Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.5 Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar.
Tashkilotlarning yangi turlari Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendensiyalari kuzatilmoqda. Ularda eng muhimi - bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qatʼiy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan taʼriflanuvchi yumshoqroq, oʻzini oʻzi tashkil qiluvchi tashkilotlarga oʻtishdir. Oʻzini oʻzi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, oʻzini oʻzi rivojlantirish va oʻzini oʻzi boshqarish va, shunga koʻra gorizont al boʻyicha menejmentning ustivorligi mavjuddir. Oʻzbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va oʻzini oʻzi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng oʻzini oʻzi rivojlantirishi jarayonlarini baʼzi bir jadallashuvini va oʻtgan yillarda vujudga kelgan qatʼiy(iyerarxik) va egiluvchan(dasturiy- maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni "yumshatilishini" "koʻzgʻatdi", shunday boʻlsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali gʻoyatda kamroq qoʻllaniladilar, buni ularning oʻzini oʻzi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotida ham ustivor boʻlsalar kerak. Keyingi yillarda tashkilotlarning oʻzini oʻzi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin boʻlmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar. Shuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi: - salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish; - zamonaviy ilgʻor ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va tezroq oʻzlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning maʼlumotlari va ilgʻor tajribadan foydalanish; - tashkilot xo dimlarining kasbiy mahoratini oshishi; - tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyilishi; - xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya qilinishi; - bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi. Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini koʻtarilishiga yordam beradi. Keyingi oʻn yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham taʼriflanadilar. Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik, korporativ) taʼminlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini kamroq samaraliroq qilib qoʻydi. Shuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi 127 muhit oʻzgarishlarini hushyorlik bilan his qiluvchi, isteʼmolchilar soʻrovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi tashkilotlarni tashkil boʻlishiga koʻmaklashdi. Ishlab chiqaruvchini isteʼmolchi bilan ancha yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri boʻladi. Bu esa, oʻz navbatda, ishlab chiqaruvchini isteʼmolchi talablaridagi oʻzgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga majbur qildi, koʻproq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi. Vujudga kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida oʻz tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira olaganlargina gʻalaba qozonishi mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning yangi turlarida aniq nomoyon boʻlishlari mumkin, ularga edxokratik, koʻpoʻlchamli, partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin. Edxokratik (ing. adhocracy soʻzidan), tashkilotlar nostandart va murakkab ishlarga, qiyin belgilanadigan va tez oʻzgaruvchan tuzilmalarga nisbatan qoʻllanilishlik bilan taʼriflanadilar. Bu tashkilotlarga maqsadlarga erishish vositalari ijrochilar tomonidan tanlaniladi. Har biri bevosita oʻzining harakati uchun javob beradi. Bunda yakka shaxs tashqaridan kuchli bosimni boshidan kechiradi, u umumiylik hisini yaratuvchi ish tomonidan bir oz kuchsizlantiriladi. Bunday tashkilotlarda rasmiyatchilik judayam kamaytiriladi, bu narsa ierarxiyaga, ish sharoitlari va inshoatlarga, imtiyozlar, kiyimlar va h.k. ga tegishlidir. Tashkilotga xodimlar harakatidagi erkinlikning yuqori darajasi xo sdir, uning choʻqqisi sifatli bajarish va mu ammoni hal qilishni bilishdir. Quyidagilar tashkilotning asosiy elementlaridir: - xodimlar oʻzlarining ishlarida yuqori malakali ekspertlar boʻladilar, murakkab operatsiyalarni bajaradilar, bir birlari bilan yuqori samarali tartibda aloqa qilishni biladilar; - qarorlar qabul qilish huquqiy va hukmron ierarxiyadagi oʻringa emas, balki ekspertli bilimlar va omilkorlikka asoslangan boʻladi, moliyaviy nazorat yuqoridan amalga oshiriladi; - mukofotlash tizimi ekspertli bilimlar, xodimning ulushi, uning omilkorligi va umumiy ishda ishtirok etish darajasida quriladi. Bu tashkilotning tuzilishi uzviy asosga ega va aniq belgilanmagan, unda norasmiy va gorizontal aloqalar ustivorlik qiladilar. Tuzilmaning qismlari kichik oʻlchamlarda saqlanib qoladilar va doimo oʻzgarib turadilar, koʻpgina menejerlarda qandaydir bir ishga qatʼiy bogʻlanish yoʻq. Bunday tuzilma odatda konsentrik shakldagi chizma taassurotini qoldiradi, unda sanash nuqtasi boʻlib, undan tuzilma radial (radusli) yoʻnalishlar boʻyicha doiralar bilan tarqalganday boʻladi. Bunday tashkilot uchun doira uning xodimlarining barcha harakatlari bitta narsaga - kompaniyaning muvaffaqiyatiga olib kelishining alomati boʻladi. Undagi qadriyatlar (birinchi navbatda-uning xodimlarining sifati) darajalar boʻyicha ranjirovka qilinmaydi. Tashkilot edxo kratiklikning har xil darajasiga ega boʻlishi 128 mumkin, bu texnologiyaning darajasi, xodimlarning sifati va rahbarlarning tayyorlang anligi bilan belgilanadi. Bunday tashkilotlar ijodni, innovatsiyalarga oʻchlik va birgalikda samarali ishlashni talab qiluvchi yuqori va murakkab texnologiyalar sohasida eng foydalidirlar. Bular maslahat-yangilik kiritish, kompyuter- elektron, tibbiyot, tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va h.k. sohalaridir. Oldinroq departamentlashtirishning ikki oʻlchamli modeli va tashkilotlarni qurishning matritsa modeli koʻrib chiqilgan edi. U yerda resurslar va natijalar ikki oʻlchamli boʻlganlar, ularni moʻljallash bilan ishlarni matritsa uyachalar shaklida bir vaqtda birlashtirish sodir boʻlgan. Ammo xudud, bozor va isteʼmolchi kabi oʻzgaruvchanlar bunday tashkilotlarning tashqarisida qolganlar, ularning moʻljallash bilan ishlar ham tashkilotlarga birlashishlari mumkin. Bu uchinchi oʻlchovni qoʻshishda koʻp oʻlchamli tashkilot paydo boʻladi. Odatda foydaning markazi statusini oluvchi avtonom ishchi guruh bunday tashkilotning asosi boʻladi. U bir vaqtda uchta vazifani bajaradi: - asosiy (ishlab-chiqarish va boshqa) faoliyatni resurslar bilan taʼ minlash; - aniq isteʼmolchi, bozor yoki xudud uchun mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqarish; - aniq isteʼmolchiga xizmat koʻrsatish, rivojlanish yoki aniq bozorga kirib borish. Bu tashkilotlarda boʻlinmalar byudjetlari boʻlinmalarning oʻzlari tomonidan ishlab chiqiladi, tashkilot rahbariyati faqat ularga mablagʻlarni investitsiya qiladi, qarzlar beradi. Bu yerda avtonom guruh aʼzolarining tashkilot rahbariyati va boshqa boʻlimlar bilan munosabatlari mijozlar bilan munosabatlardan farqlanmaydi. Bir qator hollarda umuman tashkilot emas, balki maʼlum xoʻjalik birligi koʻp oʻlchamli qilinadi va u yirikroq tashkilot tuzilmasi taribida qanchalik iloji boʻlsa, shuncha avtonom boʻlishi mumkin. Shunday qilib, tashkilot ichidagi ichki bozorga iloji boricha koʻproq darajada yaqinlashtirilgan koʻp oʻlchamli model bir vaqtda faoliyat koʻlamidagi sinergiyaning samarasi va iqtisodidan foydalanadi. Koʻp oʻlchamli tashkilotning koʻpgina afzalliklariga qaramasdan, hatto uning yordami bilan ham barcha aʼzolarini qoniqtira oladigan va ular faoliyatini adekvat ravishda motivatsiyalaydigan tashkilotni tashkil qilish qiyindir. Agar tashkilot aʼzolariga oʻzlarning ishlariga tegishli boʻlgan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish huquq berilsagina, Ushbu muammo, ushbu mu ammo muvaffaqiyatli hal qilinadi. Bu partisipativli tashkilotla r deb ataluvchilarni boshqalardan tubdan farq qildiradi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling