Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
rasm. Boshqaruvning kombinatsiyalangan tuzilmasi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.12 rasm. Boshqaruvning kombinatsiyalangan tuzilmasi
Boshqaruvning kombinatsivalashtirilgan tuzilmasi bitta tashkilot doirasidagi boʻlinmalar ishi xususiyatlari bilan belgilanadigan toʻgʻri chiziqli, vazifaviy, toʻgʻri- chiziqli vazifaviy va boshqa tashkiliy tuzilmalar yigʻindisidan iboratdir. Bunda tashkilot ushbu vaziyat uchun yaxshiroq toʻgʻri keluvchi shaklni oʻziga oladi. Masalan, firmaning bitta boʻlimida mahsulotli, boshqasida vazifali, uchinchisida 109 matritsa tuzilmadan foydalanish mumkin. Qoidaga koʻra, boshqaruvning yuqori darajasi toʻgʻri chiziqli vazifaviy tuzilma boʻyicha quriladi. Boshqaruvning quyi darajasi odatda boshqaruvning toʻgʻri chiziqli tuzilmasi boʻyicha quriladi. Bunda tashkilotlar boshkaruv tuzilmalarining egiluvchanligi, ularning turli tumanligi asosan boshqaruvning oʻrtacha darajasi bilan belgilanadi. Tashkilotlardagi boshqa-ruvning yuqori va quyi darajalari oʻzgarishlarga nisbatan konservativroqlar (5.12 rasm). Ushbu tashkil qilishda korporatsiyaning yuqori darajadagi rahbariyati uzoq muddatli rejalashtirish, strategik siyosatni ishlab chiqish, hamda butun tashkilot doirasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun javob beradi. Qoidaga koʻra, mustaqil iqtisodiy birliklar boʻlgan boʻlinmalar operativ qarorlarni qabul qiladilar. Ular asosiy kompaniyaga asosan moliyaviy masalalarda boʻysunadilar. Hozirgi sharoitlarda tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari qoʻyidagilardan iboratdir: • ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashti- rilmaganligi; • tashkiliy tuzilmalarning epchilligini oshishi; • direktorlar kengashining rolini kuchayishiga ega boshqaruvning markazlashtirilmagan tuzilmalari; • vertikal dezintegratsiya(tarkibiy qismlarga taqsimlanish) korxonani oddiy boʻlinmalar tashkil qilish maqsadida segmentlarga ajratishdan to yuridik mustaqil shoʻba kompaniyalariga ajratishgacha (vertikal yoki pastga qaytadan tuzilmalarga ajratish) yoki faoliyatning maʼlum sohalariga ixtisoslashgan firmalarni tashkil qilish yoʻli bilan singil korxonalarni ajratilishi (gorizontal qaytadan tuzilmalarga ajratish); • ichki soddalashtirishlar yoki oʻzgartirishlar, ular boshqaruv boʻgʻinlari va darajalarini birlashtirish, taqsimlash, birovga qayta boʻysundirish, qisqartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi; • tor ixtisoslashishdan integratsiyalashishga oʻtish; • muvofiqlashtirish va nazorat qilishda maʼmuriy qoʻllanmalardan foydalanishdan voz kechish; • shoʻba kompaniyalarning rahbariyatiga ishlab chiqarish-sotish muammolarini hal qilishdagi vakolatlarni berish; • piramidali tashkiliy tuzilmalarni darajalarning kichikroq soniga ega tekisiga aylantirish. Xorijiy firmalarda boshqaruv darajalarining soni 8-12 dan 4-5 gacha qisqartiriladi, ya ʼni bosh boshqaruvchi va bevosita mijozlar bilan ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi oraliq boʻgʻinlarning miqdori pasaytiriladi. Buning natijasida har bir menejerning faoliyati bevosita isteʼmolchilar talablarini qanoatlantirishga yaqinlashtiriladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling