Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
-rasm. Tashkilotning yashash davri
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
5.1-rasm. Tashkilotning yashash davri
Birinchi bosqich - tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar - bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun koʻproq foyda olishdir. Ikkinchi bosqich - tashkilotning oʻsishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi - qisqa muddatli foyda va jadal oʻsish. Asosiy vazifa - bozorning bir qismini qamrab olish. Uchinchi bosqich - tashkilotning balogʻati. Bunda asosiy maqsad barcha yoʻnalishlar boʻyicha samaradorlikni oshishidan iborat boʻladi. Eng muhim vazifa - korxonaning obroʻsini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda oʻzgartirishlar kiritishni talab qiladi. Toʻrtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi natijasida tashkilot oʻz mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud oʻrinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni taʼminlashdan iboratdir. Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi ishlarning holati va menejmentning hulqiga koʻra quyidagi variantlar boʻlishi mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uni tugatilishi. Koʻpgina hollarda tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat boʻladi. Bunda tashkilot faoliyatini oʻzgartirish, uni qayt a tashkil qilish va innovatsiyalarni tadbiq etish asosiy vazifa boʻladi. Bozor tomonidan oʻzini oʻzi boshqarish bozor xoʻjaligi subʼyektlarining mehnat jamoalarini tashkil qiluvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar, yollanma xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (boʻlinishi)ni, va shunga koʻra, mulk egasini oʻzini oʻzi boshqarishi, tadbirkorni oʻzini oʻzi boshqarishi, menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi aʼzolarining oʻzini oʻzi 87 boshqarishini kuzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti subʼyektlari oʻrtasida vujudga keladigan boshqaruv vazifalarini taqsimlanishi koʻpgina omillarga bogʻliqdir. Hammadan avval har bir subʼyektning imkoniyatli (xos boʻlgan) vazifalarini ajratish kerak. Masalan, mulk egasi uchun bu - egalik qilish, foydalanish, boshqarish vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshkaruv munosabati boʻlgan oʻzini oʻzi boshqarishiga koʻra uning mulki vazifa sifatida boʻladi, uni u toʻliq hajmda yoki qisman bajarishi mumkin. Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil subʼyekti sifatida sarmoya-mulkni sarmoya-vazifadan ajralishi natijasida paydo boʻlgan, buning oqibatida mulk egasi va tadbirkorlar bir birlariga nisbatan avtonom boʻlib qolganlar (mulk egasi- tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi boʻlolmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, oʻz nomidan, oʻzining tavakalchiligi va javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovarlar va xizmatlar bilan toʻldirishga qaratilgan tashabbusli fao liyatni tashkil qiladi. Menejment va uning subʼyekti - menejerni har tomonlama taʼriflash mumkin. Birinchidan, menejmentni, tashkilot davlatniki boʻlsa ham, davlatga emas, balki tadbirkorlik tuzulmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur. Ikkinchidan, menejmentning, turli-tuman bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy yoʻlantirilganligi ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari, vazifalari, usullari va shakllarining yigʻindisi sifatida boʻladi. Menejer tashkilot faoliyatining samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad oladi. Mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat munosabatlari va ishning sifatini qarab oladi. Xo dimlar tomonidan bajariladigan boshqaruv vazifalarining doirasi ularning rivojlanganligi darajasi, ijtimoiy sherikligi, malakasi, shaxsiy sifatlari va boshqa ominlarga bogʻliqdir. Shuni taʼkidlash keraki, mulk egasi-tadbirkorni oʻzini oʻzi boshqarishi, menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasini oʻzini oʻzi boshqarish oʻrtasidagi chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar tashkilotning aktsiyasi yoki payi (ulush)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi boʻladilar. Bunda mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi aʼzosi vazifalarini maʼlum darajada bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi chegaralanishlari birmuncha samaraliroq boʻladi. Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa, ularning yuqori darajasi muhim rol oʻynaydi. Bunda mulk egasining oʻzini oʻzi boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati boʻladi. Zamonaviy tashkilotlar katta turli-tumanliklari bilan taʼriflanadilar va maʼlum alomatlar boʻyicha boʻlinadilar. Masalan, shakllantiiish alomatlari asosida quyidagilarga ajrati ladilar: Rasmiy tashkilotlar, ular aniq quyilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga biznesning barcha tashkilotlari, davlat va halkaro institutlar va idoralar kiradi. Ushbu oʻrganishning predmeti asosan rasmiy xoʻjalik tashkilotlari-yuridik shaxslardan iboratdir; 88 Norasmiy tashkilotlar, ular aniq maʼlum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz fao liyat yuritadilar; ularga oila, doʻstlik, odamlar oʻrtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi. Iqtisodiy faoliyatning turlari boʻyicha Oʻzbekiston korxonalari va tashkilotlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi berilgan. Mulkchilik shakllari boʻyicha tashkilotlar odatda xususiy, davlat, oilaviy va h.k. boʻlinadilar. 5.1-jadvalda Oʻzbekiston korxonalari va tashkilotlarini mulkchilik shakllari boʻyicha taqsimlanishi berilgan. Foydaga munosabat boʻyicha korxonalar tijorat va notijoratlarga boʻlinadilar. Birinchilar oʻz faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni moʻljallaydilar, ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik fao liyatini, agar ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa, va ushbu maqsadga mos kelsa, amalga oshirishlari mumkin. Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish boʻyicha tashkilotlar toʻrtta turga boʻlinadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi oʻzining oʻrni boʻyicha bir turdagi boʻlgan bir necha sohalar kiradi: • xom ashyoni olish bilan shugʻullanuvchi birlamchi davra sohalari oʻz ichiga qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, koʻmir sanoati va h.k.oladi; 89 • ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan, mashinasozlik, matallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.korxonalari va tashkilotlari kiradi; • uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zurur xizmatlarni koʻrsatuvchilar kiradilar. Bular banklar, sugʻurta kompaniyalari, taʼlim muassasalari, turistik vakilliklar, chakana savdo va boshqalardir. • inson faoliyatining ilgʻor va tez rivojlanayotgan sohasi axborot texnologiyasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu turtinchi davra sohasidir. Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va solohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda axborotlarning roli oʻsgani kabi, tez oʻsmokda. Tijorat va notijorat tashkilotlar fao liyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy huquqiy shakllar kuyidagilar: unitar korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari va oʻrtoqliklar, matlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar. Faoliyat turlari boʻyicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan toʻkimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin. Xoʻjalik yuritish subʼyektlarini faoliyat turlariga ajratishda `uyidagi farqlar koʻzga tashlanadi: - asosiy faoliyat - bu qoʻshimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush qoʻshuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari boʻyicha bunday maʼlumotlarni olishning iloji yoʻq. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini faoliyatning ushbu turi bilan bogʻliq tovarlar va xizmatlarga toʻgʻri keluvchi yalpi ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan band boʻlgan xo dimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qoʻshimcha qiymat yoki band boʻlganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi toʻgʻri kelishi shart emas, ammo bu faoliyat ustivor boʻlishi kerak; - koʻmakchi faoliyat - unga fao liyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Koʻmakchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Faoliyatning asosiy va koʻmakchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning boshqa turlari uchun moʻljallanganlar. - yordamchi faoliyat - bu obʼyekt faoliyatining asosiy turlarini qoʻllab quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan ajratilmaydi - u asosiy ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatuvchi faoliyat (tashish, saqlash, xarid qilish, boshqaruv taʼminot, marketing, taʼmirlash va sozlash ishlari va h.k.). Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tarkibiy boʻlinmalarning yordamchi faoliyati uning asosiy faoliyati boʻyicha hisobga olinadi. 90 Tashkilotlar oʻlchamlari boʻyicha yirik, oʻrtacha va kichik guruhlarga ajratilishi mumkin. Bunday boʻlinishning tasniflovchi alomatlari sifatida koʻproq tahlil qilish uchun olinishi osonrok boʻlgan band boʻlganlar soni. sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish uchun yetarlicha dalilli asoslar boʻlmagani sababli, amalda koʻpincha mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi. Taʼkidlash kerakki, Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab korxonalarni kichiklarga kiritish uchun quyidagi uchta mezonlar qoʻllaniladi: valyuta balansi (3.125 mln. yevrodan kamroq), oborot (6.25 mln yevrodan kamroq) va xodimlar soni (5.3 jadval). Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling