92
Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish,
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining 10 foizdan 8 foizga,
2009 yildan boshlab esa 7 foizga, 2010 yil 6 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad soligʻi stavkalarining kamaytirilishi
va ayni paytda uni
xisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni
izchil rivojlantirish uchun kuchli ragʻbatlantiruvchi omillar yaratdi.
Faoliyatning koʻlamlari boʻyicha tashkilotlar transmilliy, milliy, viloyat,
mahalliy, shahar, tuman va boshqalarga boʻlinadilar.
Tashkilotlarni tashqi va ichki muhit omillariga moslashishlariga koʻra ikki
turdagi mexanik va organik tashkilotlarga ajratish mumkin.
Tashkilotlarning mexanik turi quyidagilar bilan tariflanadi:
• aniq maʼlum va barqaror vazifalar;
• egilmaydigan tuzilma;
• oʻzgarishlarga qarshiliq qilish ;
• nazoratning iyerarxik tuzimi;
• kommunikatsiyalarning koʻproq
farmoyishlar, yoʻruqnomalar va rahbarlik
tomonidan qabul qilingan qarorlarga ega buyruqli turi.
Organik turdagi vazifalar uchun quydagilar xosdir:
• dinamik vazifalar;
• egiluvchan tuzilma;
• oʻzgarishlarga tayyorlik;
• hokimiyatni bilimlar va tajribaga asoslanishi;
• oʻzini oʻzi nazorat qilish va hamkasblarning nazorati;
• komunikatsiyalarning axborotlar va maslahatlarga ega koʻp yoʻnalishligi.
Ushbu turlardan har biri maʼlum afzalliklarga ega. Shunga koʻra,
ushbu
turlardan har biriga atrof muhitning xarakteri noaniqlikning darajasiga muvofiq
maʼlum afzallik berish mumkin. Agar atrof- muhitning dinamik, noaniqlik darajasi
yuqori boʻlsa tashkilotlarning organik turi samaraliroq boʻladi.
Agarda atrof-
muhitning barqarorligi va noaniqligi past darajada boʻlsa, afzallikni tashkilotlarning
mexanistik turiga berish mumkin.
Bundan tashqari, tashkilotlarni
faoliyatining boskichlari, rivojlanganlik
darajasiga muvofiq boʻlish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: