Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. Koʻpchilik kishilar oʻzlarining butun ongli hayotlari davomida oʻzlari aʼzosi boʻlgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bogʻlangandirlar. Ammo tashkilotning oʻzi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy alomatlar xo sdir? Tashkilotni vazifalarni hal qilish va maʼlum maqsadlarga erishish uchun birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin. Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak: •juda boʻlmaganda, oʻzini ushbu guruhning aʼzosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsni mavjud boʻlishi; •juda boʻlmaganda guruhning barcha aʼzolari oʻzlari uchun umumiy deb qabul qilingan bitta maqsadni mavjud boʻlishi; • maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh aʼzolarini mavjud boʻlishi. Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud boʻlgan maqsadl ar va tashkilot salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir. 84 Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta jarayonni amalga oshiradi: -tashqi muhitdan resurslarni olish; -mahsulotni ishlab chiqarish; -uni tashqi muhitga topshirish. Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular oʻrtasidagi maʼlum muvozanatni ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u oʻz maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini oʻynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak boʻlganda, uni oʻzgartiradi. Boshqaruv tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarga rahbarlikni amalga oshiradi. Gap shundaki, har qanday tashkilotning fao liyati koʻp sonli har xil jarayonlar va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayonlar va jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish boʻyicha ishning alohida turi sifatida koʻrib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari boʻlib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obʼyektiv xarakterga ega boʻlgan jarayon sifatida ajralib turadilar. XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri Ch.Bernardning fikriga koʻra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida oʻzaro hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos boʻlgan jismoniy va biologik cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini toʻldiradilar, oʻz qobiliyatlarning vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli kiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy toʻda boʻlgan, tashkilot birlashmasdan odamzotni yashab qolishi va sivilizatsiyani yaratishi mumkin boʻlmagan. Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari, salohiyatlari va va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning oʻzaro bir birlarini qoʻllab quvvatlashlari va oʻzaro toʻldirishlari bilan asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning aʼzolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yoʻqotishlarni qoplaydi. Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil boʻladi: - xodimlar va boʻlinmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi; - tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi; - xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan yaxshiroq foydalanish; - birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va ular bilan manerv qilish; 85 - har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy koʻnikmalaridan yaxshiroq foydalanish; - har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot (boʻlinma)da birlashtirish va h.k. Shuning bilan birga odamlarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham sinergetik samarani olishni kafolatlamaydi, baʼzida esa salbiy samara beradi. Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi boʻladi. Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan odamlar bilan maʼlum munosabatlarga kirib, koʻproq darajada, baʼzida esa butunlay ularga bogʻliq boʻlmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doirasida odamlar tashkilotdan uni tashkil qilishdan maqsadga erishish uchun foydalanadilar. Xususan, ular tashkilot ularga shoʻbaiqarli, muhim, obroʻli faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan taʼminlashi, kerakli huquqlar, mustaqillik, hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalangan- likni kafolatlashiga umid qiladilar. Tashkilot oʻz navbatida, oʻz tomonidan birlashtirilgan odamlarning imkoniyatlaridan oʻzini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi. Shuning uchun oʻz aʼzolaridan maʼlum tajriba, bilimlar, malakalarini mavjudligini, ishlarda faol ishtirok etishni, ijrochilikni, javobgarlikni, intizomlilikni, oʻrnatilgan qoidalar va xulq meʼyorlariga boʻysunishni, oʻz maqsadlari va boyliklarini taqsimlashlarini kutadi. Ideal holda inson va tashkilot oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar muvofiqlashtirilgan boʻlishlari kerak, ammo muvozanat u yoki bu tomonidan suiisteʼmolliklar natijasida buzilishi mumkin, bunda yo tashkilot odamlarni kichkina vintchalar darajasiga tushuradi yoki odamlar tashkilotdan oʻzlarining gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanadilar va shuning bilan uning salohiyati va obroʻsiga ziyon yetkazadilar. Ushbu va boshqa holda ham natija bilan xil boʻladi - tashkilot kuchsizlanadi va oʻz vazifalarini normal bajarishdan toʻxtaydi. Tashkilot aʼzolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi va jipslashtiradi, tashkilotni mavjud boʻlishiga maʼno, uning harakatlariga aniqlik, aniq yoʻnalish beradi. Maqsadsiz tashkilot boʻlmaydi va boʻlish ham mumkin emas, chunki odamlar oʻz faoliyatlari erkinligini oddiygina yoʻqotishni va oʻzlari ichlaridan rozi boʻlmagan umumiy talablarga boʻysunishga rozi boʻlmaydilar. Shuni nazarda tutish kerakki, tashkilotning maqsadlariga faqat kuchlari va qobiliyatlarini birlashtirilishi kerakli hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning baʼzi bir "jiddiy" soni mavjudligidagina erishish mumkin. Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati boʻladi, u ichki jarayonlarning baʼzi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi chegaralarni mavjudligi taʼminlaydi. Bu chegaralar "shaffof" yoki "noshaffof" devorlar koʻrinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli xildagi yozma buyruqlar va chekl ashlarga asoslangan "ideal" boʻlishlari mumkin. 86 Tashkilot faoliyatini oʻzini oʻzi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish uning muhim alomati boʻladi, u qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyatini koʻzda tutadi. "Oʻzini oʻzi boshqarish" atamasi oʻzini oʻzi boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunos-ligini aks ettiradi. Tashkilotlarning oʻzini oʻzi boshqarishi asosida ularning iqtisodiy va boshqa manfaatlari yotadi. Tashkilotning yashash davrini koʻrib chiqish mumkin. Uning eng keng tarqalgan varianti 5.1-rasmda berilgan. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling