizomi tomonidan belgilangan 
mutloq huquq doirasiga kirmaydigan barcha masalalarni hal qilish kiradi. 
Aksiyadorlar umumiy majlisining qaroriga koʻra jamiyat ijroiya idorasining 
vakolatlari shartnoma boʻyicha boshqa tijorat tashkilotiga yoki yakka tartibdagi 
tadbirkor (boshqaruvchi)ga topshirlishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi idoralarining huquq doirasi, hamda ular 
tomonidan qarorlar qabul qilish va jamiyat nomidan chiqishlar tartibi Oʻzbekiston 
Respublikasining Fuqoralik kodeksi, aksiyadorlik jamiyatlari haqidagi qonun va 
jamiyat nizomi tomonidan belgilab beriladi. 
Aksiyadorlik jamiyati yillik moliyaviy hisobotning toʻgʻriligini tekshirish va 
tasdiqlash uchun har yili jamiyat va uning ishtirokchilari bilan mulkiy manfaatlar 
bilan bogʻlanmagan kasbiy auditorni jalb qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvi nizom 
sarmoyasidagi yigʻma ulushi oʻn va undan ortik faozlarni tashkil qiluvchi 
aksiyadorlarning talabi boʻyicha istalgan vaqtda oʻtkazilishi mumkin. 
Shoʻba va bogʻliq jamiyatlar. Xoʻjalik jamiyati, agar boshqa (asosiy) xoʻjalik 
jamiyati yoki oʻrtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular 
orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat 
tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega boʻlsa, shoʻba 
jamiyat deb tan olinadi. 
Shoʻba jamiyat asosiy jamiyat (oʻrtoqlik)ning qarzlari boʻyicha javob 
bermaydi. 
Shoʻba jamiyatiga uning uchun majburiy boʻlgan qoʻrsatmani, shu jumladan 
uning bilan shartnoma boʻyicha koʻrsatma berish huquqiga ega asosiy jamiyat 
(oʻrtoqlik) keyingi tomonidan bu koʻrsatmani ijro etish uchun tuzilgan bitimlar 
boʻyicha shoʻba jamiyat bilan birgalikda javob beradi. 
Shoʻba jamiyatining ishtirokchilari(aksiyadorlari), agarda xoʻjalik jamiyatlari 
haqidagi qonunda boshqa narsa qoʻzda tutilmagan boʻlsa, asosiy jamiyat 
(oʻrtoqlik)dan uning aybi bilan shoʻba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab 
qilish huquqiga egalar. 
Xoʻjalik jamiyati, agar boshqa(ustivor, ishtirok etuvchi) jamiyat aksiyadorlik 
jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma foizidan koʻprogʻiga yoki maʼsulyati 
cheklangan jamiyat nizom sarmoyasining yigirma foiziga ega boʻlsa, bogʻlik deb tan 
olinadi. 
Ishlab chiqarish kooperativi (arteli) - fuqarolarning oʻzlarning shaxsiy 
mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va 
boshqa xoʻjalik faoliyati (sanoat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, 
qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa 


117 
xizmatlarni koʻrsatish) uchun aʼzolik va uning aʼzolari (ishtirokchilari)ning mulkiy 
payli badallarini birlashtirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab 
chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik 
shaxslarni ham ishtirok etishi koʻzda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi 
tijorat tashkiloti boʻladi. 
Kooperativning firma nomi uning nomi va "ishlab chiqarish kooperativi" yoki 
"arteli" soʻziga ega boʻlishi kerak. 
Kooperativning taʼsis hujjati uning aʼzolari umumiy majlisi tomonidan 
tasdiqlangan nizomidan iborat boʻladi. 
Kooperativ aʼzolarining soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak. 
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning aʼzolarining umumiy 
majlisidan iborat boʻladi. 
Ellik nafardan ortiq aʼzosiga ega kooperativda1 kuzatuv kengashi tashkil 
qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi. 
Boshqaruv va (yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari boʻladilar. Ular 
kooperativ fao liyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va 
kooperativ aʼzolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar. 
Faqat kooperativ aʼzolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining 
aʼzolari, hamda kooperativ raisi boʻlishlari mumkin. Kooperativ aʼzosi bir vaqtda 
kuzatuv kengashi aʼzosi va boshqaruv aʼzosi yoki kooperativ raisi boʻlishi mumkin 
emas. 
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni 
qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi. 
Kooperativ aʼzolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qoʻyidagilar 
kiradi: 
• nizomni oʻzgartirish; 
• kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning aʼzolari vakolatlarini tugatish, 
hamda agar bu huquq nizom boʻyicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan 
boʻlsa, kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish; 
• kooperativ aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqarish; 
• kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va 
uning foyda va zararlarini taqsimlash; 
• kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish. 
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi 
tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal 
qilish ham kiritilishi mumkin. 
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq 
doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal 
qilish uchun topshirilishi mumkin emas. 
Kooperativ aʼzosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta 
ovozga ega boʻladi. 
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki boʻlgan va 
korxonaga xoʻjalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida 


118 
tegishli boʻlgan, oʻziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega boʻlmagan 
tijorat tashkiloti tan olinadi. 
Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini koʻrsatilishiga ega boʻlishi 
kerak. 
Unitar korxo naning idorasi uning rahbari boʻladi, u mulk egasi yoki unga 
vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi. 
Unitar korxona oʻzining majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan barcha 
mulki bilan javob beradi va oʻzining mulk egasining majburiyatlari boʻyicha 
javobgarlikka ega boʻlmaydi. 
Xoʻjalik fao liyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxo na buning 
uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish 
idorasining qarori boʻyicha tashkil qilinadi. Korxonaning taʼsis hujjati uning mulk 
egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir. 
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona (davlatga qarashli 
korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq Oʻzbekiston 
Respublikasi huqumatining qarori boʻyicha tashkil qilinadi. 
Davlatga qarashli korxonaning taʼsis hujjati uning Oʻzbekiston Respublikasi 
hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat boʻladi. 
Notijorat tashkilotlar - bu oʻz faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda 
olishni koʻzlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini 
faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish 
maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi. 
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi: 
- matlubot kooperativi; 
- ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar); 
- jamgʻarmalar (fondlar); 
- muassasalar; 
- yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar). 
Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning aʼzolik 
asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish 
maqsadida, oʻz aʼzolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yoʻli bilan amalga 
oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir. 
Matlubot kooperativining nomi uning fao liyatining asosiy maqsadini 
koʻrsatilishi, hamda yoki "kooperativ" soʻzi yoki "matlubot ittifoqi" yo xud 
"matlubot jamiyati" soʻzlariga ega boʻlishi kerak. 
Matlubot kooperativining oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik 
faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning aʼzolari 
oʻrtasida taqsimlanadi. 
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) - fuqarolarning maʼnaviy va 
boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning 
umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir. 
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar boʻladilar. Ular faqat 
oʻzlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga 
muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar. 


119 
Jamgʻarma (fond) - aʼzolikka ega boʻlmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar 
va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida taʼsis etiladi 
va ijtimoiy, hayriya, madaniy, taʼlim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni 
koʻzlaydi. 
Jamgʻarmaga uning taʼsischilari(taʼsischisi) tomonidan topshirilgan mulk 
jamgʻarmaning mulki boʻladi. Taʼsischilar oʻzlari tomonidan tashkil etilgan 
jamgʻarmaning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, jamgʻarma esa oʻz 
taʼsischilarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. 
Muassasa - mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa 
notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u 
tomonidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir. 
Davlatga qarashli boshqa muasasalar ayrim turlarining huquqiy holati 
xususiyatlari qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilab beriladi. 
Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiyatsiyalar, uyushmalar). Tijorat 
tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik fao liyatlarini muvofiqlashtirish, hamda 
umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida oʻzaro 
shartnoma boʻyicha notijorat tashkilotlari boʻlgan assotsiyatsiyalar yoki uyushmalar 
koʻrinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni 
birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va muvofiq oʻzaro harakati va 
tashkilotlar fao liyatini taqsimlanishi taʼminlanishi kerak. 
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy 
ravishda bu tashkilotlarning notijorat assotsiatsiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari 
mumkin. 
Assotsiatsiya (uyushma) aʼzolari oʻzlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs 
huquqlarini saqlab qoladilar Assotsiatsiya aʼzolari uning majburiyatlari boʻyicha 
assotsiyatsiyaning taʼsis hujjatlarida koʻzga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali 
javobgarlikka egalar. 
Shuni taʼqidlash kerakki, assotsiyatsiyalar va uyushmalarda, boshqa tashkiliy 
tuzilmalarga nisbatan, birlashgan ishtirokchi tashkilotlarning erkinligi va tashabbusi 
cheklanmaydi, ularda ishtirok etishdan aniq foyda koʻzda tutiladi, ayrim 
tashkilotlarning mustaqilligi xoʻjalik vazifalarni bajarishdagi jamlanish afzalliklari 
bilan muvofiq ravishda biriktiriladi. 
Joriy vazifalarni amalga oshirish uchun assotsiyatsiya ishchi idoralar va 
apparatga ega boʻlishi kerak, ular unga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan yuqorida 
turuvchi boʻlmaydilar, balki assotsiyatsiya aʼzolari tomonidan oʻziga barilgan 
vazifalarni bajaradilar. 
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarning 
taʼsiri ostida tashkilotlarni integratsiyalashuvining yangi shakllari paydo boʻladilar, 
ular tashkilotlarning raqobat- bardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan 
chiqishiga koʻmaklashadilar. Bunday tashkilotlar-birlashmalar 
maqsadlari, 
ishtirokchilar oʻrtasidagi xoʻjalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi 
tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga koʻra farqlanadilar. Ularga kartellar, 
sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar, konsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy 
guruhlar kiradilar. 


120 
Kartel - bu, qoidaga koʻra, bitta soha firmalarini birlashishi, ular koʻproq 
birgalikdagi tijorat faoliyati - sotishni tartibga solishga tegishli boʻlgan bitimga 
kiradilar. Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish 
hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun 
ishtirokchilarning oʻz tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va 
shuning bilan taʼminlanadigan xoʻjalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish 
boʻyicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham 
cheklangan darajada tarqalishi mumkin. 
Odatda kartel bitimlariga monopoliya (yakka hukmronlik)ning yumshoq shakli 
sifatida qaraladi 
va rivojlangan 
mamlakatlarning 
monopoliyaga qarshi 
qonunlaridagi kartelni umuman man qilinishi sababli, baʼzi hollarda kartellarning 
balgilangan shakllari uchun istisnolar qilinadi. Masalan, Germaniyada raqobatni 
cheklashga qarshi qonun yetkazib berish shartlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
yagona standartlashtirilishi, tovarlar va xizmatlar eksporti haqidagi bitimlarga yoʻl 
qoʻyadi. Kartelga nafaqat tadbirkorlar yoki ularning birlashmalari, balki qandaydir 
tovarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar ham kirishlari mumkin. 
Kartelning ichidagi raqobatni cheklanishi yirik ishtirokchilarga kichik 
firmalarga oʻz shartlarini oʻtkazishga va shuning bilan bir vaqtda keyingilarni 
tashqaridan boʻladigan raqobatdan himoyalashga imkon beradi. Ammo kartelda 
oʻrnatilgan muvozanat, qoidaga koʻra, uzoq muddatli va mustahkam boʻlmaydi. 
Raqobatning taʼsiri ostida kartellar biroz vaqtdan keyin yangitdan, koʻpincha 
kengroq xalqaro asosda vujudga kelish uchun tarqalib ketadilar. Kartel bitimining 
mazmuniga koʻra kartellar qoʻyidagilarga boʻlinadilar: 
- konditsion, tovarlarni sotish sifatlarini belgilab beruvchilar; 
- ishlab chiqaruvchi, har bir ishtirokchi uchun ishlab chiqarishning hajmi 
(kvotasi )ni belgilovchilar; 
- mintaqaviy, sotish xududlarini belgilovchilar; 
- narxli, ishtirokchilar uchun tovarni sotish narxini belgilovchilar; 
- patentli, qandaydir texnik kashfiyotdan birgalikda foydalanish yoʻnalishlari 
yoki foydalanmaslikni belgilab beruvchilar; 
- foydani taqsimlash boʻyicha kartellar. 
Sindikat - bu kartel bitimining turli-tumanligi boʻlib, tadbirkor- larning 
byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki 
ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir 
qismini (yagona sotish tarmogʻi yoki ishtirokchilardan bittasi orqali) sotish 
maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirokchilari oʻzlarining 
yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, baʼzida esa sindikatning sotish idorasi 
yoki jamiyat bilan bogʻlik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar. Bunda 
tijorat mustaqilligi qisman yoʻqoladi. Sindikat, qoidaga koʻra, ommaviy talab 
tovarlari, xususan koʻmir, poʻlat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish 
bilan shugʻullanadi. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini 
vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi boʻladi. Sindikat bitimining 
asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, 
mahsulotning sifati va navlari. 


121 
Shu tufayli talab va taklif tartibga solinadi. Foyda sindikat ishtirokchilari 
oʻrtasida har biriga belgilangan kvota(ulush)ga muvofik tarqatiladi. 
Kartel turidagi birlashmalarga yana pullar, yaʼni tadbirkorlarning, uning 
ishtirokchilarining foydalarini taqsimlashning tartibini koʻzda tutuvchi alohida 
birlashmasi ham kiradi. Foydalar umumiy qozonga tushadilar, oldindan 
belgilagngan nisbatlarda taqsimlanadilar. 
Trest - bu birlashmada har xil korxonalar, oʻzlarining yuridik va xoʻjalik 
mustaqilliklarini yoʻkotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga 
birlashadilar. Trestda korxonalar xoʻjalik faoliyatining barcha tomonlari 
birlashtiriladi. Trest ishlab chiqarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib 
turadi. Bu shakl kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil 
ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar 
yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga 
boʻysunadilar. 
Konsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) 
birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab 
chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bogʻlanadilar. Birlashgan 
korxonalar aksiyadorlik jamiyati yoki oʻrtoklik shaklidagi yuridik shaxs boʻlib 
qoladi. Konsern oʻziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini toʻliq nazorat qiladi. 
Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari oʻrtasidagi 
qarzlarni birgalikda joyl ashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari, 
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir. 
Sanoat xoldinglari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanmaydilar. Ular 
oʻzlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 
Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xoʻjalik mastaqilligini saqlab qoladilar 
va oʻz nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar. 
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) oʻz tarkibiga sanoat korxonalari, tadqiqot 
tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investitsion fondlar va sugʻurta kompaniyal 
arini birlashtiradilar. 
Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi 
kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini 
muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi 
tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma 
savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida, muhimroq 
qarorlar qabul qilishda markaz boʻladi. 
Bunday integratsiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar: 
• investitsion resurslarni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yoʻnalishlarida 
jamlash; 
• ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish; 
• mamlakat 
korxonalari 
mahsulotlarining 
eksport 
salohiyati 
va 
raqobotbardishligini oshirish; 
• mamlakat sanoatida ilgʻor tarkibiy oʻzgarishlarini amalga oshirish; 
• bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlarida ratsional texnoligik 
va kooperatsion aloqalarni shakllantirish. 


122 
Tajriba shuni koʻrsatdiki, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi MSG 
yirik investitsion loyihalarni amalga oshiradilar, ishlab chiqarishni pasayishiga 
qarshi kurashadilar, pulni barqarorlashiga koʻmaklashadilar. Bundan tashqari MSG 
qayt a qurish davrida yetishmagan resurslarni sohalararo qayta taqsimlash 
mexanizmlarini toʻldiradilar va ishonchli, sifat talablariga javob beruvchi yetkazib 
berishlar va sotishlar uchun haqiqiy sharoitlarni yaratidilar. Korxonalar va 
tashkilotlarni guruhga birlashishi jahon bozorlardagi tashqi iqtisodiy oʻrinni 
kuchaytiradi, u yerda koʻpincha transmilliy korporatsiyalar koʻproq qudratli 
salohiyatga ega boʻlgan moliya-sanoat-savdo majmuasi kabi tashkil qilinganl ar. 
Tadbirkorlar uyushmalari har xil oʻlchamlar va mulkchilik shakllaridagi 
kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil 
qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma boʻlib, unga kiruvchi tashkilotlarga oʻz 
harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan 
raqobat qilish imkoniyatini beradi. 
Ayniqsa maʼlum xududlarda klasterga(inglizchadan tarjima qilinganda - bu 
guruh, toʻplanish, jamlanish) birlashgan kompaniyalarning tadbirkorlik uyushmalari 
katta foydalarni beradilar, ular bu kompaniyalarga u yoki bu raqobat afzaliklarini 
beradilar (masalan, kerakli axborotlar, aloqa va telekomunikatsiyalar vositalari, 
jihozlangan ishlab chiqarish maydonchalari va h.k.). Buning uchun shaharlar yoki 
boshqa maʼmuriy - xududiy birliklarda joylashgan yirik sanoat xududlari va 
mamlakat xududini qayta tashkil qilinishi munosabati bilan mavjud boʻsh 
quvvatlardan foydalanish mumkin. Xuddi shu yerlarda kompaniyalarning 
klasterlarini tashkil qilish foydalidir, ularda eng boshidan faoliyatning maʼlum 
sohalaridagi kompaniyalar oʻrtasidagi kasbga egalik, sanʼat infratuzilmali taʼminot 
va axborotli oʻzaro aloqalarning jiddiy miqdori jamlangan boʻlishi mumkin. 
Kompaniyalarni uyushmalarga birlashtiruvchi bunday sohalar sifatida quyidagilar 
boʻlishi mumkin: uy uchun tovarlar ishlab chiqarish, sogʻliqni saqlash, maishiy 
mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq har xil sohalar va h.k. 
Virtual korporatsiya-eng yangi tashkiliy shakllardan biri boʻlib, vaqtinchalik 
asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan 
oʻzaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish 
maqsadida 
birlashtirilgan 
mustaqil 
kompaniyalar 
(yetkazib 
beruvchilar, 
buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmogʻidan iborat boʻladi. Virtual 
korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular 
"elektron" aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam 
beradi. 
Hozirgi vaqtda konsernlar, xoldinglar va moliyaviy guruhlar firma- lar 
birlashuvining asosiy shakllari boʻladilar. 
Jahon amaliyotida franchayzing ham keng tarqalgan. Bu bir tomondan yirik 
firma va boshqa tomondan kichik firmalar yoki alohida biznesmenlar oʻrtasidagi 
bitimdir. Koʻrsatib oʻtilgan bitimga muvofiq ota kompaniya (franchayzer) firma 
(franchayzi)ga bitimga tayinlangan shaklda, maxsus koʻrsatilgan joyda ish olib 
borish huquqini beradi.U kelishilgan xudud doirasida harakat qiluvchi firma yoki 
tadbirkorni oʻzining tovarlari, reklama xizmatlari, biznesning ishlatib boʻlingan 


123 
texnologiyalari bilan taʼminlash majburiyatini oʻziga oladi. Buning uchun firma 
kompaniyaga mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan menejment va marketing 
xizmatlarini koʻrsatish, hamda ushbu kompaniyaga oʻz sarmoyasining qandaydir 
qismini investitsiya qilib kiritish majburiyatini oladi. Franchayzi, boʻlajak mijozlar 
mashhur kompaniyaning mahsulotlari yoki xizmatlaridan foydalanayotgan- liklarini 
his qilishlari uchun kompaniya (franchayzer) nomidan firma belgisi sifatida 
foydalanadi. Bunday bitimning barcha ishtirokchilarini keng jamoatchilik 
tomonidan tan olinishi, mahsulotlar va xazmatlarni standartlashtirilishi, tijorat 
imkoniyatlarini kengayishi bunday hamkorlikning afzalliklaridan boʻladi. 
Malakatimiz qonunchiligidagi tijorat konsepsiyasi shartnomasi franchayzing 
shaklidagi bitimiga mos keladi. 
Taʼkidlash kerakki, milliy schyotlar tizimi (MST) - sustem of national account 
- bozor iqtisodiyotiga ega 150 dan ortiqroq mamlakatlarda mikroiqtisodiy 
jarayonlarni bayon qilish va tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan oʻzaro bogʻlangan 
qoʻrsatkichlar va tasniflar tizimiga muvofiq institutsional birliklar - institutional 
units - xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga ajratiladilar, ular oʻzlarining nomidan 
aktivlarga ega boʻlishlari, majburiyatlarini qabul qilishlari, iqtisodiy faoliyat va 
boshqa birliklar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. 
Institutsional birliklar uy xoʻjaliklari shakllaridagi yuridik. hamda jismoniy 
shaxslar (yoki ularning guruhlari) boʻlishi mumkin. 
Yuridik shaxslar boʻlgan institutsional birliklarga quyidagilar kiradi: 
- korporatsiyalar; 
- davlat boshqaruvi idoralari; 
- notijorat mu assasalar. 
Yuridik shaxslarning asosiy turlari - bu mulkida, xoʻjalikni yuritishda yoki 
operativ boshqaruvda ajratilgan mulkka ega boʻlgan tashkilot boʻlib, u oʻz nomidan 
fuqarolik huquqini xarid qilishi va oʻzining faoliyat bilan bogʻliq javobgarlikni 
oʻziga olishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil balansi yoki smetasiga ega, mustaqil 
ravishda qarorlar qabul qilishi, oʻzining moddiy va moliyaviy resurslarni 
boshqarishi, majburiyatlarni qabul qilishi, iqtisodiy faoliyat va boshqa birliklar bilan 
operatsiyalarni amalga oshirish va oʻzining majburiyatlari boʻyicha toʻliq 
javobgarlikka ega boʻlishi mumkin. 
Faoliyatining asosiy maqsadiga koʻra yuridik shaxslar xoʻjalik va noxoʻjalik 
tashkilotlariga boʻlinadilar. 
Xoʻjalik tashkilotlariga faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish boʻlgan 
yuridik shaxslar, noxoʻjalik tashkilotlarga bunday maqsadga ega boʻlmagan shaxslar 
kiradilar. Xoʻjalik tashkilotlari boʻlgan yuridik shaxslar xoʻjalik jamiyatlari va 
oʻrtoqliklari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat va boshqa korxonalar shaklida 
tashkil qilinishlari mumkin. 
Xoʻjalik tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslar xoʻjalik faoliyati bilan faqat 
oʻzlarining nizom vazifalarini bajarilishini taʼminlash uchungina shugʻulanishlari 
mumkin. Ular xoʻjalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot 
kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda koʻzga tutilgan boshqa jamgʻarmalar 
shaklida mavjud boʻladilar. 


124 
Bunday yuridik shaxs boʻlgan institutsional birliklarga hammadan avval 
korporatsiyalar va kvazikorporatsiyal ar kiradilar. 
Korporatsiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar: 
- qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil boʻlgan korxo 
nalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar; 
- mustaqil yuridik shaxs boʻladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat 
registri (YADR) da roʻyxatdan oʻtkaziladi; 
- fao liyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat; 
- aksiyalar egalarining jamoaviy mulkida boʻladi; 
- xoʻjalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aksiyadorlarga tegishli 
boʻladi va ular tomonidan xarid qilingan qogʻozlar qiymatiga mutonosib ravishda 
taqsimlanadi; 
- tugatilish holida aksiyadorlar mulkning qarzlar toʻlagandan keyin qolgan 
ulushini olish huquqiga egalar; 
- rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi; 
- aksiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin; 
- oraliq emas, balki yakuniy isteʼmolchi sifatida boʻladi; 
- shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni toʻlash 
uchun qonun oldida javobgarlikka ega boʻladi; 
- korporatsiya tomonidan xalq isteʼmoli tovarlarini xarid qilinishi natura 
shaklidagi ish haqi sifatida boʻladi. 
Korporatsiyalar oilasi (aksiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat 
korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki koʻpgina institutsional 
birliklardan iborat boʻladilar. 
Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aksiyadorlarning nazorat paketlariga 
egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga taʼsir qilishning mutloq huquqlariga ega ona 
korporatsiyalar ajralib turadilar. 
Kvazikorporatsiya - bu nokorporativ korxo na boʻlib, uni boshqaruvi 
korporatsiya nusxasi boʻyicha quriladi. U mustakil instutsional boʻladi. 
Kvazikorporatsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradilar: 
- norezedent boʻlgan institutsional birliklarga tegishli boʻlgan nokooporativ 
korxonalar(filiallar, 
milliy 
iqtisodiyotda 
faoliyat 
yurituvchi 
xo 
rijiy 
kompaniyalarning vakilliklari); 
- davlat boshqaruvi idoralariga boʻysunuvchi, ammo daromadlar olish 
maqsadida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan band boʻlgan nokorporativ 
korxo nalar; 
- uy xoʻjaligining nokorporativ korxo nalari. 
Kvazikorporatsiyalar 
korporativ 
korxonalarga 
tenglashtiriladilar 
va 
iqtisodiyotning korporativ sektori tarkibida koʻrib chiqiladilar. 
Davlat boshqaruvi idoralari (DBI) bir necha darajalar bilan beriladilar: 
- markaziy hukumat - siyosiy jarayonlar natijasida tashkil qilingan yuridik 
shaxs, u qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatiga ega boʻladi; 
- hokimiyat idoralari va mintaqalar boshqaruvi; 
- hokimiyatning mahalliy ijroiya idoralari. 


125 
Markaziy hukumat daromadlarining kuyidagi turlarini oladi: soliqlar, bojlar, 
qarz mablagʻlari, xususiylashtirish, har xil jamgʻarmalar va boshqalardan olinadigan 
mablagʻlar. 
Markaziy hukumatning xarajatlarida quyidagilar kiradi: 
- jamoaviy foydalanish xizmatlarini taqdim etish (mudofaa tashkiloti, huquqni 
muhoqaza qilish, sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim va h.k.); 
- uy xoʻjaliklarini imtiyozli taʼminlash (turar-joy, kommunal xoʻjaligi 
xizmatlari, non, sutning arzon navlari va h.k.); 
- ayrim kategoriyalarga transfertlar(subsidiyalar, yordamlar, imtiyozlar), shu 
jumladan nafaqalarga qoʻshimchalar, nafaqaxoʻrlar, talabalar, maktab oʻquvchilari 
yoʻl haqi qiymatining yarimi toʻlash va h.k. 
Oraliq isteʼmol uchun tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi nokorparativ 
korxonalar (davlat bosmaxonalari, hisoblash markazlari, hukumat aloqasi) 
boshqaruvning ularni tashkil qilgan idoralari tarkibida koʻrib chiqiladi. 
Notijorat muassasalar, (NTM) - bu iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini 
koʻzlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan 
subʼyektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar: 
- korporativ korxo nalar, davl at boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga 
jamoaviy xizmat koʻrsatish; 
- aholining maʼlum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash. 
NTM har xil institutsional birliklar (korporativ korxonalar, DBI, tomonidan 
tashkil qilinishi mumkin. 
NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar 
boʻladilar. 
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shugʻullanishlari mumkin: 
a) 
bozor NTM - oʻz xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydilar. Ular 
bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar: 
- pulli universitetlar, kollejlar, kasalxo nalar; 
- korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, 
ilmiy-taʼqiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyalari va 
boshqalar) 
b) 
nobozor NTM - moliyalashtirishning boshqa manbalariga moʻljalan-
tirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish). Bunday NTM ga 
quyidagilar kiradi: 
- istemolchilar 
assotsiatsiyalari, 
uyushmalar, 
siyosiy 
partiyalar, 
ratsionalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning 
shaxsiy aʼzolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan 
shakllantiriladi; 
- hayriya faoliyati bilan shugʻullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar, 
hayriya mablagʻlari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi; 
- hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu 
muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, 
sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan 
shugʻullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar. 


126 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling