Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3-rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va oʻzgaruvchanlari
5.2. Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi maʼlum bir muhitda (ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yoʻl qoʻygan holdagina boʻlishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati - uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining taʼsiri natijasidir. 93 5.3-rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va oʻzgaruvchanlari Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining manʼbasi boʻladi. U oʻz ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning maʼlum oraligʻida mavjud boʻlish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini taʼminlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi boʻlishi mumkin. Bozor munosabatlarini shaklanishida tashkilot ichki muhitining oʻzgarishlari, uni bozorga moslashishi sodir boʻlishi kerak. Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bogʻlanishidan iborat boʻladi (5.3. rasm). -tashkiliy tuzilma; -tashkilot ichidagi jarayonlar; -texnologiya; -xo dimlar; -tashkiliy madaniyat. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida boʻlinmalarning vujudga kelgan ajratilishi, ular oʻrtasidagi aloqalar va boʻlinmalarning yagona bir butunga birlashishini aks ettiradi. Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini oʻz ichiga 94 oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli eʼtiborning predmeti boʻladi. Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilgʻorroq texnologiyalarni paydo boʻlishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq boʻlib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va gʻoyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xo dimllardagi motivatsiyani yoʻqqa chiqarishi mumkin. Xodimlar har qanday tashkilotning asosi boʻladilar Odamlarsiz tashkilot yoʻq. Tashkilot faqat unda odamlar boʻlgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bogʻlikdir. Shuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun "birinchi sonli predmet" boʻladilar. Tashkiliy madaniyat - bu tashkilot aʼzolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yigʻindisidir.Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi boʻlgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi: • tashkilotni mavjud boʻlishinmg maʼnosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa; • tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud boʻlish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli boʻlgan ustivor qadriyatlar; • tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi oʻzaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq meʼyorlari; • tashkilotda "oʻyin" olib boriladigan qoidalar; • tashkilotda mavjud boʻluvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot aʼzolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday oʻzaro hamkorlik qilishlarida nomoyon boʻluvchi muhit; • tashkilotda maʼlum tadbirlarni oʻtkazish, maʼlum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf - odatlar. Tashkilot xodimlari koʻproq menejment tomonidan va xususan yuqori rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladigan va shakllantiriladigan tashkiliy madaniyatning manbalari boʻladilar Tashkiliy madaniyat tashkilotning barcha resurslarini uning maqsadiga erishishga jalb qilishda juda katta rol oʻynashi mumkin. Ammo maqsadga erishish yoʻliga katta toʻsiq ham boʻlishi mumkin, ayniksa, u buning uchun oʻzgarishlar oʻtkazishni talab qilsa. Shuning uchun menejment tashkiliy madaniyatni shakllanishi, qoʻllab quvvatlanishi va rivojlanishi masalalarini hal qilinishiga katta eʼtibor qaratishi kerak. Tashkilotning ichki hayoti koʻp sonli har har harakatlar, jarayonchalar va jarayonlardan tashkil topadi. Tashkilotning turi, uning oʻlchami va faoliyat turiga koʻra bir xil jarayonlar va harakatlar unda yetakchi oʻrinni egallashlari, boshqalari 95 yo yoʻq boʻlishlari yoki kichikroq hajmda amalga oshirilishlari mumkin. Ammo harakatlar va jarayonlarning katta turli-tumanligiga qaramasdan, vazifaviy jarayonlarning beshta guruhlarga ajratish mumkin, ular har qanday tashkilotning faoliyatini qamrab oladilar va menejment tomonidan boshqaruv obʼyekti boʻladilar. Ular quyidagilardan iborat: • ishlab chiqarish; • marketing; • moliya; • xo dimlarni boshqarish; • ekkaunting (xoʻjalik fao liyatini hisobga olish va tahlil qilish). Menejment tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarni boshqarishni amalga oshiradi, zarur boʻlgan hollarda, tashkilotning ichki muhitini shakllantiradi va oʻzgartiradi. Tashkilot bozor munosabatlari sharoitlarida atrof-muhit bilan har xil axborotli, ashyoviy jihatlarda oʻzaro hamkorlik qilishga qodir boʻlgan ochiq tizimdan iborat boʻladi. Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan taʼminlovchi manba boʻladi. Bunda tashkilot ham, oʻz navbatida, buning uchun toʻlov sifatida tashqi muhitga oʻz faoliyatining natijalarini berishi kerak. Shunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda oʻzaro almashish holatida boʻladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan oʻzaro hamkorligi mavjud boʻlish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujudga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga koʻrsatilayotgan xunik taʼsirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni taʼminlaydi. Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga taʼsir koʻrsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan koʻproq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin. Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan bogʻlik emaslar. Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular bevosita bogʻlanganlar va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar. Bular isteʼmolchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish boʻyicha sheriklar va h.k. Tashkilotning tashqi muhitini turlicha taʼriflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni taʼriflash uchun "murakkab" va "dinamik" tushunchalaridan foydalanadilar. Tashqi muhitning murakkabligini taʼriflarning miqdori va turli- tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur. Tashqi muhitning dinamikligini uning taʼriflarining oʻzgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning oʻzgaruvchanligini baholash mumkin boʻlgan asosiy taʼriflar uning omillarining tez- tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir. 96 Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillari gʻoyatda murakkab, bir maʼnoli boʻlmagan va oʻzgaruvchandirlar. Buning ustiga, koʻrsatib oʻtilgan omillar yaqindan oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi holatda boʻladilar, ulardan birlaridagi oʻzgarish boshqalaridagi oʻzgarishlarga olib keladi. Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan taʼriflanadi: - katta noaniqlik; - dinamiklik; - oldindan aytib boʻlmaslik; - murakkablik; - baʼzi bir tashabbuskorlik bilan. Masalan, bazaviy tashkilotlar (iktisodiy faoliyatning "Foydali qazilmalarni qazib chiqarish", "Qayta ishlovchi ishlab chiqarish" elektr quvvati, gaz va suvni ishlab chiqarish va taqsimlash" turlari boʻyicha)ning 2010 yilda oʻtkazilgan soʻroviga koʻra, bu tashkilotlardagi ishga doir faollikni cheklovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: tashkilotlarning pul mablagʻlarini yetishmasligi 35%, tashkilot mahsulotiga mamlakat ichidagi yetarli boʻlmagan talab 42%, noaniq iqtisodiy holat 16 %, kerakli uskunalarning yoʻqligi 30%, tashkilot mahsulotiga xorijdagi yetarlicha boʻlmagan talab 18%, hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yuqori raqobot 25 %. Tashkilot-xoʻjalik yurituvchi subʼyektni normal ishlashiga jiddiy toʻsiqni yana biri ishga doir axborotlarning yetarlicha boʻlmagan hajmi, axborot kengligining surunkali yetkazib berishga bitimlarni shakllantirishni judayam qiyinlashtiradi, xoʻjalik xatarini oshiradi va ishga doir munosabat nafaqat qattiqqoʻllik va bir maʼnolikni, balki oʻzaro "murosa", egiluvchanlik va koʻp variantlikni koʻllashni talab qiladi. Zamonaviy tashkilot yashab qolishi va qoʻyilgan maqsadlarga erishishni taʼminlash uchun atrof-muhitni oʻzgarishlariga samarali javob qaytarish, moslashishga qodir boʻlishi kerak. Buning uchun tashkilot menejmenti, hammadan avval uning yuqori darajasi tashkilotning atrof- muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilish siyosatini ishlab chiqarishi va oʻtkazishi, tashkilot atrofdagi holatning noaniqligini pasaytirishi, uni atrof-muhitning oʻzgarishiga moslashishini rivojlantirishi kerak. Bunda atrof-muhit bilan samarali oʻzaro hamkorlik ham tashkilot ichidagi jarayonlar va ham tashqi muhitga taʼsir koʻrsatish bilan amalga oshirilishi kerak. Tashkilotning atrof-muhit bilan oʻzaro hamkorlik qilishi strategiyasi tashkilotlarni boshqarishining barcha jarayonlarini qurish burchagining boshida turishi kerak. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling